M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish


Download 0.96 Mb.
bet58/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish
Inson omili hamma vaqt ham har joyda xal qiluvchi o‘rin egallaydi.
Insonparvarlik – o‘quv maskanining butun faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchiga qaratish, uning mohiyatini hurmat qilish, qadrlash, ishonch bildirish, shakllanish jarayonida ularning talab va extiyojlarini, shaxsiy manfaatlarini to‘g‘ri tushunishdan iboratdir. Bu uning butun qobiliyatini ruyobga chiqarishda, o‘z- o‘zini anglab yetishda eng yaxshi imkoniyat yaratib berish, o‘quvchining bilim maskani hayotini t o‘liq qamrab olishdir. Tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yangicha pedagogik fikrlashning kalitidir. Uning sifati, me’yori va samaradorligi o‘qituvchi, bilim maskani va butun xalq ta’limining ish faoliyatiga bogliq. Tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish faqatgina o‘quvchi uchun munosabatning mohiyati va tavsifini o‘zgartirishdangina iborat b o‘lmay, balki uni shaxsiy insoniylikka insoniy qadr-qimmat, ahloqiylik, mehr shafqatlilik, rahimdillik tarbiyasiga y o‘llash demakdir. Takomillashtirish asosan dars, tarbiyaviy soatlar, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni o‘z ichiga olgan pedagogik jarayon hamda uning mohiyati, mazmuni, shakl va uslublari yuqori sifat ko‘rsatgichi bilan takomillashtirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning qiziqishlarini shakllantirishga, shaxsiy yo‘nalish bo‘yicha qo‘lga kiritiladigan tajriba yutuqlariga qarab belgilanadi va amalga oshiriladi. Biroq, o‘qituvchining shaxsiy sifati, uning ijodkorligiga madaniyatlilik darajasiga, hamda kasbiy mahoratini ro‘yobga chiqarish, unga yaratib berilgan ijodiyot va imkoniyatlarga bog‘liqdir.

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
(AMIR TEMUR)
Tarbiyaviy ishlarni takomillashti-
rish o‘quvchilarning inson va jamiyat
haqida mavjud tassavurlarini ken-
gaytirishdan iborat.


Bilim maskani va milliy urf-odatlar.
Bilim maskani milliy madaniyat, milliy til, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizning asoslarini o‘rgatadigan asosiy maskandir. Davr taqozosi bilan biz , sal b o‘lmasa, o‘z milliy tilimiz, urf-odatlarimiz, madaniyatimiz va tariximizni, q o‘yingchi, ma’naviy merosimizni hamda qadriyatlarimizni unitayozgan edik. Endilikda ulug‘ xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy merosi, urf-odatlarini, ular umumbashariy madaniyat yutuqlarining ajralmas bir qismi ekanligini o‘rgatish bilim maskanlarida olib boriladigan butun ta’lim va tarbiya ishining mazmunini, uning butun faoliyatini tashkil etmog‘i lozim. Shular asosida bashariyat mulkiga aylangan durdona asarlar, hikmatlar, xadislar va boshqalar insonni o‘z- o‘zini anglab olishida, bilim va tarbiya sarchashmalarini qunt va sabot bilan egallashida, hozirgi zamonning haqiqiy kishisi b o‘lib yetishishi bahoyat katta o‘rin tutadi.
Shuni aytish kerakki, o‘zligini, o‘z ajdodlarini, o‘z tili, o‘z milliy madaniyati va tarixini, qadriyatlarini, urf-odatlarini va an’analarini, tarixiy-ma’naviy marosimi bilmay turib xaqiqiy baynalminalchi ham b o‘lish mumkin emas. Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida milliy madaniyatimiz durdonalari, urf odatlarimiz, yurish-turishlarimiz, rasm-rusmlarimiz, eng yaxshi an’- analarimiz haqida ham tushuncha berib borish, o‘rgatishga tegishli k o‘nikma va malaka hosil qilishga, na’muna olishga o‘rgatib borish kerak. Ayniqsa ular bilan yuqoridagi milliy madaniyatimizga oid munozaralar « O‘zbek xalq urf-odatlari va an’analari», « Amur Temir ajdodlarimiz»,» «Adab durdonalari», «Navr o‘z bayrami» mavzularda olib borilsa, bu o‘quvchilarda qadriyatlarimizga nisbatan mehr – muhabbatini orttiradi. Oldimizda o‘qituvchi o‘quvchi orasida muomala madaniyati, ilm va hunar o‘rganishga intilishni tarbiyalashni kechiktirib bo‘lmas vazifa turibdi. Har bir o‘quvchi uchun yagona hisoblangan talabni z o‘r berib tashviqot qilishga va uni haqiqiy hayotda, turmushda qo‘llanishga erishish uchun bor kuch, g‘ayratimizni ayamasligimiz lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling