Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


DINB204 DINSHUNOSLIK  DINB204


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204
10 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini 
farqlash lozim, ular bir biri bilan bog’liq, lekin o’xshash emas. Funksiya - bu dinning 
jamiyatdagi harakat usuli bo’lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami 
yig’indisidir. Dinning bir nechta funksiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, 
kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni 
targ’ib qilish (kulturotransliruyuщaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib 
tashlash. 
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga 
nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din 
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to’la va undagi 
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va 
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad 
etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o’z ichiga oladi. Diniy 
dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg’u va mezonlarni belgilaydi. Bunda 
mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar 
doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun 
umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg’izlik, tushkunlikdan ozod bo’lishni qo’llab-
quvvatlaydi. 
Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham 
turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o’zgartirishdagi cheklanish, qaram bo’lish 
va ojizlikni to’ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy 
guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo’ladi; diniy 
tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni 
qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman 
olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma’naviy ozuqa 
olish kabi kompensasiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir. 
Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy 
bo’lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o’zaro 
ta’sir ko’rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o’z ichiga oladi. 
Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o’zaro bir-birlari bilan 
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditasiya, maxfiy qarashlar paytidagi 
mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, 
o’lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 
Regulyativ funksiya ma’lum bir g’oyalar, qadriyatlar, yo’l-yo’riqlar, stereotip 
qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning 
faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me’yorlar 
tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko’psonli misollar), 


DINSHU
NOSLIK 

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling