M. S. Muxitdinova chdpu "Musiqa ta`limi kafedrasi"o`qituvchisi


Motsart bilan "tanishish"


Download 1.28 Mb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1160767
1   2   3   4   5
Bog'liq
P.Chaykovskiy bolalar uchun pyesalar

Motsart bilan "tanishish"
Chaykovskiy Küninger bilan uch yilga yaqin o'qidi. Biroq, Ilya Petrovich o'g'lining butun hayotini musiqaga bag'ishlashi kerakmi, deb so'raganida, o'qituvchi boshini chayqab, buning ma'nosini ko'rmadim, deb javob berdi. Bir so'z bilan aytganda, Küninger bo'lajak porloq bastakor P.I.Chaykovskiy uning oldida turganini tushunolmadi. Uning hayoti yillari opera janrining Rossiyada gullab-yashnash davriga to'g'ri keldi. Bir marta Moskvada u buyuk Motsartning "Don Xuan" spektaklini ko'rishi kerak edi. Yosh Piter ko'rgan va eshitganlaridan hayratda qoldi. Keyingi hayoti davomida ushbu bastakor u uchun musiqa dunyosidagi eng katta hokimiyat edi. Chaykovskiy hayotining keyingi yillari Buyuk Motsart asarlarining energiyasiga to'yingan edi. Pyotr Ilyich bir marta "Don Xuan" tufayli o'z hayotini Buyuklik Musiqasiga bag'ishlashga qaror qilganini tan oldi.

  1. P.I.Chaykovskiyning musiqa ijodi

Chaykovskiy o'zining birinchi fortepiano kontsertini 35 yoshga to'lganida yozgan. Ko'p o'tmay uning mashhurligi nihoyatda tez sur'atlarda o'sishni boshladi, u tez-tez turli tadbirlarga taklif qilinardi, ammo ijtimoiy hayot unga og'irlik qiladi, chunki bu juda ko'p vaqt talab etadi. 1876 ​​yilda bastakor hayotida ayol xayrixoh Nadejda fon Mek paydo bo'ldi. Uning qo'llab-quvvatlashi tufayli Chaykovskiy Evropa va Amerikaga sayohat qilishni boshlaydi. Evropaning har bir shahri: Parij, Bern, Rim, Venetsiya - bastakor ijodida o'z izlarini qoldiradi.Bir musiqa musiqasi boshqasi bilan almashtiriladi va ularning barchasi misli ko'rilmagan muvaffaqiyatlarga ega. Uzoq yurishlardan so'ng Pyotr Ilyich Kamenka (Ukraina) dagi singlisining oldiga keldi. Bu erda uning tug'ilgan joyida uning ishi maxsus kuch bilan gullab-yashnagan.
Har safar uzoq yurishlarni boshlash bilan Pyotr Ilyich qaytib boradigan joyi yo'qligi haqida o'ylardi. U haqiqatan ham o'z uyiga ega bo'lishni xohlardi. Moskva yaqinidagi Klin shahrida u o'zining "Uyi" bo'lgan ikki qavatli shinam saroyga ega bo'ldi. Keyin u 45 yoshda edi. Bu erda u butun o'n yil yashadi. Bu juda samarali yillar edi. Bu davrda qancha yorqin asarlar yozildi. U tez-tez o'zi va kuylari bilan yolg'iz qolishni xohlardi, lekin do'stlari va muxlislari unga Moskvadan tez-tez murojaat qilishardi. Bugungi kunda bu uy yosh musiqachilar va uning ijodi muxlislari uchun ziyoratgohga aylangan. Klinda hamma uyning qaerdaligini, buyuk Chaykovskiyning o'zi yashagan joyni biladi. Bastakorning hayoti va o'limi yillari uning uy-muzeyiga kirish eshigi oldidagi lavhada - 1840-1893 yillarda ko'rsatilgan. Bir vaqtlar sevimli onasi singari vabo uni iste'mol qilganida, u faqat 53 yoshda edi. Agar u tirik qolganida qancha yorqin asarlar yozishi mumkin edi. Ammo afsuski ... Bu uning taqdiri.
P.I.Chaykovskiyning estetik tamoyillari XIX asrning 60-70-yillarida rus jamoatchiligi madaniyati va badiiyatining yuksalishi, adabiyot, rassomchilik va musiqa san’atining gullab yashnagan davrida shakllandi. Dunyoni o‘tkir fojiaviy tuyg‘u bilan his qilish ehtiyojini ertangi hayotga bo‘lgan qattiy ishonch bilan uyg‘un holatda idrok etish Chaykovskiyning muhim sifatlaridan biri edi. P.I.Chaykovskiy insonparvar va taraqqiyparvar ijodkor sifatida kishilarning erkinligi va baxtga intilishini musiqada yorqin ifoda etdi va tarixda muhabbat va tabiat go‘zalligining otashin kuylovchisi sifatida o‘lmas iz qoldirdi. Chaykovskiyning ijodida aks etgan asosiy tamoyillar insonga mehr-muhabbat, rahm-shafqat, bag‘rikenglik va samimiylikdan iborat edi. Jahon musiqa adabiyotida P.I.Chaykovskiy asarlari klassika darajasiga yuksalgan. Operalari ko‘plab dunyo sahnalarida ijro etilmoqda. Har to‘rt yilda bir marotaba Moskvada butun dunyo musiqachilari P.I.Chaykovskiy nomidagi xalqaro tanlovda ishtirok etadilar. P.I.Chaykovskiy hali hayotligidayoq ijodiy merosi jahon san’atining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. Chaykovskiyni taniganlar nafaqat uning ijodiga, balki unga xos bo‘lgan insoniy sifatlarga ham alohida bir mehr bilan munosabatda bo‘lganlar. Fikrimizning isboti sifatida S.V.Raxmaninovning so‘zlarini keltirib o‘tamiz: «Men uchrashishga muyassar bo‘lgan barcha insonlar orasida, Chaykovskiy - eng dilbari edi. U betakror nozik qalb egasi, buyuk insonlar kabi juda kamtar, oddiy va sodda edi». P.I.Chaykovskiy musiqa san’atining deyarli barcha sohalariga ijodiy yangiliklar kiritgan. Simfonizm tamoyillarining ta’siri musiqiy asarlarning g‘oyaviy - obrazli mazmundorligida ham, kompozitorlarning ijodiy uslubida ham, musiqiy dramaturgiyaning va ifoda vositalarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarida ham aks etdi. Chaykovskiy ijodi XX asr madaniyatining, musiqiy teatr, dirijyorlik va ijrochilik mahoratining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. P.I.Chaykovskiy qoldirgan musiqiy meros insoniyat madaniyati tarixida doimiy ahamiyatga ega betakror san’at mo‘jizalari qatoriga kiradi. P.I.Chaykovskiy ijodiy merosining ko‘lami nihoyatda kengdir. Kompozitor rus va G’arbiy Yevropa musiqa madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib olgani holda, rus xalq ijodiga va XIX asr xalq romansi ohanglariga tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz namunalarini yaratadi. P.I.Chaykovskiy lirik opera va rus mumtoz baletining yaratuvchisidir, uning fortepiano va skripka uchun konsertlari jahon kamer-cholg‘u musiqasiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan. Fortepiano uchun yozgan miniatyuralari va lirik romanslari ham o‘zgacha jaranglaydi, o‘ziga xos ohanglar kashf etadi. P.I.Chaykovskiyning musiqasi lirik ko‘rinishga ega. Kengaytirilgan kuy asosiy ifoda vositasi bo‘lib, rus xalq qo‘shiqchiligiga xos bo‘lgan keng kuylash hamda inson nutqining jonli ifodali kuylovchanligi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. P.I.Chaykovskiyning musiqasi yuqori saviyaga egaligi, shu bilan birga oddiyligi va ommabopligi jihatidan farqlanadi. Uning musiqiy asarlariga xos bo‘lgan garmoniya va shakl musiqaning mazmunidan kelib chiqadi. Rangdor badiiy tafsilotlarga boy bo‘lmasa ham, garmoniyaning turli-tumanligi, asarning barcha ifoda vositalari keskinlik va jo‘shqinlikka hamda uning uzluksiz rivojiga bo‘ysundirilgan, asarlarida sekvensiya usullaridan keng foydalanilgan. Faqat baletlarida emas, balki simfoniya, opera, kamer-cholg‘u va vokal musiqasida ham tez-tez raqs ritmlari, ayniqsa vals ritmi yangraydi. Glinka kabi u ham boshqa xalqlar - ukrain, italyan, farang xalqlarining qo‘shiq va raqs kuylarini nozik his qiladi. B.V.Asafev P.I.Chaykovskiyning musiqasini shunday talqin qiladi: «Tinglovchi go‘yo shularni his etadi: musiqa ham unib-o‘sadi, gullaydi, hissiyotlar ham xuddi o‘zining qarama-qarshiligiga murojaat etib yana o‘zining tanish qiyofasini qabul qilganidek boyiydi, unda qayg‘u va shodlik, yorug‘lik va zulmat, sevgi va nafrat o‘zaro qiyoslanadi, asta-sekin rivojlanish jiddiylik bilan bog‘lanadi». Opera kompozitori sifatida Chaykovskiyning ijodiy yo‘li murakkab va mashaqqatli kechdi. U tashqi harakatning maroqli bo‘lishini talab qiladigan, reallikdan uzoq, ideallashtirilgan romantik qahramonlarni emas, balki o‘zining zamondoshlariga yaqin bo‘lgan odamlarni tasvirlaydigan, hayotni boricha qabul qilishga asoslangan realistik lirik operani yaratishga intiladi. U bunday badiiy natijaga faqat beshinchi, ya’ni «Yevgeniy Onegin» operasidagina erishadi.
Chaykovskiy operalaridan farqli o‘laroq, ilk simfonik asarlarida o‘ziga xos bo‘lgan til va uslubni belgilab oladi. Simfonik turkumning yangi talqini, cholg‘uchilikdagi yangi uslub hamda garmonik rejalaridagi qatiylik birinchi simfoniyasidayoq tug‘iladi va shu tariqa u o‘zigagina xos bo‘lgan musiqa uslubini yaratadi. Chaykovskiy ijodining tadqiqotchisi bo‘lgan I.V.Tumanina shunday deb yozadi: «Hayot va mamotning azaliy kurashi mavzusi turli davrlarda yaratilgan bir qator badiiy asarlarda o‘z aksini topgan. Onasidan erta ayrilgan P.I.Chaykovskiy nazarida o‘lim doimo insonlarning hayotini va ular uchun qadrli bo‘lgan narsalarni shafqatsiz yakson qiladigan mashoum taqdir edi. U butun vujudi bilan o‘limdan nafratlanardi. Barcha tirik mavjudot qachondir o‘limga mahkum ekanligi, tabiat qonuniga binoan uning bag‘rida yashayotgan jonzotlarning o‘limi boshqalariga hayot baxsh etishi haqidagi fikrga xotirjam va faylasufona munosabatda bo‘la olmasdi. U hayotni o‘zining butun borlig‘i, butun qalb qo‘ri bilan sevardi, hayot jomini qizg‘anchiqlik bilan sipqoradi. Tiriklik va o‘limning abadiy, murosasiz kurashidan yuzaga kelgan fojia, hayot va mamot mavzusi ijodining ilk davridan boshlab fojiaviy xarakterdagi asarlarida aks etgan».
Bugungi kunda Chaykovskiy ijodiga qiziqish yo'q bo'lib ketmagan, bastakorning ijodiga befarq bo'lmagan odamlar sonining o'sishi, kompozitor orzusini ro'yobga chiqaradi. Chaykovskiy kompozitor sifatida keng toifalar haqida fikr yuritadi, ayniqsa uning simfonik musiqasi bilan bog'liq bo'lib, uning hayoti davomida murojaat qilgan "momaqaldiroq"dan boshlab, 6-simfoniyasi bilan yakunlangan, o'limidan 10 kun oldin ijro etilgan. P.I.Chaykovskiy XIX asrning 70-yillarida ijod bilan astoydil shug‘ullanadi. Bu davr uning uchun juda samarali va sermahsul yillar edi. Qisqa vaqt ichida 3 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun birinchi konsert, violonchel uchun «Rokoko mavzusidagi variatsiyalar», «Sarkarda», «Oprichnik», «Undina», «Temirchi Vakula» nomli 4 ta opera, uchta kvartet, «Oqqush ko‘li» baleti, fortepiano uchun «Yil fasllari» turkumini yaratadi. Musiqiy asarlarining targ‘iboti bilan shug‘ullangan dirijyor va pianinochi N.G.Rubinshteyn, nashriyotchi P.I.Yurgenson, sinfdoshi musiqiy tanqidchi G.A.Larosh doimo kompozitorni qo‘llab turishadi. Bu davrda kompozitorning ijodi zavq-shavq, shodlik va kelajakka bo‘lgan umid bilan to‘la edi. Mashaqqatli mehnat, charchoqlar va nihoyat, 1877-yil oilasining buzilishi Chaykovskiyda asab kasalligini keltirib chiqaradi. Do‘stlari maslahati bilan kompozitor chet elga jo‘nab ketadi. Safarga chiqishida unga do‘stlari, ayniqsa, kompozitor isteododining ashaddiy muxlisi N.F. fon Mekk ulkan moddiy yordam ko‘rsatadi. N.F.fon Mekk bilan bo‘lgan ko‘p yillik yozishmalari o‘ziga xos kundalikdir.
Ijodga berilish Chaykovskiyni tushkun kayfiyatdan xalos qiladi. «Evgeniy Onegin» operasi va to‘rtinchi simfoniyasi kompozitorning o‘sha davrda yaratgan buyuk asarlarlaridandir. Bu asarlardan keyin Chaykovskiy ijodida fojiaviy chizgilar yaqqolroq namoyon bo‘la boshlaydi. Endi uning asarlarida samimiy lirika o‘rnini fojiaviy mohiyat egallay boshlaydi. XIX asrning 70-yillari oxiri, 80-yillari boshlarida Chaykovskiy «Orlean qizi», «Mazepa» operalari, «Moskva» kantatasi, «Uyqudagi go‘zal» baleti, «Torli orkestr uchun serenada», «Italyan kaprichchiosi», «Tantanali 1812 yil uvertyurasi», skripka va orkestr uchun, fortepiano va orkestr uchun konsertlar, «Mashhur ijodkor xotirasiga» triosini yozdi. Simfonik ijodi. Chaykovskiyning simfonik musiqasi hayoti davomida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ostrovskiy dramasiga asoslangan «Momaqaldiroq» uvertyurasi birinchi simfonik asari bo‘lsa, oltinchi simfoniyasi va fortepiano uchun yozilgan uchinchi konserti ijodidagi oxirgi asarlari bo‘lib qoladi. Simfonik janrga mansub turli xil asarlarining orasida kompozitorning oltita simfoniyasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, bular qatoriga «Manfred» simfoniyasi va bir qismli dasturli uvertyura fantaziya hamda poema va fantaziyalari - «Romeo va Juletta», «Fatum», «Bo‘ron», «Francheska da Rimini», «Gamlet», «Sarkarda» nomli asarlari kiradi.
P.I.Chaykovskiy yaratgan to‘rtinchi va beshinchi simfoniyalar uning ijodiy xazinasidan o‘rin olgan mashhur asarlaridan hisoblanadi. Kompozitor falsafiy izlanishlari orasida asosiy masala-inson hayoti va uning mohiyati simfoniya janrida aks etadi. Simfonik janr badiiy g‘oyalarning rivojlanish jarayonini erkin va hech qanday chegarasiz ifoda qilishda katta imkoniyat yaratishiga kompozitorning ishonchi komil edi. Haqiqiy dramaturg sifatida u asosiy ziddiyatlarni yahlit holda, musiqiy obrazlarning to‘qnashuvi va rivojlanishi orqali tasvirlab berishga intilar edi. Musiqada bularning barchasi turli xil musiqiy mavzularning qayta ishlanishida, birbiri bilan taqqoslanishida, hamda ularning o‘zaro harakatda, uzviylikda yoritib berilishida aks etadi.
Mavzular orasidagi kontrastlar kuyda, garmoniyada hamda orkestr tembrlarida ham namoyon bo‘ladi. P.I.Chaykovskiyning ko‘pgina simfonik asarlari dasturiy xususiyatga ega. Asarlari yoki asar qismlarining nomlanishida dastur yaqqol ko‘rinadi. Misol tariqasida «Qish orzu-xayollari» simfoniyasi hamda «Romeo va Juletta» uvertyurasini keltirishimiz mumkin. «Manfred» simfoniyasida bayon qilingan dastur so‘z orqali ifodalangan. Oltinchi fojiaviy simfoniyaning dasturi rasman eolon qilinmagan bo‘lsa ham, ammo ijod jarayonida kompozitor uchun u juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kompozitor bu simfoniyaga «Hayajonli» («Pateticheskaya») degan nom beradi. Ushbu simfoniyada hayot va mamotning azaliy kurashi umumlashma holda berilgan desak xato qilmaymiz. Kompozitorning tabiatan dramatik xarakterga egaligi dasturli asarlari uchun badiiy syujetlarni tanlanishida ham o‘z aksini topadi. Adabiy asarning bosh g‘oyasini, to‘qnashuvini gavdalantirish asosiy masala bo‘lib qoladi. P.I.Chaykovskiy lirik-dramatik, lirikfojiaviy simfonik asarlarning yaratuvchisi sifatida jahon simfonizmi tarixida o‘z nomini qoldirdi. U katta simfonik o‘lchamdagi g‘oyalarni va obrazlarni umumlashtirish kabi Bethovencha tamoyillarni o‘zining cholg‘u asarlarida qayta tikladi. XIX asrda rus musiqasi tarixida simfoniyani, Asafevning so‘zi bilan aytganda, «tovushlarda aks etgan hissiy falsafa» darajasiga ko‘tarish faqat P.I.Chaykovskiyga nasib etdi. Uning simfonizmiga xos bo‘lgan lirik holat, psixologizm, asar obrazlarining janriga ko‘ra ajralib turishi, umumiy dasturga intilish - bularning barchasi simfonik uslubning harakatchan hamda shiddatli tasvirlanadigan vositalari orqali aniq namoyon bo‘ladi. Taneyevga yozgan xatida P.I.Chaykovskiy simfoniyani - «musiqiy shakllar orasida eng lirik» shakl deb atagan, fon Mekkga yozgan xatida esa simfoniyaning ustun tomonlarini ochib berib, unda ijodiy xayol uchun imkoniyatlar kengligini taokidlagan edi. O‘zaro kurash, keskin ixtilof va ziddiyatlarni gavdalantirish P.I.Chaykovskiyning dasturiy hamda nodasturiy cholg‘u musiqalarini o‘zaro yaqinlashtirib turadi. Chaykovskiyning simfonik musiqasining eng muhim belgisi - simfoniya va opera janrlariga xos usullarning bir-biriga o‘tishidir. Simfonik tizimi syujet rivojlanishiga ega bo‘lib, obrazlar ziddiyati unda aniq ifodalanadi. Ayniqsa, dramatik va fojiaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan avj qismida opera dramaturgiyasiga xos usullarning ta’siri yaqqol sezilib turadi. Ayni shu uslub vositasida to‘rtinchi va oltinchi simfoniyalarning birinchi qismlaridagi kulminatsion o‘rinlari, beshinchi simfoniyaning esa sust harakatlanadigan o‘rnida mashoum taqdir mavzusi ifodalangan. Operaning simfoniyaga bo‘lgan ta’siri mavzularning tanlanishida va ularning rivojlanish xususiyatlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu ta’sir keng kuy rivojiga ega bo‘lgan lirik turdagi mavzularda ham, bir vaqtning o‘zida opera so‘zlashuvining nutqiy ifodasiga yaqin bo‘lgan deklamatsiya ohanglarida ham yaqqol aks etadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling