M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
logopediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logopediyaning asosiy maqsadi
11 I BOB. LOGOPEDIYA FANINING UMUMIY MASALALARI 1.1. Logopediya fanining maqsadi, vazifalari Reja: 1. Logopediya fan sifatida 2. Logopediya fanining ob’yekti, predmeti va tuzilishi 3. Logopediya fanining maqsad va vazifalari Logopediya (logos va yun. paideia — tarbiyalash, oʻqitish) — ped. fani tarmogʻi bo’lib, nutqdagi kamchilik (duduqlanish, nutqning umumiy rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqsonlar va boshqalar) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasida oʻrganadi. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab XVII-asrda Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadqiq etila boshladi. XIX- asrning 2-yarmidan bu sohaga mustaqil ravishda, tibbiyot nuqtai nazaridan yondoshildi. Asta-sekin nutq faoliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengaya borib, Logopediya yoʻnalishi tubdan oʻzgardi, pedagogik mazmun birinchi oʻringa qoʻyiladigan boʻldi. XX-asrga kelib Logopediya mustaqil fan sifatida shakllandi, uning maqsad va vazifalari, metodik asos va tamoyillari, boshqa fanlar bilan aloqasi masalalari ishlab chiqildi. Zamonaviy Logopediya maktabgacha yoshdagi bolalar Logopediyasi, maktab yoshidagi bolalar Logopediyasi, oʻsmirlar va katta yoshdagilar Logopediyasiga boʻlinadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni oʻqitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fan sifatida katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning talaffuzi, leksik-grammatik tuzumi, tafakkuri va butun ruxiy faoliyati uzviy bogʻliqligi bilan belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling