Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

Din sosiologiyasi. Din - jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan 
kelib chiquvchi voqyea-hodisalarni o’rganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy 
muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida 
yuzaga keluvchi ijtimoiy voqyea-hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan 
bo’lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din 
sosiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko’rinishlari 
bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha 
qilib aytganda bu ilm sohasi, tarix bo’yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din 
va jamiyat tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishlarini o’rganadi. 
Din sosiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; 
bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda 
shakllangan va uning bir tarmog’i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga 
oid bo’lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o’rganadi. Ya’ni din 
psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning 
turli ko’rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi 
asosiy xususiyatlari xatti-harakatlarga bo’lgan ta’siri to’g’risida atroflicha to’xtaladi. 
Ruh-jasad aloqasi bilan atrof-madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o’rganuvchi 
diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko’rsatib beradi. Shu 
sababli Din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha 
o’rganib, xos tipologiyalarni kashf qiladi; buyuk diniy shaxsiyatlarning ichki 
hayotlari bilan qiziqqan holda ularning ruhiy holatlari bilan shug’ullanadi. Kishining 
diniy his, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U 
shaxsda din tuyg’usi va hissining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini


DINSHU
NOSLIK 

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling