M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet29/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Asosiy savollar:

  1. Jaloliddin Rumiyning hayot yo’li.


  2. Shoirning ijodiy merosi.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:

Sulton ul-ulamo, masnaviyi, ma’naviy, shamsul haqoyiq, devon, kabr.

Mavzuga oid muammolar:
«Masnaviyi-ma’naviy»da Jaloliddin Rumiy o’zining ta’limotini bayon qilgan. Sizningcha, qanday fikrlar asarning mohiyatini tashkil qilgan?

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
Yirik alloma Jaloliddin Rumiy hayoti va faoliyati to’g’risida talabalarda tasavvur va tushuncha hosil qilish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Rumiyning yoshlik yillari va ilm olishi to’g’risida so’zlaydi.


  2. Insoniyatning ma’naviy kamolotga etishuvida Rumiyning ijodi katta ekanligini izohlaydi.


  3. Jaloliddin Rumiy va Shams Tabriziyning munosabatlari haqida so’zlaydi.


1-asosiy savolning bayoni:


O’rta asr sharqining eng yirik allomalaridan Jaloliddin Rumiy Xurosonning Balx shahrida tug’ilgan bo’lib, asl ismi Muhammaddir. Uning otasi Bahouddin Valad o’z davrininng yirik ulamolaridan biri edi. Muhammad Xorazmshoh bilan ixtilof tufayli zamonasining «Sultonul ulamo»si bo’lgan Bahouddin Valad o’z oilasini olib Balxdan chiqib ketadi. Yana bir ma’lumotlarga ko’ra B.Valad mo’g’ul istilosi tufayli Balx taqdirini oldindan sezgani uchun, shaharni tashlab ketgani haqida fikrlar bor.

Darhaqiqat, mo’g’ullar Balxni bosib olgach, qatliom qiladi, to’rt yuzdan ortiq mashhur allomalarning boshi kesiladi.


Balxdan chiqqanlarida Jaloliddin 12 yoshda edi. Ularning oilasi Nishopurda, Bag’dodda, Makkada, Madinada, Damashqda, Xalabda Oqshaharda yashaydilar. Bu mashhur shaharlarning qaysi biriga bormasin Bahouddin Valad izzat-hurmat bilan kutib olinadi, siyosat ahli ham, ilm ahli ham birdek e’zozlashadi. Oxirgi turk sultoni Qayqubod (1219-1236) ning taklifi bilan 1229 yilda Konya shahriga kelib o’rnashadilar. Bu vaqtda Jaloliddin balog’atga etgan yigit bo’lib, otasining muridlaridan, asli Samarqandlik bo’lgan Sayid Burhoniddinning Gavhar ismli qiziga uylangan (1225) edi. Gavhar xotundan Jaloliddin ikki o’g’il ko’radi, kattasi Sulton Valad kelajakda shoir bo’lib etishadi. Gavhar Xotun vafotidan so’ng, tul Kira Xotunga uylanadi. Bu oilasidan Muzaffariddin, Olim Chalabiy va Malika Xotun ismli farzandlarini ko’radi.
Avvalo otasidan va davrining yirik allomalaridan ta’lim olgan Jalolidin yirik mutafakkir, faylasuf, shoir bo’lib etishadi. Uning iqtidori yoshligidayoq sezilgan ekan. Mushhur mutasavvuf olim Muhiddin Arabiy yosh Jaloliddinni otasining orqasidan ketayotganini ko’rib, «Olloh, olloh bir daryo orqasidan ummon ketayotir» degan ekan. Darhaqiqat, 1231 yil otasining o’limidan so’ng o’rniga shayx bo’lgan Jaloliddin Rumiy keyinchalik otasidan ham mashhur alloma bo’lib etishadi.



Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling