Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


DINB204 DINSHUNOSLIK  DINB204


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
ihtido (hidoyat topish) yoki inkor hodisalarini, dindan kelib chiqqan ruhiy keskinlik 
va shubhalarni tadqiq qiladi. 
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan 
holda o’ziga taalluqli bo’lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, 
dindorlikning shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qilinishida 
umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab 
anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi. 
Din falsafasi. Din sosiologiyasi, Din psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» 
bo’lgan Din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot 
asnosida aqliy va betaraf yo’l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch 
e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi 
sohasida faoliyat ko’rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi 
masalasi bilan mashg’ul bo’lish emas, diniy hukmlarning mantig’i va mohiyatini 
ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog’liq 
dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz 
ekanligi masalasini ko’rib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm 
berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat 
bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular 
yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar 
sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan 
ilm turlari qo’lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo’llagan 
metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo’lgan 
bog’liqligini o’rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo’lgan mavzularning boshida 
Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning 
yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg’ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda 
metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-
imon, ilm-din, din-madaniyat (din-san’at, din-til-adabiyot) diniy tajriba, diniy his 
kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi.
Din tarixining yuqorida ma’lum qilinganlar bilan yaqindan aloqasidan tashqari, 
u suyanuvchi bir qancha ilm turlari ham mavjud. Ularning ichida birinchilardan 
bo’lib tarix o’rin oladi. Tarix, makon va zamon ta’yin qilgan holda o’tmishdagi 
voqyea-hodisalarni o’rganuvchi bir ilm turi bo’lishi bilan birga moziy va hozirdagi 
dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan ko’makchi bo’ladi.
Diniy matnlarning o’rganilishi, tabiiy ravishda, tilga bog’liqdir. Demak, bir 
tomondan Dinlar tarixi suyanadigan ilm turi esa bu Filologiyadir. Bundan tashqari 


DINSHU
NOSLIK 

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling