M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Haqida namunaviy N i z o m
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namunali xona.
Haqida namunaviy N i z o m
I. Musobaqaning maqsadi – Talabalar turar joyilarda siyosiy-tarbiyaviy, madaniy – ommaviy, ma’naviy – ma’rifiy va sport ishlarini faollashtirish, yotoqxonalarda o‘tkaziladigan Hamma foydali tadbirlarda faol qatnashchilariga erishishdir. Ishni shunday tashkil qilish kerakki, Har bir o‘quvchining talabalar turar joyidagi Hayoti va mashg‘ulotlarga tayyorlanishi, do‘stona o‘zaro yordam vaziyatida o‘tsin, mehnat qilishini, o‘z ustida ishlashni va bunda kuch-g‘ayratini to‘la safarbar qilishini o‘rgansin. II. Qavatlar o‘rtasidagi musobaqaga rahbarlik qilish o‘quvchilar kengashi qoshidagi musobaqani yo‘naltiradigan va uyushtiradigan yoshlar faollar Hay’atiga yuklanadi: qavatlarda esa rahbarlik o‘quvchilar kengashi tarkibida ishlaydigan qavatlar yoshlar nazorati Hayati va faollariga yuklanadi. III. Musobaqani yoritish yo‘llari – musobaqaning o‘tkazilgan Hamma turlari yotoqxona va xajviy gazetalarda, jangovor va yoshlar varaqalarida yoritiladi. IV. Musobaqa ko‘rsatgichlari : Siyosiy – tarbiyaviy ishlar. Sport- ommaviy va xarbiy – vatanparvarlik ishlari. Madaniy – ommaviy ishlar. Qavatlar, xonalar va umumiy foydalanish joylarining tozalik Holati. Ma’naviy – ma’rifiy ishlar. 6. Shanbaliklar, yakshanbalaiklarda qatnashishi. V. Musobaqa natijalari quydagilarni inobatga olib chiqariladi. 1. Siyosiy – tarbiyaviy va madaniy – ommaviy ishlar. Maruzalar, kechalar, munozaralar va boshqa tadbirlarini o‘tkazishda qatnashganligi Hisobga olinadi. 2. Sport ishlari. Ayrim o‘quvchilarning majburiy turlarida (shaxmat-shashka) va sportning boshqa turlari bo‘yicha komandalar o‘rtasida musobaqalarda qatnashganligi Hisobga olinadi. 3 Qavatlarning tozalik Holati. Yashash xonalarining Holati. Mebellarning butligi, xonalarning did bilan bezatilganligi, oshxonalar va yo‘laklarning tozaligi Hisobga olinadi. Xonalar, qavatlarga biriktirilgan joylarning tozaligini quydagicha baholash tavsiya etiladi: A’lo – 5 ball. Yaxshi – 4 ball. +oniqarli – 3 ball. +oniqarsiz 2 ball. VI. Musobaqa qatnashchilarini rag‘botlantirish. Talabalar turar joyining eng yaxshi xonasiga ko‘chma bayroq va pul mukofati beriladi. 2 – o‘rinni egallagan xonaga bayroq va kasaba uyushmasi qo‘mitasining yorlig‘ini beriladi. Musobaqa o‘tkazishda qatnashgan o‘quvchilar alohida taqdirlanadi. Mukofatlar va bayroqlar g‘oliblariga Har oyda beriladi. Mukofatlarni jamoasining umumiy yig‘ilishida topshirish maqsadga muvofiqdir. Namunali xona. O‘quvchilar yotoqxonaga birinchi marotaba ko‘chib kirilganlarida ular oldida o‘zlariga ajratilgan xonani ortiqcha Harajatsiz chiroyli va shinam qilib bezash muammosi turadi. O‘quvchilar yotoqxonasida bo‘lgan kishilar xonalarini Har xil bezatilganligiga ahamiyat berganlar: ba’zi xonalar yaxshi, boshqalari didsiz, ayrimlari esa umuman betartib jihozlangan. O‘quvchilarga yordam berish maqsadida « Xonani bezashning namunasi» mavzusida fotomantaj qilinishi mumkin. Bu ishdan maqsad yotoqxonaga ko‘chib kiradigan o‘quvchilar ayniqsa birinchi bosqich o‘quvchilari uni ko‘rsinlar va o‘z xonalarini shu taxlitda bezatishga Harakat qilsinlar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling