M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
suyaklarning kalsifikatsiyasisuyaklarga kalsiyning yigilishi tezla-
shadi. Regeneratsiya jarayonlari jadallashadi. Anabolik steroidlar kaxeksiya (ozib ketish), asteniya, gluko- kortikoidlar uzoq vaqt qollanilgandan song, nur terapiyasidan song, osteoporozlarda, regeneratsiya (bitish) jarayonlarini tez- latish maqsadida (suyaklar singanda) tavsiya etiladi. Nojoya tasirlari: ayollarda maskulinizatsiya belgilari kamroq bolsa-da kuzatiladi. Shishlar, kongil aynishi, suyaklarda kalsiyning yigilib qolishi, jigar faoliyatining buzilishi qayd etiladi. Anabolik steroidlar homiladorlik, emiziklik davrida, jigar kasalliklarida, prostata bezi rakida berilmaydi. Preparatlar. M e t i l t e s t o s t e r o n . 0,005g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 kecha-kunduzda 0,0050,01 g dan til ostiga qoyiladi. S u s t a n o n 250. Òestosteron efirlarining aralashmasi. 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 ml dan mushaklar orasiga 1 oyda 1 marta yuboriladi. F e n o b o l i n . 1% li yogli eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,0250,05 g 710 kunda 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi. N e r o b o l i l . 1 ml (2550 mg) dan haftada 1 marta mu- shaklar orasiga yuboriladi. R e t a b o l i l . 19- Nor-testosteron - 17 dekanoat 5%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 13 haftada 1 ml dan 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi. Vitaminlar Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik ahamiyati katta, ferment uchun muhim, kimyoviy tuzilishi jihatidan kopchiligi murakkab faol organik moddalar hisoblanadi. Ular tana tarkibidagi kofermentlar bolib, fermentlar hosil bolishida, moddalar almashinuvining normal kechishida va 219 boshqa muhim jarayonlarda qatnashib organizmning fiziologik jarayonlarini taminlaydi. Vitaminlar, asosan, ovqat mahsulotlari bilan ozlashtiriladi. Ularning ayrimlari ichak mikroflorasi ishtirokida hosil boladi, lekin bu yol bilan ozlashtiriladigan vitaminlar miqdori tana uchun yetarli bololmaydi. Vitaminlar miqdori yetishmaganda tanada giðovitaminoz va avitaminoz kasalligi rivojlanadi. Har bir vitamin- ning oziga xos giðovitaminoz alomatlari bolib, ular muayyan ozgarishlar bilan kechadi. Umuman olganda giðovitaminoz holati kopincha ovqat tarkibida vitaminlar yetishmasligi, ularning meda-ichak yolida yaxshi sorilmasligi (jigar faoliyatining buzilishi, meda-ichak kasalligi), tanada vitaminlarga bolgan ehtiyojning ortishi (homiladorlik, ogir operatsiyalardan song, surunkali yuqumli kasallik va boshqalar), tanadan vitaminlarning kop miqdorda chiqib ketishi (havo va tana haroratining kota- rilishi, ogir jismoniy mehnat va hokazo) natijasida kuzatilishi mumkin. Vitamin saqlovchi preparatlar faqat giðo va avitaminoz bilan bogliq xastaliklarni davolash uchungina emas, balki ularning oldini olish maqsadida, turli kasalliklarni davolashda ham tavsiya etiladi. Yogda eriydigan vitaminlar A vitamin (akseroftol, retinol). Ovqat tarkibida boladigan murakkab tuzulishli spirt bolib, tanada karotin pigmentining ozgarishi natijasida sintez qilinadi. Karotin har xil kokatlarda, ayniqsa, sabzi, shpinat hamda tuxum sarigi, sut, moylar, pomidor va pishloqda kop boladi. Organizmning A vitaminiga bolgan sutkalik ehtiyoji 1,5 mg. A vitamin qorongilikda korishni taminlaydigan rodopsin biosintezi uchun zarur. Rodopsin koz tor pardasidagi tayoq- chalarning yoruglikni sezuvchi pigmenti hisoblanadi. Yoruglik tushishi natijasida pigment parchalanib, nerv impulslari hosil boladi. Bundan tashqari, A vitamin epitelial hujayralarning butunligini saqlaydi va glukokortikoidlar, xolesterin sintezi holida tana osishi uchun zarur hisoblanadi. A vitamin yetishmasligida shabkorlik (gemerolopiya), koz pardasining qurib qolishi (kseroftalmiya) holatlari yuz beradi. A vitaminli oziq-ovqat kop istemol qilinsa, surunkali zaharlanish sodir bolishi mumkin. Bunda ishtahaning buzilishi, kongil aynishi, qusish, qorin va bosh ogrigi, teri va shilliq pardaning 220 qurib qolishi, kamqonlik alomatlari kuzatiladi. A vitamini va uning preparatlari shabkorlikda, kseroftalmiyada beriladi. Undan tashqari, tananing kasalliklarga chidamligini oshirish hamda uning osishini taminlash maqsadida ham buyuriladi. Xalqaro birlikda (XB) olchanadi. Giðervitaminozvitaminning kopayishi holatida qon tomirla- rida, buyrakda, miokard va boshqa azolarda kalsiy yigiladi. Bu holda tarkibida kalsiyni kam saqlagan oziq-ovqat, kop miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. E vitamin (alfa-tokoferol). E vitamini yetishmasligi natijasida hayvonlarning urchish qobiliyati buziladi. Erkak hayvonlarda urug sperma ishlab chiqarish toxtaydi. Homilalik davrida esa homi- laning taraqqiy qilishi sekinlashadi. Urchitilgan tuxum hujay- rasining implantatsiyasi (bachadon devoriga yopishishi) buziladi. Shu bilan bir qatorda mushaklarda degenerativ ozgarishlar yuz beradi, yurak faoliyati, miokardning qisqarish qobiliyati zaiflashadi. Vitamin E tabiiy antioksidant hisoblanib, toyinmagan yog kislotalarni, vitamin C va provitamin A ning oz holicha oksidlanishini bartaraf etadi. Òokoferol kokatlarda, osimlik moyida koproq, tuxum, sut, goshtda esa kamroq miqdorda saqlanadi. Òokoferol, asosan, mushaklar distrofiyasi zaiflashishi, bepushtlikda, antioksidant sifatida esa stenokardiyada, atero- skleroz, revmatik artrit kasalliklarida tavsiya etiladi. K vitamin (antigemorragik vitamin). Ushbu vitamin qon ivishini taminlaydigan omillardan biri bolgan protrombinning jigarda sintezlanishi uchun zarur hisoblanadi. Odamning sutkalik ehtiyoji 2 mg. K vitamin, asosan, har xil kokatlarda, karam, pomidor va boshqalarda uchraydi. Ichak mikroflorasida vitamin qisman hosil boladi. Giðo va avitaminoz holati vitaminning ichakdan sorilishining buzilishi natijasida roy beradi. Bunday holat sababi koproq ichakda ot kislotasi bolmasligida kuzatiladi. Giðo- avitaminoz qon ivishining buzilishi va qon ketishi bilan xarakterlanadi. Suniy yol bilan olingan vikasol preparati faqat qon ketishida berilmasdan, balki qon ketishining oldini olish maqsadida ham jarrohlik amaliyotidan oldin ishlatiladi. Suvda eriydigan vitaminlar Bu guruhga vitamin B kompleksi (tiamin bromid, riboflovin, piridoksin, folat kislota, sianokobalamin), nikotin kislota, askorbin kislota va rutin kiradi. 221 Vitamin B 1 (tiamin). Òiamin dukkakli va boshoqli osimliklarda (noxat, loviya, suli), har xil mevalarda va hayvon mahsulotlarida uchraydi. U ichakdan oz miqdorda soriladi. Odamning sutkalik ehtiyoji 22,5 mg. Ishqoriy muhitda parchalanadi. Òiamin sorilganidan song AÒF yordamida fosforlanadi va fiziologik faol tiaminning pirofosfor efiriga (kokarboksilazaga) otib, pirouzum kislotaning karboksillanishini taminlaydi. Bundan tashqari, u quvvat almashinuvida (a-ketoglutar kislotaning karboksillanishida) qatnashadi. Shuning uchun yurak faoliyatida, mushaklar qis- qarishida va nerv toqimasi uchun ushbu vitaminning ahamiyati katta. B 1 vitaminning yetishmasligi natijasida birinchi navbatda karbonsuv almashinuvi buzilib, tanada sut kislota, pirouzum kislota yigila boradi. Bu esa yurak, markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Avitaminozning ogir turlarida beri-beri yoki polinevrit kasal- ligi kuzatiladi. Preparat yarim yoki tola falajlik, mushaklar atrofiyasi, yurak va meda-ichak hamda jigar kasalligida beriladi. Òiamin tanada hosil bolmaydi va bezarar hisoblanadi, lekin ayrim hollarda kongil aynishi, bosh aylanishi kabi nojoya alomatlarda ifodalanuvchi allergik holatga sabab boladi. Òiamin katta dozalarda qon bosimini keskin tushirib, shok holatini hosil qilishi mumkin. Òiamin bromid preparati markaziy va periferik nerv tizimi jarohatlanganda yoki kasallanganida, miokardiodistrofiyada, homiladorlikda, ogir jismoniy mehnat bajarilganida va zaharli moddalar bilan zaharlanishda tavsiya etiladi. Vitamin B 2 (riboflavin). U koproq jigar, buyrak, gosht, tuxum, sut va kokatlarda uchraydi. Odamning vitaminga sutkalik ehtiyoji 1,83,5 mg. Riboflavinning faol turi fosforlanish bilan hosil boladi. Uning tarkibiga flavinmononukleotid va flavi- nadenindinukleotid kiradi. Ular vodorod atomini tashishda, karbonsuv, aminokislota va boshqa metabolitlarning oksidlanishida qatnashadi. Giðo- va avitaminoz holati stomatit (ogiz shilliq pardasining yalliglanishi), dermatit (terining yalliglanishi) va boshqalarda namoyon boladi. Bunda riboflavin preparati yoki tarkibida ushbu moddani saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi. Vitamin PP (nikotin kislota). Ushbu organik kislota osimlik mevalarida va hayvon tanasida (guruch postlogi, jigar, sut, tuxum, gosht, qisman kartoshka va har xil mevalarda) kop uchraydi. Vitamin ichakda qisman hosil boladi. Katta yoshli odamning vitaminga sutkalik ehtiyoji 1520 mg. 222 Nikotin kislota nikotinamid adeninnukleotid (NAD) va uning fosfati (NADF) shaklida kop fermentlar tarkibiga kiradi. Bu fermentlar esa hujayralar hayoti uchun zarur bolgan oqsillar metabolizmida qatnashadi. Vitamin PP yetishmasligi natijasida pellegra kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bunda badanning ochiq joylaridagi teri rangining ozgarishi (dermatit va pigmentatsiya), yalliglanish, meda-ichak faoliyatining ozgarishi (dispepsiya, anoreksiya, stomatit, glossit) va oliy nerv faoliyatining buzilishi (es-hushning yomonlashishi, aqliy qobiliyatning kamayishi demensiya) va kopincha megaloblastik kamqonlik yuzaga chiqadi. Nikotin kislota silliq mushaklarni boshashtirib, qon tomirlarni (ayniqsa teri va shilliq pardani) kengaytiradi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, fibrinoliz (fibrin parchalanishi)ni kuchay- tiradi. Shu sababdan vitamin PP ateroskleroz va giðertoniya kasalliklarida keng tavsiya etiladi. Vitamin B 6 (piridoksin). Ushbu vitamin tarkibida piridoksin mavjud bolib, u achitgichda, sut va goshtda boladi. Ular organizmda piridoksalfosfatga otib, turlicha fiziologik jarayonlarda qatnashadi. Masalan, aminokislotalar dekarboksilazasi va transaminazasi uchun koferment hisoblanadi, katexolaminlar 5- oksitriðtamin va boshqa moddalarning (GAMK) sintezi va parchalanishi uchun zarur. Katta yoshdagi odamning vitaminga sutkalik ehtiyoji 2 mg. Vitamin B 6 ning tanada yetishmasligi ushbu fermentlar faoliyatining ozgarishiga olib kelib, pirovardida karbonsuv almashinuvi buziladi tananing glukozaga bolgan talabi ozgaradi. Giðoxrom, mikrositar kamqonlik, terining oz- garishi, nevrit va ruhiy kamchiliklar sodir bolishi mumkin. Ayrim vaqtda tutqanoqqa oxshash holatlar kuzatiladi. Giðoavitaminozda piridoksin preparati va vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi. Piridoksin nevrit, titroq va kamqonlik alomatlari bilan ifodalanadigan giðovitaminoz holatlarida kor qiladi. Bulardan tashqari preparat oqsil almashinuvining buzilishida, nurlanishda, kuyganda, ogir yuqumli kasalliklarda, kaxeksiyada, ateroskle- rozda, falajlik va yarim falajlikda, homiladorlik ogir kechganda (toksikozda) beriladi. Vitamin B S (folat kislota). Ushbu vitamin koproq yashil barglarda, sabzavotlarda (salat, pomidor, sabzi va boshqalar), hayvon azolari va mahsulotlarida (jigar, buyrak, tuxum, pishloq va boshqalarda) uchraydi. Qisman ichakda sintez qilinadi. Odam- ning vitaminga sutkalik ehtiyoji 2 mg. Folat kislota jigarda 5, 6, 7, 8- tetragidrofol kislotaga aylanib, metionin, purin va pirimidin sintezida, ayrim aminokislotalarning ozgarishida gistidin 223 almashinuvida, xullas, nuklein kislotalar va oqsil metabolizmida qatnashadi. Ushbu vitamin eritrotsitlar ishlab chiqarilishida eritropoez alohida ahamiyatlidir. Folat kislota yetishmasligi natijasida makrositar kamqonlik vujudga kelishi mumkin. Bunda B 12 avitaminozda boladigan ozgarishlar kabi eritropoezning buzilishi kuzatiladi. Qonda voyaga yetmagan yosh eritrotsitlar paydo boladi. Folat kislota ushbu xil kamqonlikda boladigan nerv tizimi ozgarishlariga tasir qilmaydi. Qondagi ozgarishlarni esa bartaraf eta oladi. Shu sababli, u megaloblastik kamqonlikda va spruni (ichak kasalligi) davolash maqsadida vitamin B 12 bilan birga tavsiya etiladi. Vitamin B 12 (sianokobalamin). Kimyoviy tuzilishi murakkab, tarkibida kobalt saqlaydigan birikma bolib, hayvon jigarida, buyrakda, gosht mahsulotlarida, tuxum sarigida koplab uchraydi. Ichakdagi bazi mikroorganizmlar tomonidan hosil qilinadi. Odamning vitaminga sutkalik ehtiyoji 1 mg dan 3 mg gacha. Sianokobalaminning asosiy fiziologik ahamiyati shundan iboratki, u folat kislota bilan nuklein kislotalar sintezida va eritrotsitlar ishlab chiqarishda qatnashadi. U eritrotsitlar ishlab chiqarilishi, epiteliy hujayralari hosil bolishi, nerv tizimi faoli- yati, osish va toqimalar regeneratsiyasi uchun zarur hisoblanadi. Vitamin B 12 yetishmasligi natijasida megaloblastik makrositar kamqonlik yoki Addisson-Birmer kasalligi rivojlanadi. Bunda qon ishlab chiqarilishi buzilib, yosh, yetilmagan yadroli eritrotsitlar paydo boladi. Bular oz tarkibida kop miqdorda gemoglobin saqlaydi, eritrotsitlarning soni esa kamayadi. Shu bilan bir qatorda nerv tizimi shikastlanadi (paresteziya sezish kamayadi, muvo- zanat buziladi), meda-ichak tizimi faoliyati ozgaradi (glossit, shilliq pardaning ozgarishi hisobiga atrofiya, axiliya xlorid kislota bolmasligi holatlari). Kasallikning ogir turlarida ushbu ozgarishlar yanada chuqurroq namoyon boladi. Bu kasallik oldin hayot uchun xavfli hisoblangan bolsa, hozirda esa vitamin B 12 ning kashf etilishi hisobiga xastalikning deyarli hamma shakllarini davolash imkoni bor. Sianokobalamin tasirida qondagi ozgarishlar, nerv tizimi va meda-ichak faoliyatining (axiliyadan tashqari) patologiyasi bartaraf etiladi. Ushbu maqsadda sianokobalamin folat kislota bilan birgalikda beriladi. Vitamin B 12 megaloblastik (pernitsioz) kamqonlikda berilishidan tashqari, kop xastaliklarni (jigar, nerv tizimi va meda-ichak kasalliklari) davolashda ham keng qollaniladi. Preparatni qollash jigar xastaliklarini (serroz, gepatit) kom- pleks davolashda, aterosklerozda, yurak yetishmovchiligining turli 224 shakllarida, alkogolizmda, teri-tanosil tizimi kasalliklarida ijobiy natija beradi. Vitamin C (askorbin kislota). Ushbu kislota kokatlarda, sabzavotlarda, sitrusli va boshqa mevalarda kop uchraydi. Masalan, 1 ml limon sharbatida 0, 5 mg C vitamini bor. Askorbin kislota va uning oksidlangan mahsuloti degidroaskorbin kislota uglevodlar almashinuvini idora etadi, oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi bilan kechadigan biologik jarayonlarda qatnashadi. U fermentlar sulfgidril guruhning funksional faolligi, kollagen va hujayraning ichki tuzilishi uchun zarur. Askorbin kislota yana qonning ivuvchanligini kuchaytiradi, gemoglobin va eritrotsitlarning ishlab chiqarilishiga, immunobiologik tizimlarga, folat kislotaning tetragidrofolatga otish jarayoniga tasir korsatadi. Yaralar bitishini hamda buyrakusti bezlaridan gormonlar ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, suyak, togay va tish toqimasini mustahkamlaydi, qon tomirlar devori otkazuvchanligini kamaytiradi. Askorbin kislota yetishmasligi singa kasalligiga olib keladi. Bu xil avitaminoz milklardan qon ketishi, teriosti, mushaklar orasida, bogimlarga qon yigilishi bilan kechadi. Bunda normotsitar kamqonlik, umumiy nimjonlik, kasalliklarga beriluvchanlik, quvvatsizlik alomatlari namoyon boladi. Askorbin kislota tanada hosil bolmaydi va toplanmaydi, shuning uchun tanaga ovqat moddalari bilan tushib turishi zarur. Katta yoshli odamning askorbin kislotaga sutkalik ehtiyoji 70120 mg gacha. Ayrim hollarda (ogir kuyish, meda yarasi va boshqa xil xastaliklar sababli) kam ovqatlanish natijasida ham avitaminoz holati roy berishi mumkin. Vitamin C termolabil, yani yuqori haroratga chidamsizdir. Shuning uchun qaynatilgan yoki qovurilgan taomda parchalanib ketadi. Askorbin kislota tibbiyot amaliyotida kopgina kasalliklarning oldini olish va davo qilish maqsadida beriladi. Òananing yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshirish, uni baquvvat qilish askorbin kislota miqdorining yetarli bolishiga bogliq. Vitamin P. Flavonoidlar tarkibiga kiruvchi ayrim moddalar vitamin P nomi bilan ataladi. Ular asosan choy bargi, sitrus osimliklari, namatak tarkibida koplab uchraydi. Ushbu vitamin askorbin kislota bilan birgalikda oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida qatnashib, gialuronidaza fermenti faolligini susay- tiradi, kapillar qon tomirlari devorining otkazuvchanligini va mortligini kamaytiradi. Rutin preparati gemorragik diatezlar, kapillarotoksikozlar, revmatizm, allergik kasalliklarda keng qollaniladi. 225 Preparatlar. Yogda eruvchi vitaminlar. R e t i n o l a t s e t a t (Retinoli acetas). 1 mg dan draje, 33000 XB dan tabletka; 0,05 g/3300 XB va 5000 XB dan kapsulada yogli eritma holida ishlab chiqariladi. 3,44 % (100000 XB) va 1,72% (50000 XB) yogli eritmasi 1 ml dan inyeksiya uchun ishlab chiqariladi. R e t i n o l p a l m i t a t (Retinoli palmitas). 5,5%li 1 ml da 100000 XB yogli eritma holida 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Draje va tabletkalari profilaktika uchun ichiladi. Davo uchun inyeksiya qilinadi. E r g o k a l s i f e r o l (Ergocalciferolum). 500 XB (massasi 0,5 g) dan draje shaklida, spirtli eritmasi (1 ml da 200000 ÒB) flakonda 5 ml dan, yogli 0,125% li eritmasi (50000 XB 1 ml da, flakonda 10 ml dan yogli 0,0625% li eritmasi) 25000 XB 1 ml flakonda 10 ml dan ishlab chiqariladi. Raxitning oldini olish uchun 0,0125 mkg (500 XB), davo uchun 1000015000 XB dan kuniga bir marta 12 oy davomida ichiladi. Ò o k o f e r o l a t s e t a t (Tocopheroli acetas). 5%, 10% va 30% li yogli eritmasi 20 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 0,2 g dan kapsulada, 5% va 30%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ichish uchun kuniga 15100 mg dan, aterosklerozda bir kecha-kunduzda 100 mg dan beriladi. V i k a s o l (Vicasolum). 0, 015 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi, 1% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,0150,03 g dan bir kecha-kunduzda ichish uchun, mushaklar orasiga 0,010,015 g dan yuboriladi. Yuqori dozasi kattalar uchun: ichish uchun bir martalik 0,015 g, bir kecha-kunduzligi0,03 g. Suvda eriydigan vitaminlar. Ò i a m i n b r o m i d (Thiamini bromidum). 0, 0026 g dan tabletkada, 3%6% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ichish uchun 0,002580,00645 g dan profilaktika uchun, davolash uchun 0,00645-0,00129 g dan kuniga 13 marta, 36%li eritmasidan 0,51 ml dan kuniga 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi. R i b o f l a v i n (Riboflavinum). 0,01 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,0050,01 g dan kuniga, avitaminozning ogir turlarida 0,01 g dan kuniga 3 marta ichiladi. P i r i d o k s i n g i d r o x l o r i d (Pyridoxini hydrochloridum). 0,002 g, 0,01 g dan tabletka holida, 15%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,020,05 g dan kuniga 13 marta ichish uchun, mushaklar orasiga va 15%li eritmasi 12 ml dan teri ostiga yuboriladi. 226 N i k o t i n k i s l o t a (Acidum nicotinicum). 0,05 g dan tabletka holida, 1%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Profilaktika uchun 0,0050,02 g dan, davo uchun 0,1 g dan 23 marta ichiladi. 1%li eritmasi 1 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. F o l a t k i s l o t a (Acidum folicum). 0,001 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,00050,001 g dan kuniga 12 marta ichiladi. S i a n o k o b a l a m i n (Cyanocobalaminum). 1 ml da 30 mkg, 100 mkg, 200 mkg va 500 mkg dan ampulada ishlab chiqari- ladi. 0,00005 g sianokobalamin va 0,0008 g folat kislota saqlagan tabletka holida ishlab chiqariladi. 100200 mkg dan kunora, kamqonlikning ogir shakllarida 400500 mkg dan mushaklar orasiga inyeksiya qilinadi. A s k o r b i n k i s l o t a (Acidum ascorbinicum). 0,5 g dan kukun, draje; 0,05 g tabletka holida (ovqatga solish uchun), 0,05 g dan draje, 0,025 g tabletka holida bolalar uchun glukoza bilan 5% li eritmasi 1,5 ml dan, 10% eritmasi 1, 2, 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Profilaktika uchun 0,050, 1 g dan kuniga 1 marta. Davo muolajasi sifatida 0,050,1 g dan kuniga 35 marta ichish uchun buyuriladi. Inyeksiya uchun 5%li eritmasi 12 ml dan buyuriladi. K a l s i y p a n g a m a t (Calcii pangamas). Glukonat kislota, kalsiy tuzlari aralashmasi. 0,050, 1 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 12 tabletkadan 34 mahal ichiladi. Davolash kursi 3040 kun. V i t a m i n P. R u t i n . (Rutinum). 0,02 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. MIKROBLAR, VIRUSLAR VA PARAZIÒLARGA QARSHI DORI VOSIÒALARI Malumki, mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan bolib, ular shartli ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan (soprofitlar) va kasallik keltirib chiqaradigan (patogen) guruhlarga bolinadi. Patogen mikroorganizmlar odam organizmiga tushganida malum sharoitda kopayib, turli kasalliklarga sabab boladi. Bular orasida yuqumli kasalliklar (sil, zaxm, qorin tifi va boshqalar) alohida orin tutadi. Bunday kasalliklarga chalingan bemorlarga davo korsatishda va kasallikning oldini olishda antibakterial mikroblarga qarshi dori vositalarining ahamiyati katta. Ularning mikroblarga korsatadigan tasiri, asosan, 2 xilda namoyon boladi: bakteriostatik tasir va 227 bakteriotsid tasir. Bakteriostatik tasir deganda preparatning mikroorganizmlar osishini toxtatib qoyish xususiyati tushunilsa, bakteriotsid (sido «oldirilgan» sozini anglatadi) tasir deyil- ganda esa, osha preparatning mikroblarni halok etish xususiyati tushuniladi. Antibakterial preparatlar konsentratsiyasi, dozasi yoki miqdoriga qarab ham bakteriostatik (kichik dozada), ham Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling