M. S. Tulayev


 Auditorlik faoliyatning milliy standartlarining mohiyati va maqsadlari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
5. Auditorlik faoliyatning milliy standartlarining mohiyati va maqsadlari 
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, professional 
xizmatlar ko‘rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil 
etish tartibini belgilaydi. 
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga 
oshirish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi. 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik 
xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro 
standartlarini qo‘llashi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish 
paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yorlarni belgilash 
auditning maqsadi hisoblanadi. 


51 
Quyidagilar andozaning vazifalaridir: 
1. Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining bayoni; 
2. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash tamoyillarini ta’riflash; 
3. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining 
bayoni. 
Mazkur andozaning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni 
nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari 
uchun majburiy hisoblanadi, ular tavsiya tusida ekanligi ochiq ko‘rsatilgan 
qoidalari bundan mustasno. 
Mazkur andozaning talablari uning natijalari bo‘yicha rasmiy auditorlik 
xulosasi tayyorlashni nazarda tutmaydigan auditni o‘tkazish paytida, shuningdek, 
auditni turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishi paytida tavsiya tusida 
bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish paytida mazkur andozaning majburiy 
talablaridan chetga chiqilgan taqdirda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish 
hujjatlarida va audit va /yoki/ unga turdosh bo‘lgan xizmatlarga buyurtma bergan 
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma hisobotda majburiy tartibda qayd 
etishi shart. 
Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, audit 
o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko‘rsatgan holda 
auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan
shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zvrur 
bo‘lgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini 
belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. 
Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazishning umumiy 
qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o‘tkazishi kerak, 
ya’ni: 
1. Rejalashtirishning kompleksliligi
2. Rejalashtirishning uzluksizligi; 
3. Rejalashtirishning maqbulligi. 


52 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling