Маьруза: Мушак тукимаси-2 соат
Sillik miotsitning qisqaruvchi apparati
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 5. NERV TO‘QIMASI
Sillik miotsitning qisqaruvchi apparati. Yupqa aktin filamenti tropomiozin bilan bog‘lanib (troponin mustasno ) uch ulchamli to‘r xosil qiladi, cho‘zilib tsitolemmaga va biriktiruvchi plastinkaga birikadi. Biriktiruvchi plastinka aktindan tashkil topgan bo‘lib , hujayraning 30-50 % ni tashkil qiladi. U ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasidagi Z-chiziqqa o‘xshaydi. Shular tufayli aktin filamenti hujayraning yen va qutblar tomon yepishadi. Miozin filamentining monomeri aktin filamentining yenida joylashadi lekin u qisqarish paytigacha depolimerlangan bo‘ladi. Qisqarish paytigacha aktin filamenti hujayra perimetri bo‘yicha tortilgan panjarasimon tuzilmani xosil qiladi. Ularning oldida depolimerlangan miozin oqsillari joylashgan bo‘ladi. Qo‘zg‘alishni o‘tkazish paytida potentsialga bog‘liq kanallar ochiladi va hujayra tashqarisidan tsitoplazmaga Sa +2 ionlari keladi. Bir vaqtning o‘zida tsitoplazmadagi fosfolipazaning aktivlashuvi depodan Sa +2 ionlarini chiqishini ta’minlaydi. Sa +2 ionlarining kontsentratsiyasi 6 ko‘payishi natijasida miozin filamentlarining polimerlanishi sodir bo‘ladi. Natijada aktin filamenti bilan miozin o‘rtasida kesishuvchi aloqa paydo bo‘ladi. Sitoplazmatik pufakcha orqali hujayradan va tsitoplazmatik depodan Sa +2 ionlarini chiqib ketishi miozinning depolimerlanishi xamda akto miozin kompleksini yuqolishiga olib keladi.Silliq miotsit bo‘shashadi. Mioneyral to‘qima. Siliar tana va kamalakning mushak to‘qimasi silliq bir yadroli miotsit yeki miopigmentotsitdan tashkil topgan. Morfologik jixatdan silliq miotsitlarga yaqin. Miopigmentotsit pigmentli tanaga ega bo‘lib,ko‘p mikdorda mitoxondriya va pigment granulalar tutadi. Silliq miotsitlarning aktin va miozin filamentlarini eslatuvchi ingichka (7 nm) va qalin(15 nm)miofilamentlar mavjud. Miopigmentotsit atrofida mielinsiz nerv tolalari va bazal membrana joylashgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling