XVI-XVII asrlarda Movaraunnaxrda kechgan madaniy jarayonlarni umumiy izohlang.
XVI-XVII asrlarda yaratilgan qanday san’at asarlari va me’morchilik yodgorliklarini bilasiz.
XVII asrni birinchi yarimida Movarounaxda ro‘y bergan madaniy tanazzulning sabablari.
XVIII asrni ikkinchi yarmida Markazlashgan davlatchilikning vujudga kelishining madaniy taraqqiyotga ta’siri.
XVIII-XIX asrlarda adabiyot va san’atga oid qanday yirik asarlar yaratilgan.
XVIII-XIX asrlarda Xiva, Quqon va Buxoroda barpo etilgan me’morchilik majmualari.
Turkistoni zabt etilishini madaniy hayotga salbiy ta’siri.
Turkiston ma’naviy hayotida jadidchilik harakatining o‘rni.
Jadidlarning Turkistonda milliy madaniyatni tiklashdagi faoliyati va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati.
8-mavzu. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot
Reja:
Milliy istiqlol davrida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyat-larning tiklanishi va rivojlanishi.
Mustaqillik yillarida ta’lim, adabiyot, me’morchilik amaliy san’at va kino ravnaqi.
Teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti.
Tayanch so‘z va iboralar
Ma’naviy meros – Qadim zamonlardan beri ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan ma’naviy boyliklar-siyosiy, falsaviy, huquqiy va diniy qarashlar, ahloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. “Oltin meros” – Xayriya jamg‘armasi 1996 yilda tashkil etilgan. “Umid”, “Iste’dod” jamg‘armalari – Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Haykaltarosh I.Jabborov – Toshkentdagi Amir Temur, Samarqand, SHahrisabzdagi Amir Temur, Farg‘ona va Quvada al-Farg‘oniy haykallarini yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |