Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati
DINB204 DINSHUNOSLIK DINB204
Download 441.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU ma\'ruza
DINB204
DINSHUNOSLIK DINB204 11 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag’batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o’limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega. Integrasion-dezintegrasion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integrasiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegrasiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integrasion funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo’lmagan g’oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo’lsa, dinning funksiyasi dezintegrasion bo’ladi. Madaniyatni targ’ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo’lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag’batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko’paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba’zi ko’rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo’lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko’malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo’l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Download 441.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling