M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Mehnatsevarlik hissini shakllantirish shakllari
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-MAVZU: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining o‘rni. Mavzu rejasi
- Tayanch tushunchalar
Mehnatsevarlik hissini shakllantirish shakllari
An’anaviy shakl Innovatsion shakllar Viktorina Mustaqil faoliyat Kechalar Badiiy-adabiy kechalar Tadbirlar Mehnat tarbiyasiga oid teatrlar Davra suhbatlari Ko‘rik tanlovlar Uchrashuvlar hunarmandchilik namunalari Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda quyidagi ijtimoiy pedagogik vositalar, usullar va shakllarning majmuasidan foydalanish maqsadga muvofiq: tushuntirish, targ‘ibot, bahs munozara, tahlil, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; pand-nasihat, maslahat, o‘gitlar, maqollar, turli hunarlarga oid bitiklar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, mraosimlar bayramlar. mashqlar, topshiriqlar va rag‘batlantirish usullaridan foydalanish; uchrashuvlar, davra suhbatlar o‘tkazish, tadbir va kechalar tashkil etish; kinoteatr, badiiy kitoblar, muzeylar, sayyohatlar va boshqalar. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda yuqoridagi usul va, vosita, shakllardan foydalanilsa samarali natijalarga erishish mumkin. Nazorat uchun savollar 1.Mehribonlik uylarida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy ishlar mazmuni. 2.Mehribonlik uylarida tarbiyachilarning faoliyatini tashkil etish. Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati 14-MAVZU: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining o‘rni. Mavzu rejasi: 1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati. 2.Guruh rahbarining faoliyatini ota-onalar bilan ishlash metodlari. Tayanch tushunchalar: “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasi, guruh rahbarining faoliyati, ota-onalar, metodlar. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maksadida 1993 yilda ishlab chikilgan "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal buldi. Zero, ta’lim-tarbiyani tako millashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya — milliy mafkuraga sadoqat ru hida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon xamjamiyatida, xalqaro maydonda O‘zbekistonga munosib hurmat tug‘dirish uchun intilish ru hida tarbiyalash; to‘rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadokat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda talaba-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling