Маьруза: Мушак тукимаси-2 соат


Sarkomer – miofibrillaning struktur birligi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1326768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Маruza matni № 5. NERV TO‘QIMASI

Sarkomer – miofibrillaning struktur birligi. Xar bir miofibrilla ketma-ket bir xil 
masofada keluvchi och va to‘k qismlarga ega bulib,xar bir miofibrilla silliq endoplazmatik 
to‘rning anastomozlanuvchi choklari va mitoxondriyalar bilan o‘ralgan . 
Xar bir sarkomer oldidagisidan Z –chiziq yerdamida ajralgan buladi. Z-chiziq bu aktin 
filamentlarining oxirgi uchi bilan bog‘langan fibrillyar oqsil molekulasi (asosan α aktin )dan 
iborat to‘r . 
Aktin filamenti Z- chiziq bilan aktin molekulasi orqali(bir uchi) va miozin filamentining 
molekulasi bilan (ikkinchi uchi) bog‘lanadi,bu bog‘lanishda nebulin oqsili xam ishtirok etadi. 
Miofibrillaning o‘rta qismi ya’ni ikkita Z-chiziq orasi qoramtir bo‘lib ( A-disk ) faqat miozin 
filamentidan tashkil topadi. A –diskning o‘rtasida ko‘ndalang joylashgan M – chiziq bo‘lib 
miomezin molekulasidan tashkil topadi . M-chiziqqa miozin filamentining oxirgi uchlari 
birikadi. Aktin va miozin filamentining nisbati 6:1 (geksoganal joylashuvda). Aktin filamenti bir 
uchi bilan Z-chiziqqa, miozin filamenti esa bir uchi bilan M-chiziqqa birikkan bo‘ladi. 
Ikkita filamentning kolgan ikki uchi bir biri bilan birikib filamentlar orasidagi tirkishga 
kiradi,lekin miozin filamenti Z-chizikka, aktin filamenti esa mushak tolasi bushashgan paytda 
M-chizikka yetib bormaydi. 



Aktin va miozin filamentlari tropomiozin va troponin oqsili ishtirokida o‘zaro 
tasirlashadi. 
Mushak tolasining plazmollemasi och (І) va qoramtir (A)disklar chegarasida 
naysimon(T-naycha) uzun botiqlik xosil qiladi.Ular Ca
+2
ning tolaga va undan orqaga 
transportida qatnashadi. Mushak tolasining qisqarishi to‘grisida signal kelganda xarakat 
potentsiali plazmollemaga o‘tadi va T-naycha membranasiga tarqaladi. Buning natijasida T-
naychaga Sa
+2
kelib tushadi. Ular silliq endoplazmatik to‘r membranasidan chiqariladi. Sa 
ionining kontsentratsiyasini ko‘payishi aktin va miozin filamentlarining o‘zaro ta’sirlashuvchi 
maydonini aktivlaydi. Natijada aktin filamentlari miozinga chuqur kirib M-chiziqqacha boradi . 
Aralash ikki Z-chiziq orasi ikki marta kamayadi va och I-disk yuqoladi . Xarakat potentsiali 
yuqolishi bilan silliq endoplazmatik to‘r va T naycha orqali Sa
+2
tsitoplazmadan chiqib ketadi . 
Aktin filamenti miozin filamenti orasidagi tirqishdan sirgalib o‘tadi . Yana kaytadan och I va 
qoramtir A disklari ko‘rina boshlaydi. Mushak hujayrasi bo‘shashadi .qisqarish va bo‘shashishni 
ta’minlaydigan metabolik jaraenlar mioglabinda akkumulirlangan kislorodni va ATFni ADFga
o‘tishida xalos bo‘lgan energiyani talab qiladi . Energiya glikogenni karbonat angidrid va suvga
aylanishidan xosil bo‘ladi .

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling