M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet64/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Rag‘batlantirish metodi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalq pedagogikasida eng ko‘p qo‘llaniladigan metoddir. Bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlikni tarbiyalashda rag‘batlantirish metodi alohida o‘rin egallaydi. Folklor materiallarining ko‘rsatishicha, xalq pedagogikasida rag‘batlantirish metodining rahmat aytish, duo qilish, alqash shakllari ko‘p uchraydi. 22
Shuni aytish kerakki, guruh rahbarining “rahmat”, “borakallo”, “umring uzun bo‘lsin”, “oyoq-qo‘ling dard ko‘rmasin” kabi taqdirlash hamda alqashlari o‘z mehnatini boshqalarga manzur qilgan insonlarga nisbatan ishlatilishi barchamizga ma’lum. Xalq pedagogikasida rag‘batlantirish bilan bir shaklga ega bo‘lgan jazo (tanbex berish, uyaltirish, majbur qilish kabi) metodi ham qo‘llaniladi. Bunga “Zumrad va Qimmat” ertagida Zumradning mehnatsevarligi sababli rag‘batlantirilishi, Qimmatning esa dangasaligi uchun jazolanishi misol bo‘lishi mumkin.
Biz Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida mehnatsevarlikni tarbiyalashga oid bo‘lgan maqollar va rivoyatlar to‘pladik, dostonlardan parchalar tanladik. To‘plangan materiallarni mavzularga ajratdik, ya’ni:

  • mehnat mehnatsevar insonlarni ulug‘ qilishi to‘g‘risida;

  • mehnatni jamiyat taraqqiyotidagi tutgan o‘rni xaqida;

  • mehnatni insonni hayotiy bilimlarini oshirishdagi ahamiyati to‘g‘risida;

  • mehnatning inson irodasini kuchaytirishdagi roli to‘g‘risida;.

  • mehnat insonni baquvvat qilishi to‘g‘risida.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga tayyorlanish jarayonida biz xalq pedagogikasi janrlaridan tarbiyaviy maqsadlarini hisobga olgan xolda foydalanib bordik.
Maqol. Tarbiya jarayonida mehnatsevarlikni tarbiyalashga qaratilgan maqollardan foydalanishda, vaqtni tejash zarur bo‘lganda, maqollarni reproduksiya qilish bilan chegaralandik. Vaqt yetarli bo‘lgan xollarda tarbiya jarayonida keltirilgan maqollarning mazmunini qay darajada bolalar tomonidan tushunilgani, maqolning asosiy mazmuni nimadan iboratligi va bunda qanday fikr ilgari surilayotganini bolalar bilan birgalikda tahlil qilish yo‘li bilan aniqlash ularning oiladagi tarbiyaviy ta’sir etishning afzalliklarini aniqlandi.
Ertak. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tarbiyalash jarayonida xalq og‘zaki ijodidagi mehnatsevarlikka oid bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lgan ertak bolalarning yoshlariga unchalik to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan edilar. Ammo biz bu masalani taxlil qilib, bolalar ertak deganda faqatgina kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan afsonaviy xikoyalarni tushunishlarini aniqladik. O‘z vaqtida shuni ham ta’kiblash joizki, xalq pedagogikasida kattalar uchun ham ertaklar mavjud bo‘lib, bularning eng ko‘p tarqalganlaridan biri arablarning dunyoga mashhur bo‘lgan “Ming bir kecha” to‘plamidir. Oilada bolalar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari ularning ertaklarga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishlariga olib keldi.
Rivoyat. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodining bu janri tarbiya jarayonida keng foydalanilishi mumkinligi bilan boshqa janrlardan farq qilishi ma’lum bo‘ldi. Rivoyatlardan oilada bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda foydalanish katta samara berishi mumkin, deb hisoblaymiz. Ushbu janr beriladigan ma’lumotning chuqurligi va keng qamrovligi bilan, mazmuni jihatidan hayotga yaqinligi bilan xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlaridan farq qiladi. Dars jarayonida rivoyat personajlarining hatti-harakatlarini birgalikda tahlil qilish esa uning tarbiyaviy ahamiyatini keskin oshirishi mumkin.
Doston. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash jarayonida xalq og‘zaki ijodining mehnatsevarlikka oid bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lgan dostonlar beriladigan ma’lumot xajmining kattaliga sababli juda ko‘p vaqt olib qo‘yishini bildirga edilar. Xalq og‘zaki ijodi janrlari ichida dostonlardan bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash alohida ahamiyatga ega, shu borada quyidagi xulosalarga keldik.

  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash jarayonida dostonlardan foydalanish mehnatkashlik sifatini shakllantirishga xizmat qiladi;

  • dostonlarning aksariyat qismining mazmuni mehnat orqali inson kamolotga erishishi haqida hayotiy misollar bilan tanishib chiqadilar.

Ushbu xulosalardan kelib chiqqan xolda qayd qilish mumkinki, tarbiya jarayonida xalq og‘zaki ijodining mehnatsevarlikka oid bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lgan dostonlarning parchalaridan foydalanish, hamda doston personajlarining faoliyatini tarbiya jarayoni maqsadidan kelib chiqqan xolda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tarbiyalash jarayonida xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida berilayotgan ma’lumotlarning mazmunini o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi, ularning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ilgari surilayotgan fikrning, unda ishtirok etayotgan personajlarining hatti-harakatlari o‘quvchilar bilan birgalikda hamda o‘quvchilar o‘rtasida tahlil qilinishi, ma’lumot juda katta bo‘lgan hollarda esa uning parchalaridan foydalanilishi kollej o‘quvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda yaxshi samara beradi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling