M. S. Tulayev
Buxgalteriya hisobi registrlari
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
4. Buxgalteriya hisobi registrlari Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iboratdir. Buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin. Buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang‘ich hisob hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi va to‘planishi kerak. Buxgalteriya hisobi registrining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: registrning nomi; buxgalteriya hisobi subyektining nomi; registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr tuzilgan davr; xo‘jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi; xo‘jalik operatsiyalarining o‘lchov birligi ko‘rsatilgan holda puldagi o‘lchov miqdori; registrni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning lavozimlari, familiyalari hamda ismi va otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar. 60 Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 5. Moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; pul oqimlari haqidagi hisobot; xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling