M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
logopediya
9 So’z boshi O‘zbekiston Respublikasida jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi o‘quv texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, soha amaliyotiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, global axborot muhitidan samarali foydalanish ustuvorlik vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’limning maqsadi kasbiy, mutaxassislik salohiyati yuqori darajada bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan faol, mustaqil ijodkor pedagog shaxsini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish asosida tarixan shakllangan pedagogik tizimni yanada rivojlantirishga bog‘liqdir. Hozirgi axborotlashgan davrda oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’limini tashkil etishning samarali omillarini aniqlash, innovatsion shakllarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish” kabi vazifalar belgilanib, bugungi kunda bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetentligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda bo‘lajak defektologlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda variativ yondashuvlardan samarali foydalanish, ularni axborot muhitiga asoslangan, mazmunan modernizatsiyalashgan mustaqil ta’lim vositasida korreksion ta’limga tayyorlash, oliy ta’limda kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning didaktik ta’minotini yaratish, raqobatbardosh logopedlarni tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, so’nggi yillarda O’zbekistonda logopediya fanining rivojlanishida siljishlar ko’zga tashlanmoqda. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus muassasalar soni ko’paymoqda. Psixolingvistik tahlil asosida nutq patologiyasining eng murakkab turlari (afaziya, alaliya va nutqning to’liq 10 rivojlanmay qolishi, dizartriya) haqidagi muhim ma’lumotlar olinmoqda. Murakkab nuqsonlar: bolalarning aqliy zaifligi, ko’rish, eshitish, tayanch tayanch harakat apparatlari buzilishi paytidagi nutq buzilishlari o’rganilmoqda. Biz bu haqdagi ma’lumotlarni o’z ichiga jamlagan Logopediya qo’llanmasini tayyorlashga harakat qildik. Qo’llanmada logopediya nazariyasi va amaliyotining hozirgi ahvoli o’z aksini topgan. So’nggi yillardagi darsliklar va qo’llanmalarda keltirilgan qator nazariy qoidalardan foydalanilgan. Qo’llanmaning har bir bobida nutq buzilishlarining ta’rifini keltirib, buzilishdagi tipik holatlarning etiopatogenezlarini tahlil etildi. Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining metodlari ochib berildi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan o’quv-tarbiyaviy muassasalarda olib boriladigan ishlar, ularning halq ta’limi tizimida tutgan o’rni, bog’cha va maktab sharoitida bolalar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlarning shakl va metodlari bayon etilgan. Mazkur qo’llanma pedagogika instituti va universitetlarining defektologiya yo’nalishi talabalari va amaliyotda nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar bilan ish olib borayotgan logopedlarga mo’ljallangan. Qo’llanmani tayyorlashda bizga yaqindan yordam bergan ustozimiz professor, pedagogika fanlari nomzodi M.Y.Ayupova, o’zlarining qimmatli fikr- mulohazalarini bildirgan hamkasblarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling