1
MA’RUZA MAVZUCI: MUSHAK VA NERV TO‘QIMALARI
Ma’ruza rejasi.
1. Mushak to‘qimasinig klassifikatsiyasi.
2. Mushak to‘qimasining umumiy morfofunktsional xarakteristikasi.
3. Ko‘ndalang-targ‘il mushak to‘qimasi: a) skelet, b) yurak
4. Silliq mushak to‘qimasi.
5. mioneyral mushak to‘qimasi
6. Mioid hujayralar.
7. Nerv to‘qimasining umumiy morfofunktsional tavsifi, gistogenezi
8. Neyronlar, neyrogliya
9. Nerv tolalari, nerv oxirlari, sinapslar
Tayanch so‘z va iboralar.
Mioblastlar, miosimplastlar, mion, sarkomer, sarkoplazmatik, retikulum,
tipik kardiomiotsit,
o‘tkazuvchi kardiomiotsitlar
MA’RUZA MATNI
Mushak to‘qimasi
Klassifikatsiya:
І. Morfofunktsional.
ІІ. Gistogenetik.
І. Morfofunktsional - uning asosida qisqaruv organellalarning tuzilish printsipi yetadi.
І.1. Ko‘ndalang- targ‘il
І.1.a. skelet І.1.b. yurak
І.2.
Silliq
ІІ. Gistogenetik yeki kelib chiqish manbaiga ko‘ra:
ІІ.1. Mezenximadan (silliq)
ІІ.2. Epidermadan (teri endodermasi va xorda oldi plastinkasidan)
(silliq)
II.3. Neyral (nerv nayidan) (silliq)
II.4.Selomik (mioepikardial plastinkadan) (ko‘ndalang-targ‘il)
II.5.Somatik (miotom) (ko‘ndalang-targ‘il)
Gistogenetik klassifikatsiyaga asos qilib o‘zak hujayra va differon tushunchasi olingan .
Asosiy tushunchalar:
1. Ko‘ndalang-targ‘il mushak to‘qimasi.
qisqaruvchi elementlar- miozin filamentlari:
a) doim polimerlangan
b) aktin filamenti bilan doim mavjud bo‘ladigan miofibrillalar xosil qiladi
v) miozin va aktin filamentlari tutam xosil qiladi.
2. Silliq mushaklar:
1) miozin filamentlar qisqarmagan xolatda depolimerlangan bo‘lib
aktin filamenti bilan
ta’sirlashmaydi.
2) Ca
+2
ioni miozin polimerlanishi va aktin bilan o‘zaro ta’sirlashishga olib keladi.
3) qisqaruvchi karkas to‘rsimon tuzilishga ega bulib ko‘ndalang targ‘illikni xosil qilmaydi .