Madaniyat, sivilizasiya va qadriyat falsafasi
Yuksak madaniyat va «ommaviy madaniyat»
Download 78.91 Kb.
|
MADANIYAT, SIVILIZASIYA VA QADRIYAT FALSAFASI
7. Yuksak madaniyat va «ommaviy madaniyat». XX asrda “ommaviy madaniyat” deb atalgan yangi ijtimoiy hodisa paydo bo’ldi. U boshqa –an’anaviy, haqiqiy yoki ba’zi nazariyachilar aytganidek, “yuksak ma’naviyat”ga qarama –qarshi qo’yiladi. Yuksak ma’naviyat ommaviy emasmi, degan savol paydo bo’ladi. Ob’ektiv aytganda – yo’q. Insoniyat tarixida odatda faqat savodli va boy odamlar, diniy elitalar, harbiylar, siyosiy elita vakillari yuksak madaniyat mevalaridan foydalanganlar. Masalan, Rossiya yoki Amerikada aholining asosiy ommasi Nyuton mexanikasi, Shekspir sonetlari, uyg’onish davrining rassomlari, arab astronomiyasi, hind faylasuflarining traktatlari, antik demokratiya to’g’risida ozimi-kam bilarmidi?
XX asrda bu vaziyat keskin o’zgara boshladi. Milliy ozodlik harakati, sotsializmnig qaror topishi va g’arb demokratiyasining rivojlanishi, keng industriyalashtirish va urbanizatsiya, savodi yetishmaganligi tufayli “yuksak ma’naviyatni” qabul qilishga qodir va tayyor bo’lmagan millionlab odamlarni tarix sahnasiga chiqarib yubordilar. Ularga boshqa tushunarliroq, yetarliroq va g’oyaviy yaqin madaniyat, aniqrog’i – qandaydir almashtiruvchisi talab qilindi. U o’zini uzoq kuttirmadi. Adabiyot, kinoindustriya, badiiy sa’nat, estrada, OAV lari o’rta, ko’p millionli omma vakillarining dunyoqarashi va estetik ehtiyojlariga mo’lajallangan asarlarni jadal yaratib, eshittira boshladi. Shunday qilib, yuksak madaniyatning soddalashtirilgan, hajviy o’rnini bosadigan – ommaviy madaniyat paydo bo’ldi. Mutaxassislar ommaviy madaniyat rivojlanishining ijobiy va salbiy tomonlarini qayd qildilar. Ijobiy tomoni shundaki, birinchi marta insoniyat yutuqlari har kimga tushunarli bo’ldi. Gazetalar, jurnallar, kitoblar, muzeylar, teatrlar, radio va televidenie, XX asr oxirida internet madaniyat dunyosiga kirish uchun eng keng imkoniyatlar ochildi. Biroq, ommaviy madaniyat ko’pincha o’zining ko’rinishlarida odamni ruhlantirish va takomillashtirishga kam yordam beradi U boshqa qadriyatlar va ideallarni – kuchlining huquqi, pul hokimiyati, pastkash instinktlar erkinligi, texnitsizmni o’stiradi. U zerikarli hayoti bilan kaltabinlarga yo’naltirilgan bo’lib, oddiy syujetlar, obrazlar va g’oyalardan foydalanadi. U odamlarga tayyor, andozali qarorlar tavsiya qiladi, lekin tushunishga, o’ylashga, baholashga axloqiy tanlashga o’rgatmaydi. Faylasuflar, ruhshunoslar, sotsiologlar va pedagoglar shunga yakdilki, madaniyatning bunday o’rnini bosadigani (erzats) bolalar, o’smirlar, hatto kattalarning ongiga buzg’unchi ta’sir qiladi. Ommaviy madaniyatning ommaviy ta’siri bilan odam axloqiy buzila boshlaydi. U muammoni hal qilishning zo’rlik yo’lidan boshqasini ko’raolmaydi. U pul bilan hokimiyatni do’stlik, sharaf, ijod, muhabbat va burchdan yuqori baholaydi. U hayotning asl ma’nosini unutib, uni sezgi lazzati bilan almashtirishga urinadi. Juda ma’lumki, agar jamiyat ommaviy madaniyat sohasini boshqa olijanob qadriyatlar va ideallar bilan to’ldirmasa, jinoyatchilik va narkomaniyadan tortib, to o’zini o’zi o’ldirish va ruhiy kasalliklargacha bo’lgan salbiy ijtimoiy hodisalarning o’sishini prognoz qilish mumkin. Asl madaniyatni himoya qilishga, ommaviy ongga uning ta’sirini oshirishga o’ta zarurlik etildi. Ko’p mutafakkirlar axloqiy inqiroz va ijtimoiy nuqsonlardan qutulish vositalarini shunda ko’rdilar. Download 78.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling