M. S. Tulayev


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
 


57 
2. Hujjat va hujjatlar aylanmasi 
Nizomning amal qilishi O’zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, 
tashkilot va muassasalarga tatbiq qilinadi.
Korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xo‘jalik operatsiyalari 
ularni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar ular 
asosida buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob hujjatlari bo‘lib xizmat 
qiladi.
Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda, birlamchi hujjatlar va registrlarni 
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda tuzishga yo‘l 
qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning 
talablariga rioya qilinishi lozim.
Texnik vositalar hamda axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini 
qo‘llagan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida 
tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron 
hujjatlarni saqlashda ularni olish va qog‘oz shaklidagi nusxalarini taqdim etish 
imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi shart.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitlarida birlamchi hujjatlar 
rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda 
tuzilgan birlamchi hujjat va registr hujjatning elektron raqamli imzo haqidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar shaxsning elektron 
raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. 
 
3. Mol-mulkni ro‘yxatga olishni tashkil etish usullari 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt, shu jumladan, asosiy faoliyati budjet mablag‘lari 
hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy 
majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish 
tartibini belgilaydi. 
Inventarizatsiya qilishning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda 
mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi 


58 
ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini 
tekshirish. 
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, 
xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga 
qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli 
saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi 
mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk 
inventarlanishi kerak. 
Mol-mulkni inventarizatsiya qilish uning joylashgan yeri va moddiy javobgar 
shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Quyidagi hollarda inventarizatsiya qilish o‘tkazilishi shart: 
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat 
korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda 
nazarda tutilgan hollarda; 
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya qilish hisobot 
yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari, tovar-
moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi, asosiy vositalar ikki 
yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi. 
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir 
marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda
qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi. 
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish 
zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi: 
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; 
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish 
kunida); 
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari 
aniqlanganda; 


59 
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga 
keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish 
(ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda. 
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya qilish 
jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib 
ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan 
o‘tkaziladi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling