3. Baholash tizimi
Har bir chiqish. 5 ballik tizimda baholanadi, Har bir chiqish bahosi tomoshabinlarga Hay’at a’zolari tomonidan ko‘rsatiladi, Hay’at a’zolari qo‘ygan ballar qo‘shilib, chiqqan natija 5 ga bo‘linib o‘rtacha baho e’lon qilinadi. Ko‘rik janrlari bo‘yicha olingan o‘rtacha ballar yakunlanib umumiy ball e’lon qilinadi. Festival lauriyatlar yakunlovchi konsertda e’lon qilinadi. Maskur fakultet xodimi yoki talabasi Hisoblanmagan ishtirokchining konkurs dasturidan chiqishi baholanmaydi.
Ommaviy raqs chiqishda bir raqqosa yoki bir qo‘shimcha ijrochi chetdan qo‘shilishiga ruhsat beriladi. Ssenariy va festival ishtirokchilarining ro‘yhati Hamda ularning vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumot festival boshlanishidan 2 kun avval tashkiliy qo‘mitaga tavsiya etiladi, aks Holda fakultet ko‘rik tanlovga qo‘yilmaydi. Festival o‘tadigan joyni, fakultetlar o‘quv binolaridagi va talabalar uylaridagi «Ma’naviyat va ma’rifat xonalari», foyelari, festival ruhida badiiy bezash bir chiqish bahosi kabi baholanadi, umumiy bahoga qo‘shiladi. Ko‘rik davrida tartib buzilganligi va ssenariydan chetga chiqqanligi uchun umumiy balldan olib tashlanadi.
Agar fakultet dasturining ijrosi belgilangan tartibda 60% dan kam bo‘lsa, fakultet umumiy ballidan - 2 ball olib tashlanadi.
Chiqishning boshlanishiga kechikib kelish - 2 ball.
Ssenariydan chetga chiqish - 2 ball.
Tomosha zalida tartib buzilganligi uchun - 2 ball.
Texnik xavsizlik talablarini buzilganligi uchun- 2 ball.
Alohida yutuqlarga erishgan ijrochilar yoki ayrim chiqishlar Respublikada Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan institut tadbirlariga tavsiya qilinadi.
Festival kechalarini tayyorlash va o‘tkazish vaqti, joyi.
Festival kechalari kur’a tashlash natijalariga asosan, soat 15. 00 dan 17.00 gacha institut madaniyat saroyida o‘tkaziladi. Festival yakuniy kechasi 20 mart kuni o‘tkaziladi. Festival masalasi bo‘yicha madaniyat saroyi xodimlari 22-yanvardan boshlab Har kuni soat 11.00 dan 16.00 gacha maslahatlar va amaliy yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |