61
6. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq
boshqa hujjatlar buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlash
Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi.
Buxgalteriya
hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga buxgalteriya hisobi subyekti
rahbarining ruxsatiga ko‘ra yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l
qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga
ruxsat olgan shaxslar
maxfiylikni saqlashi shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Boshlang‘ich
hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari,
moliyaviy
hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda
yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar
mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh
yil buxgalteriya hisobi
subyekti tomonidan saqlanadi.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatining
maqsadini aytib bering
2. Hujjat va hujjatlar aylanmasini tartibga solib turuvchi hujjatlarni sanab
bering
3. Mol-mulkni ro‘yxatga olishni tashkil etish usullarini
sanab bering
4. Buxgalteriya hisobi registrlarining mohiyatini aytib bering
5. Moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlarni
tuzish hamda taqdim qilish
muddatlarini sanab bering
6. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq
boshqa
hujjatlar buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlash tartibina aytib bering