Miasteniya (myasthenia gravis) autoimmun kasallik bo‘lib, oshib boruvchi mushak
xolsizligi bilan tavsiflanadi. U nerv-mushak oxirlarida sarkolemmadagi atsetilxolinning
funktsional faol retseptorlari sonining kamayishi bilan bog‘liq. Retseptorloar sonining
kamayishi atsetilxolin retseptorlariga birikib oluvchi xarakatalanuvchi antitanalar bilan
bog‘liq. Antitanalarning
retseptorlar bilan birikishi natijasida nerv va mushak orasida me’yordagi o‘zaro ta’sirlashuv
yo‘qoladi. Oragnizm mazkur xolatni to‘g‘irlashga harakat qiladi, ya’ni jarohatlangan
retseptorlar tutuvchi membrana segmentlari sarkoplazma ichiga yutiladi, lizosomalar
yordamida parchalanadi va yangi hosil bo‘lgan retseptorlar bilan almashinadi. Biroq, mazkur
retseptorlar o‘sha antitanalar bilan ta’sirlashishi natijasida o‘zining atsetilxolinga sezgirligini
yana yo‘qotadi va kasallik rivojlanishda davom etadi. (Anthony L. Mescher,
Junqueira’sBasic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013).
Ko‘ndalang targ‘il skelet mushak to‘qimasi
Taraqqiyoti:
Mezenximada mioblastlar ikkita mustaqil liniya bo‘lib rivojlanadi:
A) mushak naychalari – miosimlastlar
B) miosatelitlar
Mioblastalar rivojlanish davomida miosimplastlarga uyg‘unlashib mushak naychalarini
xosil qiladi.Ularda dastlab yadro markazda joylashadi,
donador endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan bo‘lib,miofibrillalar esa plazmolemma tagida
periferiya tomonida bo‘ladi. Keyinchalik yadro plazmolemma ostiga o‘tadi , miofibrilla esa
hujayraning katta qismini egallaydi . Donador endoplazmatik to‘r sezilarli darajada reduktsiyaga
uchraydi.
Mushak hujayrasining bu definitiv tuzilmasi miosimplast deb ataladi. Miosatellitlar
miosimplastlarning yuzasida joylashadi .
Tuzilishi:
Skelet mushaklarining struktur asosini mushak tolalari 1)miosimplast va 2)
miosatellitotsitlar tashkil kilib,ular bitta umumiy bazal membrana bilan qoplangan bo‘ladi.
Miosimplastning plazmolemmasi va yupka (20-40 nm) biriktiruvchi to‘qimali qobik
(bazal membrana ) –sarkolemma deb nomlanadi .
Sarkolemma ostida bir necha o‘n minglab uzunchok oval shaklidagi yadrolar joylashadi.
Ularning qutblarida umumiy organellalar – Golji kompleksi, donador endoplazmatik to‘rning
qismlari joylashadi .
Miofibrillalar – tsitoplazmaning qolgan qismida parallel xolda joylashib uni to‘ldirib
turadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |