Mafkuraviy tarbiyaning maqsad va vazifalari


Download 1.9 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1382595
Bog'liq
Mafkuraviy tarbiyaning maqsad va vazifalari

Mafkuraviy tarbiyaning maqsad va vazifalari

Tayyorladi : 513-22-104 guruh talabasi

Salimova Gulsevar

  • R e j a.
  • 1. «Mafkuraviy tarbiya» tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari .
  • 2. Mafkuraviy tarbiyaning ustuvor yo‘nalishlari va ma’naviy-ma’rifiy vazifalari.

3. Mafkuraviy tarbiya va yoshlarda zararli g‘oyaga nisbatan immunitetni shakllantirish vazifalari.
  • Inson, jamiyat, ijtimoiy guruh, millat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga qaratilgan jarayon – mafkuraviy tarbiya deyiladi. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad-intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham shu g‘oyalar ta’siriga tortishga, o‘z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari, ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta’siriga berilish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifalari – xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asosiy orzu- istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishdir, va ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.
  • Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi.
  • Mafkuraviy tarbiya haqida gap ketar ekan, uning mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy ta’sir tushunchalarining o‘zaro aloqadorligini nazardan qochirmaslik lozim. Mafkuraviy profilaktika oldingi mavzularda ta’kidlanganidek, ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakldagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun mafkuraviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Xususan, ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishda yordam beradi. O‘z o‘rnida mafkuraviy profilaktika mafkuraviy tarbiyani ta’minlashda faol ishtirok etadi. Bu qisqa ta’rifdan anglash mumkinki, mafkuraviy tarbiya va mafkuraviy profilaktika tushunchalari bir-birini taqozo etadigan va to‘ldirayotgan aloqadorlikda bo‘lib, o‘zaro ob’ekt-sub’ekt, sub’ekt-ob’ekt munosabatida bo‘ladigan jarayon deyish mumkin.
  • Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifodalaydigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayon. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi- jamiyatning har bir a‘zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta‘minlashdir. Bu pirovard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning harbir fuqaro tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta‘minlaydi. SHu ma’noda, istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz,xalqimizning bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog’lom g’oyalar va fikrlar tarzida o’z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.
  • Mafkuraviy tizim – mafkuraviy ishlarni boshqarish,jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahalla kengashlari,jamoat tashkilotlari, madaniy ma’rifiy uyushmalar tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlatirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo’naltirish omillari ( ish vaqti va ishdan keyingibo‗sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san‘at, matbuot,radio, tv., kino, musiqa va h.k.), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullarinnig ( alohida,jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.Shuningdek, mafkuraviy tizim mafkuraviy ta’sir yo’nalishlari (aqliy, axloqiy, huquqiy)va uning asosiy sohalari (mehnat, jismoniy, estetik, ekologik, jinsiy vah.k.) ham o’ziga qamrab oladi.Mafkuraviy tizim bir butun yaxlit uyushma bo’lib, doimiy o’zgarib turadi. Ushbu tizim samaradorligiga mafkuraviy ta‘sir jarayonining uzluksizligi, tabaqalashganligiga, kompleks yondoshuvga bog’liq.
  • Odamlarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni hayotiy faktlar orqali sodda va lo’nda qilib tushuntirish, istibdod asoratlarini tarixiy dalillar asosida fosh etish milliy istiqlol g’oyasini kishilar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish birinchi navbatda rahbar qadrlar, ziyolilar, ommaviy axborot vositalari xodimlarining muhim vazifasi, fuqarolik burchidir. Milliy istiqlol g’oyasiga sadoqat, kasbiy mahorat, keng ommani ishontirish va safarbar etish qobiliyati-kadrlar tanlash va joy- joyiga qo’yishda asosiy mezon bo’lmog’i lozim. Milliy mafkura masalalariga loqaydlik ayrim rahbar kadrlar o’rtasida umummilliy, manfaatlarimizga butunlay yot g’oyalarning, korrupsiya, qarindosh- urug‗chilik singari illatlarning kuchayishiga olib keladi. Mafkuraviy targ’ibot ishlarining muvaffaqiyatini belgilaydigan shunday hayotiy qonuniyat bor: boshqalarni bir g’oyaga ishontirmoq uchun, avvalo unga o’zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o’zing yonishing, boshqalarni g’aflat uyqusidan uyg’otmoq uchun o’zing uyg’oq va bedor bo’lishning shart! Milliy g’oyaning xalqparvar, taraqqiyparvar ekanligiga bo’lgan ishonch kundalik hayot sinovlaridan o’tsagina so’z va ish birligiga erishilsagina bu g’oya mustahkam e’tiqodga aylanadi. E’tiqod ustuvor yerda chinakam insoniy hayot bo’ladi: e‘tiqod uchun, ilg’or g’oya tantanasi uchun kurash jarayonida inson shaxsi shakllanadi: u bunyodkor kuchga aylanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling