Madaniyat, sivilizasiya va qadriyat falsafasi
Download 78.91 Kb.
|
MADANIYAT, SIVILIZASIYA VA QADRIYAT FALSAFASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Ma’naviy madaniyat va moddiy sivilizatsiya.
5. Sivilizatsiya. «Sivilizatsiya»1 tushunchasi, madaniyat tushunchasiga o’xshash katta ahamiyatga ega bo’lgan, keng foydalanadigan ilmiy tushunchadir. U Ma’rifat (XVIII asr) davrida ilmiy so’z boyligiga kiritilgan. Eng umumiy ma’noda u yovvoyilikka nisbatan inson va jamiyatning holatini anglatadi. Sivilizatsiyalashgan jamiyat nima? Bu erkinlik, adolat, aql, qonunga asoslangan jamiyat. Bu yerda moddiy madaniyatnin rivojlanishi ham muhim rol o’ynaydi. Shunday qilib, odam ancha tarixiy paytgacha yovvoyilik holatida qolib, ma’lum holatga o’tgandan keyin sivilizatsiya belgilari paydo bo’ldi. Unga nima yordam qildi? Bunga faylasuflarning fikricha mehnat taqsimoti, sinflar va tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi, davlatning paydo bo’lishi, ma’anaviy madaniyatning rivojlanishi, yozuvning paydo bo’lishi, ibtidoiy jamoada oilaviy munosabatlarning o’zgarishi va boshqalar.
Ammo hozirgi dunyoda «tsivilizatsiya» tushunchasining boshqa ma’nolari ham bor. Ulardan eng ko’p tarqalganlari qo’yidagilardan iborat: «Madaniyat» tushunchasining sinonimi (F.Shelling). Madaniyatning antipodi (qarama-qarshi) – jamiyatning tirik holatiga, ma’naviy madaniyatiga qarshi, hayot tuzilishining jonsiz, o’lik shakli. (N.Berdyaev, N.Rerix). Madaniyatning zaiflanishi, uning tug’ilish va o’lish bosqichlari. (O.Shpengler). Jamiyatning konkret tarixiy turi. Masalan, »Misr sivilizatsiyasi», «Rim sivilizatsiyasi» va boshq. (A.Toynbi). Sivilizatsiya diniy birlik sifatida masalan, «Xristian sivilizatsiyasi», «Budda sivilizatsiyasi» va boshqalar. Sivilizatsiya jamiyatning texnologik rivojlanish tarixi. Masalan, «Agrar sivilizatsiya», «Industrial sivilizatsiya» va boshqalar. Sivilizatsiya aqlli jonzotlarning birlashgan planetar hamjamiyati sifatida. Masalan, «Yer planetasi sivilizatsiyasi», «Venera planetasi sivilizatsiyasi» va boshqalar. 6. Ma’naviy madaniyat va moddiy sivilizatsiya. XIX asrda nemis va rus faylasuflari (Fixte, Nitsshe, Slavyanofillar) madaniyat va sivilizatsiya o’z mohiyatiga ko’ra, har xil ijtimoiy hodisa ekanligiga e’tibor qildilar. Nemis filosofi I.Fixte madaniyat ruhining ichki hayoti, sivilizatsiya esa bu hayotning tashqi namoyon bo’lishidir deb yozadi. XX asrda bu g’oya boshqa mutafakkirlar tomonidan rivojlantirilib, ularnin gorasida O.Shpengler, N.Berdyaev, N.Rerix, Ye.Rerixlar muhim joyni egalladilar. Ular yuqori rivojlangan industrial jamiyat, yuqori sivilizatsiya, insonning ichki ma’naviy takomillashishi kafolatini bermasligini ishonarli isbotladilar. U qandaydir boshqa tekislikda joylashib, unga transportning rivojlanishi, sanoat, aloqalar va boshqa sivilizatsion boyliklar kam ta’sir ko’rsatadi. Buyuk rassom, mutafakkir va ijtimoiy arbob N.Rerix sivilizatsiya o’z ildiziga ko’ra, fuqarolik yoki hayotning ijtimoiy tuzilishiga egaligini qayd qiladi. Haqiqatda ham u inson borligining tashqi jihozlanishidir. Lekin jihozlash hali hayot degani emas. Axir odamning aqli va ma’naviy mavjudot sifatida hayoti va rivojlanishi madaniyat bilan bog’liq. Madaniyatning ma’naviy jihatini atoqli diniy faylasuf N.Berdyaev ham ta’kidladi. Har qanday madaniyat ibodat bilan bog’liq. U diniy ibodatdan kelib chiqadi va rivojlanadi deydi. U tabiiy ofatlar ustidan ruhning ijodiy ishlarining mahsuloti. Hozirgi tadqiqotlarda har qanday ijtimoiy tizimning asosi sifatida ma’naviy madaniyatning ahamiyati to’g’risida ko’p gapiriladi. Albatta, u erishgan taraqqiyot darajasini va jamiyat barqarorligini qo’llab –quvvatlaydi, shuningdek keyingi taraqqiyotga xizmat qiladi. Ma’naviy madaniyatning vayron bo’lishi muqarrar ravishda ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi, siqvilizatsiyaning vayron bo’lishiga olib keladi. Masalan, Yevropa va Amerikaning yuqori rivojlangan iqtisodi, hayoti salbiy demografiya, jinsiy chekinishlardan, hayot ma’nosining yo’qolishidan, yoshlar o’rtasidagi ruhiy kasalliklardan, narkomaniya, jinoyatchilik kabi “tsivilizatsiya yarasi” dan qutqaza olmaydi. G’arb jamiyati bilan nima bo’ladi? Ko’p futurologlar qorong’i prognoz bermoqdalar. Qo’shimcha dalil – isbot – bu insoniyatning tarixiy tajribasi. O’rta asrlarning boshlang’ich davridagi Rim sivilizatsiyasini eslaymiz. Ma’naviy madaniyatning zaiflanishi ,siyosiy o’zboshimchalik, ahloqning susayishi, pastkash instinktlar tantanasi, diniy boshqa fikrlovchilarni ta’qib qilish o’z kulminatsiyasiga etdi. Tez katta imperiya qo’lay boshladi. Katta Rim yarim yovvoyilarga qarshi turaolmadi. Qadimgi eng kuchli sivilizatsiyalaran biri, ma’anaviy chirib, moddiy, siyosiy, iqtisodiy ma’noda mustaqil davlat sifatida yashashga qodir bo’lmay qoldi. Hozirgi dunyo sivilizatsiyasi va ma’naviy madaniyatni uyg’unlashtirishga muhtoj. Buning uchun nima zarur? Insonparvarlik va axloqiy tamoyillarni mustahkamlash, ijtimoiy sheriklik va muloqotni rivojlantirish, fanni jonlantirish va maorifni qo’llab – quvvatlash, diniy bag’rikenlik va san’atni ma’naviy ideallarni qo’pol kuchlarni ibodatlashtirishga qarshi to’ldirish, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy adolatni, qonunga hurmatni mustahkamlash zarur. Download 78.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling