M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet54/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
raqam

Elektron tijorat Internetda savdo sifatida. Elektron tijorat Internetdan foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni sotishni o‘z ichiga oladi.

  • Elektron tijorat bozor sifatida. Elektron tijorat faqatgina mahsulotlarni sotib olish va sotish bilan cheklanmaydi. Masalan, virtual do‘kon nafaqat o‘z Internet-foydalanuvchilariga o‘z mahsulotlarini taklif qilishi, balki mahsulot etkazib beruvchilarni izlashi, ular bilan shartnomalar tuzishi, to‘lovlarni amalga oshiri- shi, xodimlarni yollashi va Internet orqali marketing kampaniya- larini o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, elektron tijorat jarayon- ida ishtirok etadigan kompaniyalar bu haqda hatto xabardor bo‘lmasliklari mumkin. Elektron tijorat tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va almashish jarayonlariga, shuningdek, iste’mol- chining mahsulot to‘g‘risida qanday ma’lumot olishi va savdo bitimi tuzishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

    Elektron tijorat savdo sifatida
    Elektron tijoratning an’anaviy savdo shaklidan farqlari
    Elektron do‘konlarda savdoni tashkil etish jarayoni an’anaviy ma’noda savdo-sotiq qilishdan farqlanadi. Elektron tijorat va odatiy savdo jarayonining farqlovchi xususiyatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
    Xaridorlarni jalb qilish usullari bilan. Do‘konga mi­jozlarni jalb qilish yo‘llari juda muhimdir. Savdo sohasida, an’anaviy ma’noda, bu jarayon to‘rt bosqich bilan tavsiflanishi mumkin:

    • reklama orqali xaridorni jalb qilish; bu yerda asosiy omil do‘ kon joylashuvi;

    • jozibali ko‘rgazma va do‘konga kirish bilan xaridorga ta’sir qilish; bu bosqich muhim ahamiyatga ega;

    • do‘konga kirgan xaridorni savdo maydonchas- ining ichki dizayni va uni qulay tashkil etish bilan jalb qilish;

    • xaridor o‘zi istagan tovarni tanlashi; xaridorning ushbu do‘konda keyinchalik ham xaridlarni amalga oshirishi yoki qilmasligi uning savdo maydonchasida sotuvchi yordamida mahsulotni qanchalik tez va oson tanlashigabog‘liq bo‘ladi.

    Elektron do‘konda mijozlarni sotib olishning yuqoridagi bar­cha bosqichlari mutlaqo boshqacha tarzda tashkil etil- gan. Elektron ko‘rgazma va do‘konga kirish birlashtiril- gan. Barcha reklama ma’lumotlari elektron do‘konning ko‘rgazmasida joylashtirilgan. Bunday ma’lumotlar xaridor uchun aniq va tushunarli shaklda taqdim etilishi kerak, shundan u ni- mani, qanday va qaerdan olish mumkinligini tushunishi kerak.
    Xaridorga psixologik ta’sir o‘tkazish vositalari orqali
    Sotuvchilar elektron tijorat tizimidagi xaridorlarga psixologik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum.
    Mahsulot haqida ma’lumot berish usullari bo‘yicha
    Oddiy savdo jarayonida mahsulot bilan tanishish shaxsan amalga oshiriladi. Elektron do‘konda bu tan ishish xaridor tomo­nidan tovarlarning ma’lumot tavsifi va tegishli xususiyat- larini sinchkovlik bilan o‘rganish natijasida ro‘y beradi.
    Xarid qilish usullari bo‘yicha
    Oddiy savdo jarayonida xaridor tomonidan tovarlarni sotib olish shaxsan sodir bo‘ladi. Elektron do‘konda tovar sotib olayotganda, xaridor Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish va buyurtma berishdan o‘tadi.
    Kirish imkoniyati bo‘yicha
    Har qanday elektron do‘konlar dunyoning deyarli har bir bur- chagidagi mijozlar uchun mavjud. Shuning uchun, u sayohatlar va xizmat safarlarida zarur tovar va xizmatlarni tanlashda cheklanmagan. Bunday do‘konlar kun bo‘yi ochiq bo‘lib, odatiy do‘konlarda bo‘lgani kabi ko‘plab xaridorlarning navbati yo‘q. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid qilish imkoniyatiga ega .
    Elektron tijorat bozor sifatida
    Elektron bozor deganda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarining rivojlangan tuzilmalar sharoitida o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflangan uning ishtirokchilari va ularning o‘zaro munosabatlari jarayonlarini tushunimiz mumkin.
    Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga qaraganda ancha mukammal raqobat bilan ajralib turadi. Elektron bozorda ko‘plab sotuvchilar va xaridorlar ishlaydi, bozorga yangi ishtirokchilar kirib borishi uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q, barcha ishtirokchi­lar ma’lumot olish huquqiga ega.
    Elektron bozorda tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari ishtirok etadilar .
    Aloqa sohasidagi o‘zgarishlar iste’molchilarga tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish, buyurtmalar berish, mah­sulotlarni to‘lash vositalariga ta’sir etayapti.
    Elektron bozor ko‘p jihatdan oddiy bozorga o‘xshaydi, uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

    • o‘yinchilar (kompaniyalar, yetkazib beruvchilar, vositachi- lar, do‘konlar va mijozlar);

    • mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar);

    • jarayonlar (ta’minot, ishlab chiqarish, marketing, raqobat, taqsimlash, iste’mol va boshqalar).

    Farqi shundaki, elektron bozor elementlari (hech bo‘lma- ganda ularning bir qismi) virtual (elektron) bo‘ladi.
    Shuni ta’kidlash kerakki, potentsial xaridor va sotuvchilarn- ing katta soniga etishish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq afzalliklarga qaramay, elektron bozor an’anaviy bozorlarga xos bo‘lgan barcha muammolarni hal qila olmaydi. Bundan tashqari, u o‘z muam- molarini keltirib chiqaradi. Avvalo, u elektron bitimlar samara­dorligini kamaytiriradigan yangi turdagi xarajatlar paydo bo‘lishi.
    Elektron (raqamli) mahsulotlar talabga moslashuvchanligi yo‘qori. Xaridorning ehtiyojlariga oid ma’lumotlar taqdim etila- yotgan mahsulot turlarini sezilarli darajada kengaytirishi mum­kin. Bunday yetarlicha tabaqalashtirilgan va segmentlangan bo­zorda narxlar xaridor to‘lashga rozi bo‘lgan maksimal darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

    1. Elektron tijorat samaradorligini baholash


    Download 1.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling