Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik


Download 65.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi65.5 Kb.
#1057423
Bog'liq
kasbiy13


Mavzu: O`zbekiston ma`naviy yangilanish jarayonida inson ma`naviy salohiyatining roli.

Reja:
1 “Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik”.


2 Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni.
3 O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy me’rosga munosabat.


Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi. Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi. Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar.Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi.Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi. Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.Shaxsning madaniyat bilan o’zaro munosabati hech qachon to’liq va uyg’un bo’la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqqildir. U madaniy merosni o’ziga mujassamlashtirgan konkret sotsial guruhlarning ma’noviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadryatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar xazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadi. Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi. Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi.Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi.Shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatni rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongini oshirish, axloqiy va estetik nafosatini tarbiyashda madaniyatning tarkibiy qismlari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan fikrlashiga ko’ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyat, axloq madaniyati, badiiy tafakkur madaniyati, dunyoqarashi ruhning olami haqida gapirish mumkin. Madaniyat ijtimoiy tizim tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, axloqiy – estetik qadryatlarni, axloqiy – huquqiy nizomlarni, urf-odat va an’analarni qamrab oladi. Shaxs madaniyatning shakillanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari ahamiyatlidir: siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy – huquqiy g’oyalar majmui bo’lib, ma’naviy qadriyatlarning mahsus tizimini tashkil qiladi. Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot bosqichlariga jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog’liq holda vujudga kelib jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy bog’liq. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni qayta yaratish va o’zlarini tarbiyalash jarayonlarini qamrab olib, “Siyosiy ishlab chiqarishni” aks ettiradi. Bunda siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhdan (sotsium)ning siyosiy hokimiyat uchun bo’lgan harakatlarini belgilaydi, madaniy - nazariy jihatdan esa ijtimoyi munosabatlarni tabaqaviy dunyoqarash ruhida anglash, muayyan siyosiy g’oyalar, dasturlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga; mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi.O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda. Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.) Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi. Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi. O’zbekiston madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o’rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. “Mirzo Ulug’bek va uning jahon sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi” (1994) “O’zbekistonning jahonda tutgan o’rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati”, (1995) “O’rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” kabi mavzularda o’tkazilgan xalaqaro konfrensiya va semenarlarni ko’rsatish mumkin (1998). Ma’lumki, YUNESKO qarori bilan yer yuzida nishonlangan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzusidagi (1996) konfrensiya misolida Porij shahrida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzusida ilmiy anjuman hamda ko’rgazma bo’lib o’tdi. Bu tadbirda xalqaro jamoatchilik Amir Temur, al- Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko’rsatdi. Milliy an’anallar va ko’hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug’ ajdodlarimizni yod eta boshladik. Ularni ma’naviy merosini o’zlashtirayapmiz. Prizident I.A.Karimov o’zning asarlari va nutqlarida ma’naviyat, tarbiyaga juda katta e’tibor qaratadi, ayniqsa uning quyidagi fikrlarida buni yaqqol ko’rish mumkin. “… Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir”! (Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. “Sharq” 1998-yil 5-bet) Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyati bir biriga yaqin tushunchalardir. Ularni ma’naviy merosi, madaniyati, mafkura va qadriyatlar tashkil qiladi.Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdadi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi.
Prizidentimiz aytganlaridek xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashga oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, ulug’ shoir va mutafakirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, hadislar yassaviy va Baqirg’aniylar yaratgan diniy axloqiy ruhidagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojiblar yaratgan aqliy, pand-nasihat turidagi asarlar Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshbandiy yaratgan inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o’lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy boyligimiz hisoblanadi. Sivilizatsiyaning o’zi insonning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichida ro’y beruvchi sifat jihatida yangi boshqichi bo’lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sizilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling