Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati.
Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati xalq pedagogikasi materiallari vositasida o‘quvchilarda mehnatga muxabbat tarbiyalashda foydalaniladigan metodlar xilma-xil va juda ko‘p. Biroq bu metodlarni hammasini qamrab olishi mumkin bo‘lgan folklor materiallar uchramaydi.
Xalq pedagogikasida o‘quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodlar sirasiga ishontirish, o‘git-nasixat, ibrat ko‘rsatish hamda rag‘batlantirish va qoralash kiradi. 18
Ishontirish metodi. Bu metod kollej o‘quvchilarini mehnatsevar qilib tarbiyalashda eng ko‘p qo‘llaniladi. Uni tadbiq qilishda turli vosita va shakllardan foydalanish mumkin. Ayniqsa guruh rahbari tomonidan mehnat, mehnat ahlini ardoqlaydigan hamda ishyoqmas dangasalarni qoralaydigan maqol, matal va dostonlarni aytib berish ishontirish metod-vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Guruh rahbarining o‘quvchilar tomonidan mehatga unga muxabbat tuyg‘usini tarbiyalashga, unga e’tiqod qo‘yishga qaratilgan kichik va katta xajmdagi ertaklari ko‘p bo‘lgan, albatta. Ammo ishontirish metodining xayotda qo‘llaniladigan barcha shakllarini qamrab oladigan ertakla nisbatan kam uchraydi. Shunga qaramay, guruh rahbari va ta’lim muassasasida ishontirish metodining bir shakli sifatida mehnatni ardoqlaydigan aytib berish usulidan keng foydalanganlar. Bunga misol tariqasida “Zumrad va Qimmat” yoki “Kichik uyning kelini” dostonini olishimiz mumkin. Shunga o‘xshash keksalarning mehnat va mehnat axlini ardoqlaydigan ertaklari ko‘p bo‘lib, unda xalol mehnat yordamida insonlarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari, baxt-saodat li bo‘lishlari turli shakllarda talqin qilinadi. Bunga misol tariqasida “Sirli tush”19 ertagini olishimiz mumkin.
Tarbiyachining yuqoridagi kabi dostonlarida mehnat va mehnat ahli ulug‘lanadi, shu orqali bolalarni ishonchga va mehnatga e’tiqod qo‘yishlariga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |