M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
bakteriotsid (katta dozada) tasir korsatishi mumkin.
Mikroblarga qarshi tasir etadigan preparatlar kopchilikni tashkil etadi. Ular qollanilishi va tasir etishi boyicha kimyo- terapevtik, antiseptik va dezinfeksiyalovchi guruhlarga bolinadi. ANTIBAKTERIAL KIMYOTERAPEVTIK DORI VOSITALARI Òanaga yuborilganida odam toqima azolarida joylashgan va kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizm yoki parazitlarga qarshi tasir etib, kasallikni bartaraf etadigan yoki kasallikning oldini olish maqsadida ham beriladigan preparatlarga antibakterial kimyoterapevtik dori vositalari deyiladi. Ularga tibbiyot amaliyotida keng qollaniladigan samarali va ishonchli preparatlar kiradi. Ular mikroblarga tanlab tasir korsatadi. Boshqacha aytganda, har bir kimyoterapevtik preparatga mikroorganizmlarning faqat malum turlari sezgir boladi. Bu degan soz har bir kimyoterapevtik dori vositasi mikroblarga oziga xos bolgan qarshi tasir etish doirasiga (spektriga) ega. Qonga nisbatan tasir etish doirasi keng bolgan preparatlar tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladi va ular samarali dori vositalari hisoblanadi. Bakteriyalar, viruslar va parazitlarga qarshi kimyoterapevtik preparatlar quyidagilardan iborat: 1. Antibiotiklar. 2. Sulfanilamidlar. 3. Nitrofuran va oksixinolin unumlari. 4. Silga qarshi vositalar. 5. Zaxmga qarshi vositalar. 6. Virusga qarshi vositalar. 7. Bezgakka qarshi vositalar. 8. Protozoylarga qarshi vositalar. Antibiotiklar Antibiotiklar turli mikroorganizmlar va ayrim osimliklar faoliyatida kopayishi va osishi davomida hosil boladigan, kimyoviy tuzilishi boyicha murakkab biologik faol moddalardir. Mikroorganizmlar orasidagi biologik jarayon antibioz (bir-biriga qarama-qarshilik) shu moddalar yordamida amalga oshadi. Ular mikroorganizmlarning har xil turlari, masalan, zamburuglar, 228 aktinomitsetlar, bakteriyalar ishlab chiqaradi, boshqa mikroorga- nizmlarning osishi, kopayishini toxtatadi. Keyingi vaqtlarda osimliklardan va sintetik yol bilan kop antibiotiklar olindi. Antibiotiklar tibbiyot amaliyotida keng va samarali ishlati- ladigan preparatlardan hisoblanadi. Chunki ular boshqa kimyote- rapevtik vositalar orasida qator ustunlikka ega. Masalan, sulfanilamidlarga qaraganda antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi tasir spektrining kengligi va kuchliligi, tana uchun nisbatan kam zaharliligi bilan afzalroq. Ularning kopchiligi parenteral yol bilan yuboriladi. Antibiotiklarning asosiy farmakologik xossasi shundan iboratki, ular kopchilik mikroorganizmlar (grammusbat va grammanfiy kokklar, bakteriyalar, batsillalar, viruslar, zamburuglar, rikketsiy va boshqalar)ga tanlab bakteriostatik (tetrasiklin, levomitsetin, oleandomitsin va boshqalar), ayrimlari esa bakteritsid (penitsillin, ampitsillin streptomitsin, sefalosporinlar, polimiksinlar) tasir korsatadi. Ushbu tasir hamma mikroorganizmlarga qaratilgan bolmay, har bir antibiotikning oziga xos antibakterial tasir etish spektri mavjud. Boshqacha aytganda, muayyan antibiotikka nisbatan hamma mikroorganizmlarning sezuvchanligi har xil (35- rasm). Antibiotiklarning umumiy tasir mexanizmi quyidagicha: 1. Mikroblarning hujayra pardasi tuzilishini buzadi. Antibi- otiklarning bunday tasiri osayotgan, kopayayotgan mikroblarni 35- rasm. Kimyoterapevtik dori vositalari guruhining mikroorganizmlarga tasir doirasi. Patogen mikroorga- nizmlar Kimyopreparatlar Antibiotiklar Sulfanilamidlar Nitrofuranlar Kokklar Bakte- riyalar Batsilla- lar Rik- ket- siy- lar Yirik viruslar Spiro- xema- lar Zam- bu rug- lar Stafilo-stpepto-di plokklar Gono-meningo-kokklar Sil mikobakteriyalari Ichak tifi, paratif bakteriyalari Anaerob: qoqshol, gaz infeksiyalari Toun, tulyaremiya, brutsellez qozgatuvchisi Ichterlama, ku-isitmasi qozgatuvchisi Gri pp, qizamiq, adenovirus va boshqa qozgatuvchilar Qaytarma tif, zaxm va boshqa qozgatuvchilar Kandida turi, dermatotif 229 kuzatish davrida namoyon boladi. Bunda parda tuzilishi uchun zarur bolgan ayrim kimyoviy moddalar (mukopoliðeptidlar, 1- alanin) tosiladi, biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlarning kechishi ozgaradi. Natijada parda yemirilib, yangi hujayralar hosil bolishi toxtaydi. Bu xil bakteritsid va bakteriostatik tasir penitsillin guruhiga taalluqli preparatlarga xosdir. 2. Ayrim antibiotiklar mikrob hujayrasining parda otkazuv- chanligini buzadi. Bunday holat antibiotikning pardaga otirishi hisobiga parda sathining tortish kuchi kamayishi oqibati deb tushuntiriladi. Natijada mikroorganizmning osishi, kopayishi toxtaydi, tinch holatdagilarining faoliyati susayadi. Bularga polimiksinlar, nistatin, amfoteritsin preparatlari misol boladi. 3. Antibiotiklar mikrob ribosomalariga boglanib, ularning t-RNK bilan birga fermentlar hosil qilishiga tosqinlik qiladi. Natijada mikrob hayoti uchun zarur fermentlarning bolmasligi hujayraning yemirilishiga olib keladi. Bunday bakteritsid tasir mexanizmi streptomitsin, kanamitsin, neomitsin, gentamitsin va boshqa antibiotiklarga xosdir. 4. Qator antibiotiklar mikrob hujayrasining oqsillar sintezini kamaytiradi. Bunda hujayra ribosomalarida oqsilning sintez bolishi toxtaydi va natijada yangi hujayralar hosil bolmay, mikroblarning kopayishiga chek qoyiladi. Bularga tetratsiklin, levomitsetin va boshqalar misol boladi. Antibiotiklar yuqorida korsatilgan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan barcha kasalliklarda (angina, pnevmoniya, meningit, peritonit, sepsis, osteomiyelit, dizenteriya, qorin tifi, vabo va hokazolarda) beriladi. Lekin ularni qollashda dorilar tasir spektrining etiborga olinishi talab qilinadi. Antibiotiklar ayrim kasalliklarda, xususan bemor tanasining sezuvchanligida tavsiya etilmaydi. Antibiotiklarning asorati, nojoya tasirlari turlicha bolib, ularning farmokologik xossalari, kimyoviy tuzilishiga bogliq. Ularning bevosita zaharli tasiri natijasida yuz beradigan asoratlar asosan nerv tizimida (korish nervi, polinevrit, ataksiya va boshqa- lar), peshob chiqarish azolarida (nefroz), jigarda (parenximatoz sariqlik kasali), meda-ichak tizimida (ogriq, ich ketishi va boshqalar) aks etadi. Kopincha bunday holatlarga streptomitsin, neomitsin preparatlari sabab boladi. Òetratsiklin istemol qilish tufayli yuz beradigan asoratlardan biri teratogen tasirdir. Homiladorlik davrida antibiotik tasirida homilaning togri rivojlanishi buziladi va bola nogironlik alomatlari bilan tugiladi. Antibiotiklar tufayli koproq kuzatiladigan 230 asoratlardan biri allergiya holatidir. Allergiya turlicha (terida, shilliq qavatida va hakozo) namoyon bolishi mumkin. Anafilaktik shok shular jumlasidan bolib, uni asosan penitsillin keltirib chiqaradi (qon bosimining tushib ketishi, es-hushning normadan ogishi va boshqalar). Shuning uchun penitsillin birinchi bor va takror yuborilishida bemor tanasining antibiotikka sezuvchanligini aniqlash shart. Hozirgi vaqtda antibiotiklarning soni borgan sari ortib bor- moqda, chunki ularni sintez qilish va yangi preparatlar olish davom etmoqda. Antibiotiklarning olinishi, kimyoviy tuzilishi, tasir kuchi va spektri turlicha bolgani uchun ular turlicha tasnif qilinadi. Bular orasida kop ishlatiladigani va qulayrogi antibiotik- larning mikroblarga tasir spektri boyicha tasnif etish hisoblanadi. Ushbu tasnif boyicha ishlatiladigan antibiotiklar, asosan, quyidagi guruhlarga bolinadi: 1. Penitsillin, sefalosporin va makrolidlar guruhi. 2. Streptomitsin va boshqalar. 3. Òetratsiklin guruhi. 4. Levomitsetin guruhi. 5. Zamburuglarga qarshi moddalar. 6. Xavfli osmalarga qarshi preparatlar. Penitsillinlar. Bularga Na , K li benzil penitsillin va novokainli tuzi, bitsillinlar, ampitsillin va boshqalar kiradi. Penitsillin prepa- rati asosan grammusbat kokklarga (streptokokk, pnevmokokk, gonokokk va boshqalar kiradi), ayrim grammanfiy bakteriyalar, spiroxetalarga bakteriotsid tasir korsatadi. Bunday tasir mikroblar hujayralari parda biosintezining buzilishi bilan tushuntiriladi. Penitsillin dori vositalari olinishi boyicha biosintetik va yarim sintetik bolib, tasir muddati boyicha qisqa, ortacha va uzoq muddatli guruhlarga bolinadi. Benzilpenitsillinning natriyli va kaliyli tuzi qisqa muddatga tasir etadigan, novokainli tuzi ortacha, bitsillinlar (1, 3, 5) esa uzoq muddat tasir etadigan preparatlar hisoblanadi. Qisqa muddatli dori moddalarini har 4 6 soatda yuborish zarur bolsa, novokainli tuzini bir kecha- kunduzda, bitsillinlarni esa kasallikning turiga va ishlatish maqsadiga qarab haftada, oyda bir martadan yuboriladi. Yarim sintez yoli bilan olinadigan preparatlar (metatsillin, oksatsillin ampitsillin va ampioks) benzilpenitsillinga chidamli bolgan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarga yaxshi davo boladi. Bundan tashqari, ushbu antibiotiklarning mikroorga- nizmlarga tasiri uzoq vaqt davomida saqlanadi, ular penitsillinaza fermenti tasirida kam parchalanadi va allergik asoratlarni nisbatan kam beradi. Shu sababli ular tibbiyot amaliyotida keng qollaniladi. Zotiljam, yiringli yaralar, angina, difteriya, plevrit, zaxm, sozak, endemi, meningit, endokardit, artritlar va h.k.larda. 231 Kislotali sharoitga turgun bolgan biosintez yoli bilan olinadigan fenoksimetilpenitsillin preparati kun davomida 46 marta ogiz orqali qabul qilish uchun moljallangan, ammo uning qon tarkibida yuqori miqdorda toplanishi qiyin bolganligi sababli, davolash samarasi kichikroq. Barcha biosintez yoli bilan olingan penitsillin guruhi preparatlari penitsillinaza fermenti tasirida parchalanadi. Keng tasir doirasiga ega bolgan, yarim sintetik preparatlardan ahamiyatlisi ampitsillindir. Preparat grammusbat hamda grammanfiy bakteriyalar sabab bolgan kasalliklarda sezilarli naf beradi. Ammo grammusbat bakteriyalar keltirib chiqargan kasalliklarda penitsillin guruhi preparatlariga nisbatan kuchsizroq sanaladi. Ampitsillin ham penitsillinaza tasirida sekin-asta parchalanadi. Ampitsillin kislotali muhitga turgun bolib, ichak yollarida yaxshi soriladi, peshob yollari orqali tanadan ozgarmagan holda chiqib ketadi. Preparat zararsiz sanalib, har 48 soatda yuboriladi. Ampitsillin peshob yollari, jigar, ot yollari, bronxlar yalliglanish kasalliklarida, jarrohlik amaliyotida, yuqumli ichak kasalliklarini davolashda keng qollaniladi. Penitsillin guruhidan amoksitsillin yarim sintetik preparat bolib, keng spektrli bakteritsid tasirga ega. Grammusbat, grammanfiy va boshqa mikroorganizmlarga tasir etadi. Penitsillin preparatlari tasirining asoratlari. Ularning terapevtik tasir doirasi katta bolgani sababli salbiy zaharli tasiri kamroq uchraydi. Asoratlardan asosiylari allergik reaksiyalar bolib, taxminan 310% bemorlarda qayd etiladi. Allergiya reaksiyasi bir necha kundan song boshlanishi, ayrim hollarda bir zumda boshlanib, terida toshmalar paydo bolishi, tana haroratining kotarilishi, nafas qisishi bilan namoyon boladi. Ayrim hollarda bogimlar ogrishi, yurak, buyrak faoliyatining ozgarishi kabi hollar kuzatiladi. Bazan anafilaktik shok holati yuz berib, fojiali oqibatlarni berishi mumkin. Bulardan tashqari, penitsillinlar shilliq qavatlarni qitiqlashi oqibatida dispepsiya (kongil aynishi, qayt qilish), stomatit (ogiz boshligi shilliq qavatining yalliglanishi) kuzatilishi mumkin. Allergik reaksiyani davolashda glukokortikoidlar va antigistamin preparatlardan dimedrol, piðalfendan foydalaniladi: tanaga adrenalin gidroxlorid yoki efedrin gidroxlorid, kalsiy xlorid yuboriladi. Bundan tashqari penitsillin qon ishlab chiqarish azolariga zararli tasir korsatishi va meda-ichak yolida xavfli zamburuglarning (disbakterioz) kopayishiga sharoit yaratishi mumkin. Bu asoratlar yuz bermasligi uchun mazkur guruh preparatlarning qollanilishi shifokorlarning qatiy nazorati ostida 232 bolishi kerak. Ular aniq dozalarda, zarur bolgan taqdirdagina tavsiya etilmogi darkor. Makrolidlar. Ushbu guruh tuzilishiga makrosiklik lakton halqasi kiritilganligi sababli makrolidlar deb ataladi. Eritromitsin. Bakteriya (Strepthomyces erytrheus) mahsuloti bolib, tasir etish doirasi boyicha benzilpenitsillinga yaqin. Preparatga grammusbat bakteriyalar, spiroxetalar ayniqsa sezgir. Shu bilan birga ayrim grammusbat bakteriyalar: difteriya tayoqchasi, rikketsiyalar, patogen anaeroblar, traxoma, dizen- teriya amyobasi ham sezgir. Eritomitsin tasirida bakteriyalar ribosomasida oqsil sintezi buziladi. Preparat kislotali muhitda qisman parchalanganligi sababli maxsus qobiqlarda (draje) ishlab chiqariladi. Eritromitsinga nisbatan bakteriyalar sezuvchanligining tezda pasayishi tufayli preparat zaxirada saqlanadi va penitsillin guruhi samarasiz yoki bemorning organizmi sezuvchan bolganda tavsiya etiladi. Eritromitsinning nojoya tasirlariga allergik reaksiyalar, dispepsiya holati (meda-ichak yollari faoliyatining buzilishi) va ushbu antibiotikka nisbatan turgun bolgan bakteriyalarning yangi turi paydo bolishi qayd etiladi. Oleandomitsin. Bakteriya (Strepthomyces antibioticus) mahsuloti bolib, tasir doirasi boyicha eritromitsinga yaqin, preparat 4 6 soat davomida tasir korsatadi, kam zararli. Mahalliy qitiqlovchi tasirga ega bolgan preparat sifatida zahirada saqlanadi. Sefalosporin guruhi. Sefalosporinlar penitsillin kabi betalak- tom antibiotiklari hisoblanadi. Ular penitsillinga qarshi olaroq penitsillinaza tasirida parchalanadi va tasir etish spektri kengroq. Ular Cephalosporium acremorium zamburuglari mahsuloti bolib, yarim sintez yoli bilan ham olinadi. Sefalosporinlar bakteritsid tasir etib, penitsillin kabi bakte- riya hujayrasi devorining sintezida qatnashuvchi ferment transpeptidaza faolligini susaytiradi, tasir spektriga kora ampitsil- linga yaqin turadi. Sefalotin (keflin) va sefaloridin (seporin) ancha keng tarqalgan antibiotik. Ularning tasiriga grammusbat bakteriyalar ota sezgir. Ushbu antibiotiklar kislotali muhitga turgun bolishi bilan bir qatorda, meda-ichak yolida sorilishi sust, shuning uchun ular vena qon tomirlariga yoki mushaklar orasiga yuboriladi. Sefalosporinlar, asosan, zaxirada saqlanuvchi antibiotiklardan bolib, penitsillinlar samarasiz bolganda, kopincha peshob 233 chiqarish yollari kasalliklarida beriladi, chunki ushbu antibiotiklar peshob bilan birga ozgarmagan holda ajratilib chiqariladi. Sefalotin xap 46 soatda, sefaloridin 68 soatda tavsiya etiladi. Ushbu guruh antibiotiklardan sefatoksin (klaforan) gram- manfiy bakteriyalarning sefalosporinaza fermenti tasiriga turgundir. Uning tasir spektri ancha keng bolib, yashil yiring tayoqchasiga ham bakteriotsid tasir etadi. Sefaleksin (seporeks) preparati enteral usulda qollashga moljallangan. Uning sorilish muddati qisqa bolib, qonda 12 soatdan song yuqori miqdorda toplanadi. 15 % qon oqsillari bilan birikib, 6 soat davomida buyrak orqali chiqib ketadi. U tabletka, kapsula va suspenziya shaklida ishlab chiqariladi. Sefalosporinlarning nojoya tasirlaridan bemorlarda allergik reaksiya boladi, buyrak faoliyatining buzilishi (sefaloridin), mahalliy tasir korsatishi (sefalotin), dispepsiya holatiga (sefaleksin) olib kelishi mumkin. Bazan sefalosporinlar tasiriga turgun bolgan bakteriyalar oilasi hosil bolishi (superinfeksiya) mumkin. Preparatlar. A m p i t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Ampicillinum natrium). 0,25; 0,5 g dan flakonda kukun holida erituvchisi bilan birga ishlab chiqariladi. 250500 mg dan bir kecha-kunduzda 46 marta mushaklar orasiga yuboriladi. A m p i t s i l l i n t r i g i d r a t (Ampicillinum trihydras). 0,25 g dan tabletka va kapsula holida ishlab chiqariladi. 0,5 g dan bir kecha-kunduzda har 46 soatda mushaklar orasiga yuboriladi. B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Benzylpeni- cillmum-natrium). Benzilpenitsillin kislota tuzining mogor zamburugi turlari ishlab chiqariladi. 250000 ÒB, 500000 ÒB, 1000000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 250000500000 ÒB dan teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Bir kecha-kunduzlik dozasi 1000000020000000 ÒB. B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g n o v o k a i n l i t u z i (Benzylpenicil- linum novocainum). Monogidrat benzilpenitsillin kislotaning novo- kainli tuzi. 600000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 300000 600000 ÒB dan mushaklar orasiga kuniga 2 marta yuboriladi. B i t s i l l i n - 1 (Bicillinum-1). Benzilpenitsillinning N, N- dibenziletilen diaminli tuzi. 300000600000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 300000600000 ÒBdan haftada bir marta mushaklar orasiga yuboriladi. B i t s i l l i n - 5 (Bicillmum-V). Bitsillin-1 va benzilpenitsillinning novokainli tuzining 4:1 nisbatida aralashmasi. 1500000 ÒB dan 234 flakonda ishlab chiqariladi (erituvchisi 5 ml dan ampulada). Katta yoshdagilarga 1500000 ÒB dan 1 oyda 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi. O k s a t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (Oxacillinum natrium). Òabletka, kapsula holida va flakonda 0,250,5 g dan ishlab chiqariladi. 0,250,5 g dan bir kecha-kunduzda 46 marta ovqatdan 1 soat oldin va 23 soat keyin; inyeksiya uchun bir kecha-kunduzda 24 g dan beriladi. A m o k s i t s i l l i n (Amoxicillin). Yarim sintetik antibiotik bolib, keng spektrli bakteriotsid tasirga ega. Òabletka holida 0,25 va 0,5 g dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3 marta beriladi. E r i t r o m i t s i n (Erytromicinum). 0,10,25 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,10,25 g dan har 46 soatda ichiladi. O l e a n d o m i t s i n f o s f a t (Oleandomycini phosphas). 0,125 g dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 0,25 g dan 46 marta ichish uchun beriladi. S e f a t o k s i m (Cephatoximum). Natriyli tuzi holida flakonlarda 0,25; 0,5; 1 va 2 g dan ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga yuborish uchun 0,5 g ml distillangan suvda eritiladi. Venaga yuborish uchun 0,5 g kukuni 2 ml (yoki 1 g4 ml va 2 g 10 ml) distillangan suvda eritiladi. S e f a l e k s i n (Cephalexinum). Kapsulalarda 0,25 g; tabletkalarda 0,5 g; kukun suspenziya uchun 2,5 g li flakonlarda ishlab chiqariladi. Kapsula va tabletkalar bir kecha-kunduzda 1 2 g dan ichiladi. Suspenziya tayyorlash uchun 80 ml distillangan suvda kukuni eritilib maxsus qoshiqchada olchanadi va ichiladi. K e f z o l (Kefzol). 0,250,5 g dan flakonda chiqariladi. 0,51,0 g dan venaga yoki mushaklar orasiga hap 68 soatda yuboriladi. Streptomitsin va aminoglikozidlar. Streptomitsin Actinomyces globisporus streptomycin ning mahsulotidir. 1943-yilda Vaksman tomonidan olingan. Streptomitsin bakteritsid tasirga ega. Preparatning tasiri asosan hujayra ribosomalaridagi oqsil sintezini toxtatishi bilan bogliq. Uning tasir spektri keng bolib, asosan sil tayoqchasi, tularemiya, vabo, yashil yiring tayoqchasi, patogen kokklar, brutsellalar, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali hisoblanadi. Streptomitsin oz davrida sil kasalligida samarali davo vositasi sanalgan. Shu bilan bir vaqtda undan nafas va peshob yollari yalliglanishi kasalliklarini davolashda qollaniladi. Ammo unga nisbatan spiroxetalar, patogen zamburuglar, rikketsiyalar, ayrim anaeroblar, sodda hujayralilar turgun. 235 Preparatning nojoya tasirlaridan allergik holatlar (terida toshmalar, tana haroratining ortishi, anafilaktik shok) kuzatilishi ichki quloq boshligida toplanib, eshitish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Dori eritmalari mahalliy ogriqqa sabab boladi, uzoq muddat davomida qollash esa, unga nisbatan turgun bolgan bakteriyalar oilasining paydo bolishiga (superinfeksiya) sabab boladi. Aminoglikozidlarga neomitsin, gentomitsin va boshqa preparat- lar kiradi. Ular kimyoviy tuzilishi boyicha streptomitsinga kop tomondan oxshash. NeomitsinActinomyces fradiae mahsuloti bolib, ozida AB va C neomitsinlarni saqlaydi. Neomitsin sulfat keng tasir spektriga ega, unga grammusbat va grammanfiy bakteriyalar sezgirdir. Anaeroblar, viruslar, spiroxetalar esa ushbu antibiotikka nisbatan malum darajada chidamlidir. Bakteriyalarning chidamliligi unga nisbatan sekin-asta namoyon bola boradi. Neomitsinning meda-ichak yolidan sorilishi chegaralangan bolib, asosan ichak boshligidagi bakteriyalarga (ichak tayoqchasi, sodda hujayralilar) tasir korsatadi. Preparat bemorlarni operatsiyalarga tayyorlash jarayonida boshqa antibiotik- lar bilan qoshib qollanilsa, yaxshi naf beradi. Neomitsin teri kasalliklarida (yiringli teri yaralari, sachratqi va boshqalar), ayrim koz kasalliklarida (konyunktivit) ishlatiladi. Sirtga qollashda preparatning buyrakusti bezi gormonlari kortikosteroidlar bilan birgalikda ishlatilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Buyrak faoliyatiga zararli tasiri bolganligi uchun preparat parenteral usulda qollanilmaydi. Shu bilan birga eshitish qobi- liyatini pasaytirishini unutmaslik kerak. Neomitsin buyrak va eshituv nervi kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Gentamitsin Micromonospora purpurae va M. echinospora mahsuloti bolib, gentamitsin sulfat tuzi sifatida qollaniladi. Keng tasir stektriga ega. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga bakteriotsid tasir etadi. Benzilpenitsillinga turgun bolgan bakteri- yalar (yashil yiring tayoqchasi, ichak tayoqchasi, stafilakokklar) gentamitsinga tasirchandir. Ularning preparatga nisbatan turgunligi asta-sekin namoyon boladi. Bir soatdan song qonda uning yuqori miqdori toplanadi va 812 soat davomida saqlanib turadi. Òanadagi turli tosiqlardan otmaydi va ozgarmagan holda buyraklar orqali chiqib ketadi. Preparat asosan grammanfiy bakteriyalarga nisbatan qollanilganda samaralidir. Buyrak-tanosil sistemasi kasalliklarida Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling