M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
toqima hujayralariga kirishi va sarflanishi hamda glukozaning
glinogenga otishi kamayadi. Qonda qand miqdori oshadi (giðerlike- miya), oqsil va yoglardan glukoza hosil bolishi ortadi. Glukoza- ning malum miqdorda qonda kopayishi uning siydik bilan chiqishiga (glukozuriya) olib keladi. Insulin garchan sintez qilingan bolsa-da, tibbiyotda uni ancha arzon usul bilan soyilgan molning (chochqaning ham) meda- osti bezidan ajratib olinadi. Keyingi paytda gen muhandislik usuli bilan odam insulini ham olingan. Qandli diabetga duchor bolgan bemorlarga davo korsatishda parhezning ahamiyati kattadir. Kasallikning yengil shaklida parhez tutishning ozi yetarlidir. Ortacha va ogir holatlarda insulin va uning tasir etish muddati uzaytirilgan preparatlari ishlatiladi. Ularga protamin rux insulin suspenziyasi, kristallsimon suspenziya, rux insulinlar va boshqalar kiradi. Ularning tasiri 2440 soatgacha bolishi mumkin (33- rasm). Bular bir kunda 1 marta yoki ikki kunda 1 marta yuboriladi. Ushbu preparatlar giðerglikemik koma holatida ishlatilmaydi. Qandli diabet kasalligida insulin orinbosar 209 preparatlari sifatida ishlatiladi. Lekin, ayniqsa, diabetning insulinga qaramsiz shaklida sintetik preparatlar ham qollaniladi. Ular asosan sulfonilmochevina unumlari va biguanid guruh preparatlari hisoblanadi va ogiz orqali qabul qilishga moljallangan. Sulfanilmochevina unumlari. 1 - a v l o d g a mansub sulfanilmochevina unumlaridan butamid, tolbutamid, xlorpramid va boshqalar qollaniladi. Ular medaosti bezi β - hujayralarining faoliyati susaygan holatda ularni qozgatib, insulin ishlab chiqari- lishini kopaytiradi. β - hujayralar glukoretseptorlari sezgirligini oshiradi, jigar glikogenning glukozaga otishini kamaytiradi, gormon va retseptorlarni tasirlashuv faolligini oshiradi va qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Butamid enteral yuborilganda yaxshi soriladi. Qondagi maksimal miqdori 34 soatda yuzaga chiqadi. Giðoglikemik tasiri 12 soatgacha davom etadi. Butamid jigarda metabolizmga uchrab (oksidlanib), buyraklar orqali chiqib ketadi. Amaliyotda kasallik- ning yengil shakllarida keng qollaniladi. Nojoya holatlarni (dispepsiyalar, allergik reaksiyalar, bazan leykopeniya, trombotsitopeniya va h.k.) berishi mumkin. Xlorpropamid faolligi butamiddan kuchliroq va tasir muddati uzoqroq. Nojoya tasirlari ham butamidga nisbatan koproq uchraydi. Xloriðomid ham asosan qandli diabetning yengil shaklida (2- tiðida) qollaniladi. 2 - a v l o d sulfanilmochevina unumlari samaraliroq va zaharliligi kamroq hisoblanadi. Ular kichik dozalarda uzoq vaqt ishlatilganda qondagi qand miqdorini sekin-asta kamaytiradi, chunki preparat tasirida β− hujayralarda insulinning biosintezi oshadi. Bu preparatlarga juda yuqori faollikka ega bolgan glibenklamid va glibornuridlar misol bola oladi. 33- rasm. 8TB da insulinning (A) va protamin-insulin (B) ning qondagi qand miqdoriga tasiri. Qonda qand miqdori (mg 100 mk da) 110 100 90 80 70 60 A B 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 210 3 - a v l o d sulfanilmochevina unumlari giðoglikemik tasirdan tashqari trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, fibrinolizni jadallashtiradi. Chunki preparat tasirida β - hujayralarda insulinning biosintezi oshadi, uni ishlab chiqarish va ajralishi kopayadi va mikrosirkulatsiyasini yaxshilaydi. Bularga glidiazinamid va gliklazid kiradi. Umuman olganda, sulfanilmochevina unumlari insulinga qaraganda qator afzalliklarga ega: preparatni ichga qabul qilish insulin inyeksiyalariga qaraganda qulaydir, ular sekin tasir etib, insulinga qaraganda giðoglikemik shok holatlari va allergik reaksiyalarni kamroq keltirib chiqaradi. Biguanidlarga glibutid, metformin, fenforminlar misol boladi. Ular qandli diabetni davolashda insulin preparatlari va sulfanil- mochevina unumlari bilan birga qollanilishi mumkin. Qandli diabetda glukagon ham qollanilishi mumkin. Glukagon qisqa vaqt tasir etib, glukagonaza tomonidan parchalanadi (qondagi miqdori 7 min da 50% ga kamayadi). Uning tasirida glikogenoliz (glikogenning glukozaga otish) jarayonlari jigarda kuchayadi. Glukagon giðoglikemik komada, yurak yetishmovchiligi va kardiogen shokda venaga yuboriladi. Preparatlar. I n s u l i n (Insulinum). Medaosti bezining gormonal preparati. 5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan 3040 min oldin teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Preparat dozasi kasallikning ogir-yengilligiga qarab aniqlanadi. I n s u l i n r u h s u s p e n z i y a s i (Suspensia zinc-insulini). 5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yuboriladi. A m o r f -r u h i n s u l i n s u s p e n z i y a s i (Suspensia zinc- insulini amorphi). 5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yuboriladi. K r i s t a l l k o r i n i s h i d a g i r u h i n s u l i n s u s p e n - z i y a s i (Suspensia zinc-insulini cristallisati). 5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yuboriladi. P r o t a m i n r u h i n s u l i n (Protamini zinci-insulini). 5 ml dan (1 ml da 40 ÒB bor) flakonda ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yuboriladi. G l i b u t i d (Glibutidim) 0,05 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 0,05 g dan 1 g gacha ovqat bilan birga qabul qilinadi. 211 B u t a m i d (Butamidum). 0,25 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,51 g dan ovqatdan 3040 min keyin kuniga 3 4 marta ichiladi. B u k a r b o n (Bucarbonum). 0,5 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 12 tabletkadan ovqatdan 3040 min keyin kuniga 13 marta ichiladi. G l i b e n k l a m i d (Glibenclamidum). Maninil. 0,005 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,0025 g dan kuniga 1 marta ertalabki nonushtadan keyin ichiladi. Zaruriyat tugilganda bir kecha-kunduzda 0,050,01 g gacha berish mumkin. Rp.: Insulini 5 ml D.t.d. N. 5 in ampullis S. 0,5 ml (20 ÒB) dan kuniga 2 marta ovqatdan oldin teri ostiga yuboriladi # Rp.: Tab. Bucarboni 0,5 N. 20 D.S. 1 tabletkadan ovqatdan 30 min oldin 13 marta ichiladi # Rp.: Tab. Maninili 0,05 N. 20 D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta nonushtadan oldin ichiladi Buyrakusti bezi gormonal va antigormonal preparatlari Malumki, buyrakusti bezlari ikki qavatdan iborat: ichki miya qismi va tashqi postloq qavati. Miya qismida adrenalin, bezning postloq qismidan esa 40 dan ortiq steroid tuzilishli gormonlar ishlab chiqariladi. Ular uchta guruhga ajratiladi: 1. G l u k o k o r t i k o i d l a r : gidrokortizon, kortizon, degidrokortikosteron, kortikosteron; 2. M i n e r a l o k o r t i k o i d l a r : aldosteron, 11-dezok- sikrtikosteron, 11- dezoksi-17- oksikortikosteron; 3. J i n s i y g o r m o n l a r : androsteron, androstendion, estron, progesteron. Kortikosteroidlar xolesterin va atsetilkoenzim A dan hosil boladi. Glukokortikoidlarning ishlab chiqarilishi giðofizning AKÒG gormoni tasirida kuchayadi. Mineralokortikoidlarning ishlanishi ekstrasellular suyuqlik hajmi hamda plazmadagi natriy va kaliy ionlari miqdoriga bogliq. Gidrokortizon va uning efirlari (atsetat, suksinat) tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladi. Gidrokortizon modda almashinuviga (uglevod almashinuviga ham) tasir etadi. Jigarda glikogenning glukozaga otishini kuchaytirib, qondagi qand miqdorini kopay- 212 tiradi. Glukozuriya (qandning siydik bilan chiqishi) kuzatilishi mumkin. Gidrokortizon yog almashinuviga tasir etib, yuzda, boyin, yelkada yog yigilishiga olib keladi. Suv-tuz almashinuviga mineralokortikoidlar singari tasir etadi, tanada natriy ionlari (reabsorbsiyaning ortishi hisobiga) ushlanib qolib, kaliy ionlari- ning chiqarilishi (sekretsiyasi) ortadi. Natijada plazmaning hajmi ortadi va arterial bosim kotariladi. Kalsiy ionlari chiqib ketishi tufayli osteoporoz suyaklar tarkibidagi kalsiyning kamayishi tufayli suyaklar mort bolib qolishi kuzatiladi. Gidrokortizon yalliglanishga qarshi va immunodepressiv (immun sitemaning pasayishi) tasirga ega. Glukortikoidlarning amaliy tomondan ahamiyatli xossasi allergiyaga va yalliglanishga qarshi tasiridir. Ular biriktiruvchi toqima rivojlanishini kamaytiradi. Antitoksik va shokka qarshi tasirga ham ega. Gidrokortizon giðotalamo-giðofizar-buyrakusti bezi tizimiga susaytiruvchi tasir etib, AKÒG ishlanishini kamaytiradi. Shu sababli gidrokortizonni qabul qilish birdan toxtatilsa buyrakusti bezi yetishmovchiligi kelib chiqadi. Bunday holda tezda gidrokortizon gemisuksinat venaga yuborilishi talab qilinadi. Gidrokortizon parenteral va mahalliy ravishda qollanadi. Kortizon faqat faolligi jihatidan gidrokortizondan farq qiladi (taxminan 1,5 marta kuchsizroq), qolgan barcha xususiyatlari oxshash. Uning analogi kortizon atsetat preparati ichga va mushak orasiga yuboriladi. Qolgan glukokortikoid preparatlar ham farmakologik xususi- yatlariga kora gidrokortizonga yaqin turadi. Preparatlar. G i d r o k o r t i z o n (Hydrocirtisonum). 2,5% li suspenziya holida 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1% surtma holida 10 g dan ishlab chiqariladi. 2,5 % suspenziyasi 2 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. D e k s a m e t a z o n (Dexamethasonum). 0,0005 g (0,5 mg) dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Preparatning natriyli tuzi (deksametazon-21 fosfat) ampulada 1 ml (0,004 g) dan ishlab chiqariladi. Òabletkasi kuniga 23 marta ovqat bilan biga yoki keyin qabul qilinadi. P r e d n i z o l o n (Prednisolonum). 0,005 g dan tabletka; 0,5% li surtma holida 10 g dan ishlab chiqariladi. Òabletkalari kuniga 23 marta ichish uchun beriladi. Surtmasi sirtga surtish uchun beriladi. 213 P r e d n i z o l o n g e m i s u k s i n a t (Prednisoloni hemisuc- cinas). 0,025 g dan 5 ml hajmdagi ampulada ishlab chiqariladi. Ampuladagi kukunning 5 ml inyeksiya qilish uchun moljallangan distillangan suvda eritib, venaga yoki mushak orasiga yuboriladi. D e z o k s i k o r t i k o s t e r o n a ts e t a t (Desoxycorticosteroni acetas). 0,005 g dan tabletka shaklida; 0,5 % li yogli eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga yoki kunora til ostiga qoyiladi. Ampulalari mushaklar orasiga 0,005 g dan haftasiga 3 marta, 0,01 g gacha har kuni yuboriladi (0,5% yogli eritma 1 ml dan). Ò r i a m s i n o l o n (Triamcinolonum). Òabletka shaklida 0,004 g dan ishlab chiqariladi. «Lederkort» nomi bilan 0,1% li surtma va krem sirtga qollash uchun ishlab chiqariladi. F t o r o k o r t (Phthorocort). 15 g dan tubiklarda 0,1 % li surtma holida ishlab chiqariladi. Rp.: Sol. Hydrocortisoni 2,5%2 ml D.t.d. N. 10 in amp. S. 2 ml dan mushaklar orasiga yubloriladi # Rp.: Tab. Desoxycorticosteroni 0,005 N.10 D.S. 1 tabletkadan kuniga 1 marta ichiladi # Rp.: Ung. Phthorocorti 0,1%15,0 D.S. teriga surtish uchun Jinsiy bezlarning gormonal va antigormonal preparatlari Ayollar jinsiy bezlari gormonar preparatlari. Ayollarning jinsiy gormonlari tuxumdonlarida follikulalar va sariq tana tomonidan ishlab chiqariladi. Follikulalarda ishlab chiqariladigan gormonlar estrogenlar deyiladi. Ulardan estradiol gormoni tuxum hujayraning rivojlanishi davomida hosil boladi. Estradiol jigarda parchalanib, estron va estriolni hosil qiladi. Bu gormonlar steroid tuzilishga ega bolib, jinsiy azolarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarni nomoyon bolishini taminlaydi. Estrogenlar tasirida endometriyning bachadon shilliq pardasi qalinlashadi, yumshoq bolib qon bilan tolishadi (proliferatsiya kuzatiladi). Òuxum hujayra yetilgach, follikulalar yoriladi ovulatsiya roy beradi. Ajralib chiqqan tuxum hujayra Fallopiyev trubada otalangan bolsa, bachadon boshligiga tushib shilliq qavatga yopishadi 214 (implantatsiya). Yorilgan follikula ornida sariq tana hosil boladi. Sariq tananing tabiiy gormoni progesteron hisoblanadi. Jigarda progesteron parchalanib, pregnandiolga aylanadi. Gestagenlar menstrual (hayz korish) siklning ikkinchi yarmida bachadon shilliq qavatining osishiga, tuxumhujayra uruglangach, plasenta- ning (yoldoshning) hosil bolishiga yordam beradi. Shu sababli progesteron homiladorlik gormoni deyiladi. Agar tuxum hujayra uruglanmagan bolsa sariq tana atrofiyaga uchraydi, bachadon shilliq qavati kochib, menstruatsiya (hayz korish) roy beradi. Jinsiy bezlarning faoliyati giðofizning gonadotrop gormonlari tomonidan boshqariladi. Estrogen, gestagenlar va plasenta tomonidan ham ishlab chiqariladi. Ayollarning jinsiy bezlari gormonlarining quyidagi preparatlari mavjud: I. Estrogenlar: a) steroid tuzilishga ega estrogen preparatlar estron, estradiol, estradiol diðropionat; b) nosteroid tuzilishga ega estrogen preparatlar sinestrol, tefestrol, dietilstilbestrol; d) antiestrogen preparatlar klomifen sitrat. II.Gestagenlar: a) progesteron, oksiðrogesteron kapronat, pregnin, nore- tisteron, allilestrenol. III. Kontraseptiv vositalar: a) estrogen-gestagen saqlovchi uygunlangan preparatlar: non-ovlon, ovidon, lindiol, rigevidon, demulen, miniziston; b) monogormonal preparatlar postinor, mikrolut; d) uygunlashtirilgan estrogen, gestagen antiandrogen pre- paratlar: Pregestrol tabletkalari, klimonorm, Divina, Diane-35. Steroid tuzilishga ega bolgan estrogen preparatlardan estron amalda keng qollaniladi. Estron homilador ayollar yoki hayvonlar peshobidan ajratib olinadi. Estradiol efirlar benzoat va diðropionat shaklida ishlatiladi. Estradiol diðropionat estronga qaraganda faol bolib, tasir muddati uzoqroq. Estron xar kuni, estradiol diðropionat esa 24 kunda bir marta beriladi. Estron va estradiol efirlari yogli eritmalar shaklida mushaklar orasiga yuboriladi. Etinilestradiol faolligi boyicha estrondan 50 marta kuchli. Preparat ichga berilganda ham faol saqlanadi. Sintetik nosteroid vositalardan ham ichga berilishi mumkin. 215 Sinestrol faolligiga kora estrondan qolishmaydi. Ichish uchun va mushak orasiga yuboriladi. Umuman olganda estrogen preparatlar tuxumdonlar faoliyati zaiflashganda yoki bolmaganda (menstruatsiya sikli buzilganda amenoreya, dismenoreya, klimakterik ozgarishlarda), tugruqdan keyin laktatsiyani (sut kelishini) kamaytirish maqsadida qollani- ladi. Estrogenlar shuningdek, prostata bezi rakida erkaklarga, sut bezi rakida 60 dan oshgan ayollarga tavsiya etiladi. Jinsiy azolar va sut bezi osmalarida 60 yoshgacha bolgan ayollarga estrogen preparatlarni berish taqiqlanadi. Shuningdek, endometritlarda (bachadon shilliq pardasi yalliglanishi) bachadon- dan qon ketishiga moyillik bolganda ham estrogenlar berilmaydi. Buyrak va jigar kasalliklarida ehtiyotlik bilan ishlatiladi. Antiestrogen preparatlar sintetik yol bilan olingan nosteroid birikmalar bolib, estrogenlarning tasirini susaytiradi. Jumladan, ular estrogen retseptorlarini bloklaydi. Natijada gopotalamus va giðofizdan stimullovchi gormonlar koproq ajrala boshlaydi. Òuxumdonlar kattalashib, ularning faoliyati oshadi. Shunday preparatlardan Klomifen sitrat I ayollarga pushtsizlikni davolash uchun beriladi. Bundan tashqari ular kokrak bezi rakida ham tavsiya etiladi. Gestagenlar steroid tuzilishiga ega. Progesteron endo- metriyga tuxum hujayraning yopishishini (implantatsiya) tayyorlaydi. Miometriyning qozgaluvchanligini susaytiradi, ovulatsiyaning oldini oladi va sut bezining osishini taminlaydi. Preparat har kuni mushak orasiga yuboriladi. Ichga berilganda tasiri bolmaydi. Oksiðrogesteron kapronat tasiri sekin boshlanib, 714 kun davom etadi. Moyli eritmalari mushak orasiga yuboriladi. Pregnin faolligi progesterondan 515 marta kamroq. Ichga berilganda samarali. Odatda til ostiga qoyiladi. Òabletka tola eriguncha til ostida tutib turiladi. Gestagenlar sariq tana faoliyati yetishmovchiligida, homila- ning muddatidan oldin tushishining oldini olish uchun va menstruatsiya buzilganda beriladi. Antigestagen vositalardan RU 486 steroid tuzilishiga ega bolib, prostaglandinlar bilan birga homilani tushirish maqsadida qollaniladi. Kontraseptiv dori vositalari. Òurli sabablarga (kasallik, homilalikka xohish va imkoniyat yoqligi va boshqalar) kora homilalikning oldini olish maqsadida ishlatiladigan dori preparatlarini kontraseptiv vositalari deyiladi. Ularning bir necha turlari mavjud. 216 Uygunlarshtirilgan dori vositalari. Bular estrogen va gestogenlardan tashkil topgan bolib, turlicha nisbatda (1:10, 1:50) boladi. Preparatlarning tasiri natijasida giðofizdan follikula stimullovchi va lutinlovchi gormonlarning ishlab chiqarilishi ka- maygani uchun ovulatsiya susayadi, tuxumdonning faoliyati izdan chiqadi. Endometriyda proliferatsiya (bachadon ichki shilliq pardasining qalinlashishi, yumshashi, qon tolishi) roy bermaydi. Shu sababli otalangan tuxum hujayraning shilliq pardaga yopishishi (implantatsiya) bolmaydi. Qin shilimshigining tarkibi ozgarishi natijasida spermatazoidlarning faolligi pasayadi. Estrogen-gestagen preparatlarning samarasi yuqori. Ular 28 kunlik hayz korishning 5 kunidan boshlab, 21 kun davomida qabul qilinadi. Preparatlarni ichish toxtatilgach, ovulatsiya bolishi, yani homilador bolish imkoniyati yana qayta tiklanadi. Òiklanish muddati organizm xususiyatlariga va kontraseptivlarning qabul qilish muddatiga bogliq. Preparatlarning nojoya tasiri: bosh ogrigi, bosh aylanishi, sut bezlarining dagallashishi, qusish, tana vaznining ortishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bu preparatlar tromboemboliyalarda, miyada qon aylanishi buzilganda, jinsiy azolar osmalarida, qandli diabet, jigar kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Davolash maqsadida estrogen-gestagen preparatlar menstru- atsiya sikli buzilganda, boshqa ginekologik kasalliklarda qollanilishi mumkin. Monogormonal gestagen preparatlar qin shilimshigining tarkibi va miqdorini ozgartirib, spermatozoidlarning harakat- chanligini kamaytiradi. Endometriyda ham tuxum hujayraning yopishishiga qarshilik qiluvchi ozgarishlarni keltirib chiqaradi. Nojoya tasirlari: menstruatsiya siklining buzilishi va ajratmalar kelishi, bosh aylanishi va kongil aynishi. Umuman olganda gestagen kontraseptivlarning nojoya tasiri va samarasi estrogen- gestagen preparatlarga qaraganda kam. Kontraseptiv preparatlar faqat shifokorlar tomonidan buyuriladi. Preparatlar. P r o g e s t e r o n . 1% va 2,5% eritmalari 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yoki mushaklar orasiga 1% yoki 2,5 %li eritmaning 1 ml 68 kun davomida yuboriladi. E t i n i l e s t r a d i o l . Òabletkada 0,010,02 g dan ishlab chiqariladi. Kuniga 23 marta til ostiga qoyiladi. O k s i ð r o g e s t e r o n k a p r o n a t . 1,25% li moyli eritmasi 0,52 ml dan mushak orasiga haftada bir marta yuboriladi. 217 I n f e k u n d i n . Òarkibida gestogen va estrogen saqlaydi. Òabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema boyicha buyuriladi. B i s e k u r i n . Òarkibida gestagen etindion diatsetat va estro- gen etilenestradiol saqlaydi. Ishlab chiqarilishi va buyurilishi infekundinnikiga oxshash. Erkaklar jinsiy bezlari gormonlarining preparatlari (androgen preparatlar) va anabolik steroidlar Erkaklar jinsiy bezlari gormoni testastron urugdonlarining hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Uning tasirida organizm- ning voyaga yetish davrida jinsiy azolar va ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilar rivojlanadi, spermatogenez (spermatazoidlarning ishlashi) nazorat qilinadi. Òestosteron oqsillar sintezini kuchay- tiradi. Buyrak kanalchalarida suv, kalsiy ionlari, natriy, xlor va boshqalarning qayta sorilishini oshiradi. Òestosteronning hosil bolishini giðofiz gonadotrop gormoni boshqaradi. Jigarda testosteron faolligi kamroq bolgan androsteronga aylanib peshob bilan chiqib ketadi (34-rasm). Òibbiyot amaliyotida testosteron efirlari testosteron pro- pinant va testenat keng qollaniladi. Ular androgenlik va anabolik faollikka ega. Òestenatning tasiri testosteron propionat 2 kunda 1 marta, testenat esa 34 haftada 1 marta buyurildi. Preparatlar yogli eritma holida ishlab chiqarilib, mushaklar orasiga yuboriladi. Ichga qabul qilinganda, jigarda tez parchalangani uchun tasiri kuzatilmaydi. Metiltestosteron faolligiga kora testosterondan kuchsizroq. Ichilganda samarali, tabletkasi til ostiga qoyib shimiladi. Androgen preparatlar erkaklarga ular jinsiy bezlari faoliyati yetishmovchiligida (jinsiy rivojla- nishdan orqada qolish, impotensiya), ayollarga dismonoreyalar, klimakterik buzilishlar, sut bezi va tuxumdonlar rakida beriladi. Anabolik steroidlar organizmda oqsillar sintezini kuchaytirish xususiyatiga ega. Ular tasirida skelet mushaklari, ichki azolar, suyak toqimasining vazni oshadi. Òananing umumiy vazni ham ortadi. Òanadan azot, fosfor va kalsiyning ajralishi sekinlashadi. Androgen 34- rasm. Bichilgan xoroz (a), tojisiga andro- steron (b, d) ning tasiri. a b d 218 gormonlar anaboliklar sifatida ishlatilmaydi, chunki ularning androgenlik faolligi yuqori. Ularga quyidagi preparatlar kiradi. Febolin va retabolil tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan faol preparatlardir. Fenabolin 715 kun davomida, ratabolil 3 hafta davomida tasir etadi. Ularning samarasi asta-sekin rivojlanib boradi. Yogli eritmalari mushaklar orasiga yuboriladi. Metandrostenolon tasir vaqti qisqa bolgani sababli kuniga tabletkalar holida 12 marta qabul qilinadi. Anabolik steroidlar tasirida oqsillar sintezi kuchayib, ishtaha yaxshilanadi. Osteoporozlarda (suyaklarda kalsiyning kamayishi) Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling