M. Maxammatova Andijon 2023 Mavzu
Download 131 Kb.
|
Nishonova Nodirabegim Xojiraxmat Qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi maqsadi
- Kurs ishi vazifalari
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy
mustaqillikka erishganligiga yigirma yildan oshdi. Kishilik jamiyati tarixi uchun bu nisbatan qisqa vaqt hisoblansa-da, bu davrda Respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida qaror topgan munosabat mazmuni o‘zgarib, yangicha qarashlar shakllandi. Iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonida rivojlangan bozor munosabatlari ustuvor o‘rin egallayotgan bo‘lsa, madaniy sohada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish – ijtimoiy taraqqiyotni ta‘minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e‘tirof etilmoqda. Jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida olib borilayotgan harakat davlat va jamiyat qurilishining umumiy mohiyatini ifodalaydi. Insonparvar, demokratik tamoyillar asosida boshqariladigan huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish bosh ijtimoiy maqsaddir. Bizga ma‘lumki, bu uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, uning muvaffaqiyatli kechishi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qonunlar ustuvorligiga erishish, jamiyat a‘zolarida ijtimoiy-huquqiy me‘yorlar hamda qonunlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, ularda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, har bir fuqaroda ijtimoiy faollikning qaror topishini ta‘minlashdan iborat. Ushbu talablar huquq ta‘limining tashkil etilishiga nisbatan yangicha yondashuv zarurligini ko‘rsatmoqda. Kurs ishi maqsadi: Ixtisoslashtirilgan alohida sharoitlarda ta‘minlash, tarbiyalash va ta‘lim berish maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiy sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishning yo‘llariga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishi vazifalari: 1. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish pedagogik muammo ekanligini aniqlash; 2. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishda pedagogik-psixologik ta‘sir ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; 3. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish olishga qo‘yiladigan pedagogik talablarni tahlil qilish; 4. Huquqbuzarlikning oldini olishda ta‘lim jarayonining maqsadi va vazifalarini yoritish; 5. Ta‘lim va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘smirlarda huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish; 6. O‘smirlar orasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etishga oid o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligini aniqlash. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling