Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


bosqichlarda tutgan mavqyei haqida tushuncha berish


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

bosqichlarda tutgan mavqyei haqida tushuncha berish; 
jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning 
ahamiyatini yoritish; 
dunyoviy davlat va dinning o’zaro munosabatlarini yoritib berish; 
diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini 
yoritish va ularga qarshi g’oyaviy immunitetni shakllantirish; 
O’zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan 
o’zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo’lida qilinayotgan 
ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish. 
«Dinshunoslik» fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko’rinadiki, u 
talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash 
madaniyatini tarbiyalaydi. 
2. Dinshunoslik tarix, falsafa, psixologiya, sosiologiya, arxeologiya va boshqa 
ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog’liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitishga 
xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, dinshunoslik fanining Dinshunoslik 
fanining yuzaga kelishi kabi sohalari mavjud. 
Din fenomenologiyasi. Fenomen, namoyon bo’luvchi, ko’zga ko’rinuvchi 
narsa bo’lib, fenomenologiya ko’zga ko’rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq 
qilinishidir. Dinning ko’zga ko’rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini 
o’rganuvchi ilm sohasiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi
tarixiy shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqyelikning bizga 
namoyon bo’lgan jihatlarini asosiy o’ringa ko’taradi. Turli dinlarning ibodat va 


DINSHU
NOSLIK 
DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak 
jihatlarini topishga harakat qiladi.
Din fenomenologiyasi diniy tuyg’u va bu tuyg’uning ko’rinishlari deyarli 
butun dunyoda bir-biriga o’xshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va 
g’oyasining bir ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Shuning bilan birga diniy ramz 
(belgi) larda yashirgan ma’nolarni ochish va majoziy so’zlarning muqaddas 
mazmunini yoritish kabi ishlar ham uning vazifalariga kiradi.
Din fenomenologiyasi, materiallarini dinlar tarixidan oladi. Lekin u bu 
materiallarga tarixiylikdan ham ko’ra ko’proq sistematik jihatdan yondashadi. 
Shunday qilib diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarni muqoyasa qiladi. Din 
fenomenologiyasi boshqa din ilmlarini bilan ba’zi nuqtalarda birlashishiga 
qaramasdan, mustaqil bir ilm sohasi sifatida, ba’zan farqlangan jihatlari ham bo’lib 
turadi.

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling