Маьруза: Мушак тукимаси-2 соат
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 5. NERV TO‘QIMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘ndalang targ‘il yurak mushak to‘qimasi.
bilan
belgilanadi (grekcha hyper-o‘ta+rlasis-tuzilma). Giperplaziya skelet, yurak mushaklarida kuzatilmaydi, yekin hujayralari mitoz bo‘linish xususiyatini yo‘qotmagan silliq mushak to‘qimasida amalga oshadi. Giperplaziya ko‘pincha bachadon mushagida (homiladorlik vaqtida ham gipertrofiya, ham giperplaziya) qayd etiladi. (Anthony L. Mescher, Junqueira’sBasic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013). Skelet mushagining organ sifatida tuzilishi. Anatomik jixatdan xar bir mushak tashqi tomondan oldidagi boshka vazifani bajaruvchi mushakdan epimiziy deb nomlanuvchi biriktiruvchi to‘qimali qobiq(fastsiya) yerdamida ajraladi.Xar bir mushak qalin dag‘al biriktiruvchi to‘qima(perimiziy) bilan o‘ralgan bir qancha yirik mushak hujayralar gruppasidan iborat.Aloxida mayda hujayralar orasida yupka katlamli dagal biriktiruvchi to‘qima(endomiziy) joylashadi. Ko‘ndalang targ‘il yurak mushak to‘qimasi. 4 Miokard - yurakning mushakli qobig‘ini xosil qiladi.U bir biri bilan qo‘shiluvchi va anastomoz xosil qiluvchi ingichka hujayralardan iborat.Bu hujayralar endomiziy bilan,hujayralar tuguni esa perimiziy bilan chegaralangan. Skelet mushakdan farqli ravishda hujayralar bir biri bilan oraliq plastinkalar orqali bog‘langan kardiomiotsitlardan tashkil topgan.Yurak mushagi mioepikardial plastinkadan rivojlanadi.Uch xil kardiomiotsit farqlanadi: I. Qisqaruvchi II.1. Sinus(Peysmeker) II.2. Oraliq atipik II.3. O‘tkazuvchi Sh. Sekretor Embriogenez paytida dastavval qisqaruvchi so‘ngra sekretor kardiomiotsitlar rivojlanadi. Keyinchalik o‘tkazuvchi sistema kardiomiotsitlari-atipik rivojlanadi. Xamma tip kardiomiotsitlarning differentsirovkasi umumiy to‘kima sistemasiga integratsiyasi tomon boradi. Morfologik ekvivalentini quyidagi ko‘rish mumkin: kardiomiotsitlarning uchida 2-3 ta o‘simtalarni bo‘lishi,2- ta aralash kardiomiotsitlarning anastomoz xosil qilishi ,kontakt soxada oraliq disklarning xosil bo‘lishi .Yukori ixtisoslashgan hujayralaaro kontaktlar neksuslar ,desmosomalar va fascia adhaerentes xamma tip kardiomiotsitlarni yagona to‘qima tizimiga birlashtiradi va yurakning qorincha va bo‘lmachasini sinxron qisqarishi va bo‘shashishini taminlab beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling