M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining o‘rni va ahamiyati
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Oila — jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir.
2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining o‘rni va ahamiyati.
Milliy tarbiya yo‘nalishi orqali yoshlarda o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy Fypyp, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo‘nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya yo‘nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. Konsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytiradi. qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi siesiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 130-sonli qarori misol bo‘la oladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o‘quv muassasasigacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo‘yilgan. 3.Oila — jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. O‘zbekistonda ruy berayotgan uzgarishlar "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" yo‘nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o‘quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Guruh rahbari bilan oila o‘rtasidagi bu xildagi o‘zaro xabarlashuvlar talabani to‘la o‘rganishga, ta’lim va tarbiyada shu talaba uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Guruh rahbari o‘z ko‘zatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to‘plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o‘rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo‘llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo‘yib bo‘lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, guruh-guruhli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo‘nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni o‘quv yurti talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan ko‘zatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo‘llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, guruh hayotidagi o‘zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar majlislari o‘tkazish ommaviy ishning turlaridir Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling