Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


DINB204 DINSHUNOSLIK  DINB204


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
Taniqli tarixchi, dinshunos Shahristoniy quyidagicha yozadi: «Bilginki, 
johiliyat davrida arablarda uch turdagi ilm sohasi mavjud edi:
1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi; 
2. Tush ta’birlari ilmi; 
3. O’lkashunoslik ilmi».
Shuningdek, «Ixvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruhga 
bo’linadi: 1. Inson a’zolari haqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.
Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida 
shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to’g’ri kelib, aynan shu davrda 
Beruniy o’zining «Hindiston» asarini yozgan.
G’arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko’pincha nemis tilidagi 
«RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» 
kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari, Beruniy va 
Shahristoniy asarlarida qo’llanilgan «نايدلاا ملع» (Dinlar ilmi) yoki « نايدلاا خيرات» 
(Dinlar tarixi) atamalarining harfiy tarjimasidir. 
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. 
G’arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) 
tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda 
nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli 
asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo’l ochgan va kattagina e’tibor 
qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar 
o’qigan. O’zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora 
«religious studies» (dinshunoslik) so’zini qo’llagan. Myuller va uning zamondoshlari 
dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl 
mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan 
fikrni olg’a surgan. 
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu 
borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar o’tishi bilan Parij
Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy 
olgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan 
izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha 
mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, 
G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik 
F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Biyenchi, V.Kantvell Smit, 
Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.



DINSHU
NOSLIK 

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling