Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

 
5. Dinlarni tasniflash. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo’lib, 
dinlarni o’zlari xos bo’lgan ilm yo’nalishi nuqtai nazaridan o’rganib, turlicha 
yondashganlar. Shuning uchun ular o’rtasida ba’zi ixtiloflar bo’lishi tabiiydir. 
Masalan, din tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish 
tarixiga ko’ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh 
olimlar dinlarni paydo bo’lgan va tarqalgan mintaqalariga ko’ra tadqiq 
etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni 
o’rganganlar. 


DINSHU
NOSLIK 
DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204
12 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», 
«an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon 
dinlari» ko’rinishida ikkiga bo’ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-qabilaviy
milliy, jahon dinlari, deb uchga bo’ladi. Shu bilan birga ba’zi tadqiqotchilar quyidagi 
tasnifni keltiradilar:
1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din, 
2. Profetik (Payg’ambarlarga tayanuvchi) din, 
3. Mistik (ruhiy olamga yo’naltirilgan) din. 
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy 
dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo’lishgan. Ibn Hazm (vaf. 
456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq dinlar 
uchun «milal», botil dinlar uchun esa «nihal» so’zlarini ishlatishni ma’qul deb 
topishgan.
Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvdan ham keng foydalanilib, 
uning o’ziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinni ikkinchi dinga 
ta’siri va o’zaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarini o’zaro o’xshash 
jihatlari yoki farqli tomonlarini o’rganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar 
asosida tasnifga bo’lish mumkin: 
1. Qit’alarda tarqalishiga ko’ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va 
Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. 
Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. 
Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. Shuningdek, 
ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bo’lishi 
bilan birga deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada 
asosan xristianlik ko’p tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada 
ko’proq tarqalgan. Osiyo qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, 
konfusiylik, sintoiylik dinlari aralash tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo 
bo’lgan din boshqa qit’ada keng yoyilgan. Masalan, xristianlik Falastinda 
vujudga kelgan bo’lsa-da, asosan Osiyo qit’asidan tashqarida tarqaldi.
2. Jo’g’rofiy mintaqasiga ko’ra Sharq dinlari va G’arb dinlari tarzida 
tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo’linishiga monand siyosiy va madaniy 
tafovutni aks ettiruvchi keng jo’g’rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga hinduiylik, 
buddaviylik, konfusiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari 
kiritiladi.
G’arb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida 
islom dinini G’arb yoki Sharq dini deb bo’lmaydi. U jo’g’rofiy jihatdan 
Sharqda yuzaga kelib, G’arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik 
va xristianlik xam aslida Sharq dinlari bo’lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan 
va G’arb mamlakatlarida keng yoyilgan. 


DINSHU
NOSLIK 

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling