M. S. Tulayev
AFMSning amal qilish sohasi
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
6. AFMSning amal qilish sohasi Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutadigan auditni o‘tkazish chogida, (uning ular to‘gridan-to‘gri tavsiyanoma xarakteriga ega ekanligi ko‘rsatilgan qoidalari bundan mustasno), majburiy hisoblanadi. Mazkur standartning talablari uning natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan audit o‘tkazilishi paytida, shuningdek auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishi chogida tavsiyanoma tusida bo‘ladi. Aniq topshiriqning bajarilishi chogida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida va audit va (yoki) unga turdosh xizmatlar uchun buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotida majburiy tartibda keltirib o‘tishi kerak. 7. AFMSlarning maqsadi va ularning ahamiyati Auditorlik tashkiloti (auditor) tomonidan auditning ish hujjatlarini tayyorlashga oid yagona talablarning belgilanishi "Auditni hujjatlashtirish" standartining maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Quyidagilar standartning vazifalari hisoblanadi: 1. Auditni hujjatlashtirishning umumiy tamoyillarini shakllantirish; 2. Audit ish hujjatlari shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablarni keltirish; 3. Ish hujjatlarini tuzish va saqlash tartibini bayon qilish. Ish hujjatlarini to‘gri rasmiylashtirish: 1. Auditning rejalashtirilishi va o‘tkazilishi, audit jarayonida tahlilning amalga oshirilishi chogida yordam beradi; 2. Fikr bildirilishi uchun o‘tkazilgan auditning natijalari to‘grisida guvohlik beradi. 53 Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining mohiyati va maqsadlari nimadan iborat 2. BHMSlarini qabul qilishning zaruriyati, uning xususiyatlari va xalqaro tajriba aytib bering 3. BHMSning umumqabul qilingan prinsiplari haqida tushuncha bering 4. BHMS xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish hamda moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining qiyoslanuvchanligi ta’minlash uchun asos hisoblanishi sababini ayting 2. Auditorlik faoliyatning milliy standartlarining mohiyati va maqsadlari sanab bering 3. AFMSning amal qilish sohasi sanab bering 4. AFMSlarning maqsadi va ularning ahamiyati nimadan iborat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling