Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati
DINB204 DINSHUNOSLIK DINB204
Download 441.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU ma\'ruza
DINB204
DINSHUNOSLIK DINB204 13 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko’ra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado’li dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi. 4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko’ra Falastin dinlari, Arabiston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi. Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko’ra aniq belgilash imkoni bo’lmagan ko’p hollarda jo’g’rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida umumlashtirib bo’lmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida jo’g’rofiy tasnifga murojat qilish mumkin. Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo’lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo’lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo’lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud: − tarixiy-geografik jihatga ko’ra; − etnik jihatga ko’ra; − e’tiqod qiluvchilarining soniga ko’ra; − hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k. Bugungi kunda, dinshunoslikka bag’ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi tasnif keltiriladi: 1) primitiv diniy tasavvurlar (urug’-qabila dinlari) - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan; 2) millat dinlari - ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), konfusiychilik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) kiradi; 3) jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Ular safiga odatda buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. 1. Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik - yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik - ko’pxudolik (hinduiylik, konfusiychilik) dinlari va h.k.ga bo’linadi. Download 441.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling