M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yo‘llari


Download 0.96 Mb.
bet65/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yo‘llari
Hozirgi zamonaviy sharoitlarda milliy an’analar rivojlanadi, takomillashadi va boyib boradi. Ana shularning o‘zi xalq pedagogikasining amaldaligi, hayotiyligi ko‘rinishidir.
Xalq har doim yosh avlodga vatanga muhabbatni, halollik, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, kamtarlikni singdirishga intiladi. O‘zbek oilasining ma’naviy an’analarini o‘rganib, xalq pedagogikasi tadqiqotchilari Minavarov A, Musurmonova O. o‘zbeklarning tarbiya xalq kodeksi birinchi o‘ringa xalqqa, o‘z davlatiga xizmat qilishni qo‘yadi degan xulosaga keladilar. O‘zbeklar bolada halollik, adolatlilik xissini tarbiyalashga juda katta ahamiyat beradilar. Adolatlilik o‘zbeklar tomonidan yuksak ma’naviy sifat kabi baholanadi.
Fuqarolik xissi, jonajon vatanga ixtiyoriy xizmat qilishga intilishi o‘zbek xalq pedagogikasida yaqqol ifodasini topgan. xalq tarbiyachilari ijtimoiy tarbiyaning o‘ziga xos shaklini topdilar va o‘rnatadilar. O‘zbekistonda jamoatchilik tarbiyachisi vazifasini mahalla bajaradi, ularning aholisi an’anaviy ravishda jamoatchilik turmushi va jamoatchilik o‘zaro yordam qoidalari bilan bog‘langan. Mahalla o‘zining jamoatchilik markaziga ega, unda choyxona, ustaxonalar, machit, kichik bozorchasi bor. Mahalla jamoatchiligi turar joylarni tartibga keltiradi, hasharlar tashkil etadilar, t¢ylarni tashkil etadilar, o‘smirlarni tarbiyasiga katta e’tibor berib borib jamoatchilik tartibini kuzatib boradilar.
Ma’lumki, jamiyat yashab qolishi va rivojlanishi uchun moddiy ma’naviy boyliklarni uzluksiz yarata borishi zarur. Buning uchun tarbiya kerak. Tarbiya orqali o‘tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga avlodning vorisligi ta’minlanadi: o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘tmish tajribalarini o‘zlashtirib,uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning axloqiy, aqliy, jismoniy kamolotida muhim o‘rin tutadi.
I.A. Karimovning 1992 yilda e’lon qilingan va dasturiy ahamiyat kasb etgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobidayoq “Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlangan alohida bobida ko‘rsatilgan to‘rt asosiy negiz buning asosiy mazmunini ochib bergan:
– umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
– xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
– insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
– vatanparvarlik.
Bu tushunchalar bir-biridan ajralmas va bir-birini taqozo etgan holda, O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini qurishda mustahkam asos vazifasini o‘taydi.
Zero, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, o‘z taqdirining butun jamiyat va hatto butun insoniyat taqdiriga daxldorligini chuqur his etgan, asrlar sinovidan o‘tib, insonlik mohiyatini o‘zida mujassam etgan ma’naviy qadriyatlar ongu qalbiga singgan, o‘z fikri va salohiyatini erkin va faol namoyon eta oladigan, yuksak axloq-odobli, ma’rifatli shaxslarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga asoslangan ko‘nikma va malakalar quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • mehnat tarbiyasiga oid ommaviy kechalardan keng foydalanish, suhbatlar, turli kasb – hunar vakillari ishtirokida ilmiy - amaliy konferensiyalar tashkil etish;

  • milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi insonlarning ish jarayonida ishtirokini tashkil etish;

- turli uchrashuvlar, anjumanlar, “Milliy ananalarimizdan hasharning bolalar tarbiyasidagi o‘rni ”, “Mehnat mehnatning tagi rohat ”, “Qunt bilan o‘rgan hunar – hunardan risqing unar ”, “Mehnatsiz topilgan oshdan, mehnat topilgan tosh yaxshi”, “Oltin o‘tda bilinar – odam mehnatda ”kabi mavzularda tadbirlar uyushtirish;

  • tarbiyalanuvchilarga mehnatsevarlik hissini shakllantirishda differensial munosabatga asoslangan holda ularni boshqa turli tarbiyaviy shakl va usullar bilan birligini tashkil etish.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling