M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet45/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Muhokama uchun savollar:
1. Qozoq xalq qahramonlik dostonlari to’g’risida nimalarni bilasiz?
2. Mumtoz qozoq adabiyotining rivoji haqida so’zlang.
3. Shoir Abay qozoq she’riyatiga qanday janrni olib kirdi?
4. Birinchi qozoq kompozitori kim?

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Qozoq she’riyati, nasri va dramaturgiyasi haqida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:
1. 30-yillardagi nasriy, tarixiy va zamonaviy asarlar haqida ma’lumot beradi.
2. Qozoq dramaturglari dramalarida xalqlar do’stligi, Yurt va Yurt mudofaasi mavzusini izohlaydi.
3. Qozoq xalqining o’ziga xos boy milliy adabiyoti va madaniyati to’g’risida fikr yuritadi.

2- asosiy savolning bayoni:
Qozoq adabiyoti taraqqiyotining birinchi bosqichida she’riyat etakchi rol o’ynadi. 30-40-yillarga kelib, qozoq adabiyotida dostonchilikning rivojlanishiga bo’lgan urinishlar yaxshi natija berdi.
Ikkinchi jahon urushi yillari qozoq she’riyati o’zining ko’tarinki ruhi bilan ajralib turdi. Bu davrda adabiyotga kirib kelgan Qosim Omonjolov, Xolijon Bekxojin, Sirbay Mavlenov singari yoshlarning ovozi keksa avlodga mansub shoirlarning ovoziga hamoxang bo’ldi. Urushdan so’nggi davrda nasr etakchi janrga aylangan bo’lsa-da, nazm ham adabiyotning umumiy taraqqiyotidan keyinda qolmadi. XIX asr o’rtalarida shakllangan nasr janri o’ziga xos mavqeni egalladi. I.Kubeev, M. Avezov, S.Muqanov, G’.Musrepov va G’.Mustafinlarning romanlarida qozoq xalqi bosib o’tgan shonli tarixiy yo’l o’z aksini topdi. O’z ijodini she’r yozishdan boshlagan Sobit Muqanov 30-yillarga kelib, nasriy asarlar yozishga kirishdi. Uning katta hajmdagi nasriy asarlari orasida «Temirtas», «Bo’tako’z», «Hayot maktabi» va «Polvon cho’loq» kabi roman va qissalari alohida ajralib turadi. Muqanovning bu nasriy asarlari tarixiy va zamonaviy mavzularda yozilgan.
S. Muqanov ikkinchi katta nasriy asari – «Bo’tako’z» romani ustida 15 yil ishladi. Roman qozoq xalqi hayotidagi yaxlit bir tarixiy davr: 1914-1920 yillar orasida yuz bergan muhim ijtimoiy hodisa-voqealar tasviriga bag’ishlangan.
S.Muqanovning tarixiy avtobiografik romani bo’lgan «Hayot maktabi» uning eng yaxshi asarlaridan biridir. Romandagi kichik-kichik mustaqil, lekin mazmunan bir-biriga uzviy bog’langan hikoyalarida qozoq xalqining o’sha davrdagi hayotini zo’r mahorat bilan tasvirlagan. Shuning uchun S.Muqanov yaratgan podachi bola Sobit, batrak Muqan, Sobitning akasi Mustafo, o’qituvchi Mo’ldag’ozi, oqin G’abdullo obrazlari keng kitobxonlar ommasining sevimli qahramonlari qatoridan o’rin oldi.
Muxtor Avezov o’zining «Abay» dramasida hayotni tarixan to’g’ri va haqqoniy aks ettirish namunalarini ko’rsatdi. M.Avezovning bu sahna asarlari qozoq milliy teatrining shakllanishida muhim rol’ o’ynadi. Muxtor Avezov nasrga dramaturgiya orqali kirib keldi. Uning «Qarash-qarash», «Burgutli ovchi», «Izlar», «Elkama-elka», nomli nasriy asarlarida yozuvchining nazari bilan aks ettirish mahorati ko’zga tashlanadi.
Yozuvchi G’abidin Musrepov ham yirik nasriy asarlar muallifidir. Uning qalamiga mansub «Qozoq askari» va «Uyg’ongan o’lka» romanlari g’oyaviy badiiy etuk asarlar sifatida urushdan so’nggi yillardagi qozoq romanchiligiga qo’shilgan salmoqli hissadir.
«Qozoq askari» qozoq xalqi hayotida yuz bergan chuqur ijtimoiy o’zgarishlardan maroqli hikoya qiluvchi romandir. Bu asarda Xayrushning bolalar uyidagi sarguzashtlaridan tortib, urush maydonidagi qahramonliklarigacha tasvirlangan. Shu vaqtgacha qozoq tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan o’nlab asarlar orsida Muxtor Avezovning to’rt jildli «Abay», G’. Mustafining «Qarag’anda», «Chig’anoq», G’. Musrepovning «Qozoq askari» romanlari, shuningdek, Jambul Jabaevning eng yaxshi she’rlari, T. Jarakov, Q. Omonjolovlarning dostonlari, S. Begalinning «Ona mehri» hikoyalar to’plami o’zbek kitobxonlariga zo’r badiiy zavq beradi. Uning qalamiga mansub «Qozoq askari» va «Uyg’ongan o’lka» romanlari g’oyaviy badiiy etuk asarlar sifatida urushdan so’nggi yillardagi qozoq romanchiligiga qo’shilgan salmoqli hissadir.
G’abidin Mustafinning birinchi yirik asari –“Hayot va mamot” avtobiografik xususiyatga ega (asar qayta ishlanib, 1947-yil “Qarag’anda” nomi ostida bosilib chiqdi). Unda muallim Qozoq ishchilari sinfining shakllanishi va rivojlanishi mavzuini yoritadi. Qarag’anda ko’mir konlariga ishlash uchun kelgan ko’chmanchi qozoqlar asarning asosiy qahramonlaridir.
Ko’mir konlaridagi hayot qozoqlar taqdirini tubdan o’zgartirib yuboradi. Shu nuqtai nazardan romandagi keksa Jumaboy yosh yigit Jonabil ko’chmanchi Bokay, ishchi Ermaklarning haqqoniy chizilgan timsollari ahamiyatlidir.
Qozoq kinodramaturgiyasi ham jiddiy yutuqlarni qo’lga kiritgan. Ekranlarda muvaffaqiyatli namoyish etilgan «Ona», «Aldar ko’sa», «Sevgi dostoni», «Bo’tako’z» va shunga o’xshash badiiy filmlar fikrimiz dalili bo’la oladi.

Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling