Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
-MAVZU ILMIY TADQIQ METODOLOGIYASI
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologiya
7-MAVZU
ILMIY TADQIQ METODOLOGIYASI Reja:
Tadqiqotning metodologiyasi. Tadqiqot manbaiga yondashuv. Tayanch tushunchalar: fahmiy metodologiya, bilish bosqichi, fahmiy bilim, idrokiy bilim, tadqiq manbaiga yondashish, nominalistik va dialektik usul, tadqiqotchi nuqtayi nazari, materialistik va idealistik dunyoqarash Metodologiya yunoncha metodos – “tadqiqot”, “o‘rganish” va logos – “ta’limot”, “so‘z” kabi ikki so‘zdan tuzilgan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi “metod haqida ta’limot”. Shuning uchun, odatda, lug‘atlarda metodologiya tushunchasi “ilmiy tadqiq metodlari haqida ta’limot, ma’lum bir fanda qo‘llaniladigan metodlar majmuasi1 sifatida tushuniladi. Lekin metodologiya, ilmiy tadqiq metodologiyasi deganda, hozirgi kunda, ma’lum bir fanda qo‘llaniladigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishi va unga qanday yondashishi, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‘zlashi, boshqacha qilib aytganda, tadqiqotchining dunyoqarashi nazarda tutiladi. Metodologiya, jumladan, tilshunoslik tadqiqotlari metodologiyasi falsafaning tarkibiy qismi bo‘lib, fanning gnoseologiya (bilish nazariyasi) bo‘limi bilan uzviy aloqador. Shuning uchun metodologiya deganda tadqiqotchida kamida uch omilning mujassamlanishi va uning ilmiy tadqiq mahsulida namoyon bo‘lishi tushuniladi. Bular: Birinchidan, tadqiqotchining o‘z tadqiq manbai haqida qay turdagi bilimlarni hosil qilishga intilishi, bilishning qaysi turi bilan shug‘ulanishi. Ma’lumki, falsafada narsa/o‘rganish obyekti haqida tadqiqotchi ikki turdagi bilimlar hosil qilishi mumkin: a) fahmiy (hissiy, fahmiy) bilimlar; b) idrokiy (aqliy, mantiqiy, nazariy, teoretik) bilimlar. Har bir turdagi bilimni hosil qilish yo‘l, vosita va usullari ham, maqsadlari ham boshqa-boshqa. Ikkinchidan, tadqiqotchining tadqiq manbai/narsaga qanday usul bilan yondashishi. Falsafada narsaga yondashishning ikki usuli bor. Ular: a) nominalistik yondashish; b) dialektik yondashish. Nominalistik yondashishning ham, dialektik yondashishning ham (narsani nominalistik yoki dialektik tushunish va talqin etishning) o‘z tamoyillari bor. Tadqiqotchi ilmiy tadqiq jarayonida shu tamoyillarga tayanib tadqiqot olib boradi. Uchinchidan, tadqiqotchining materialistik yoki idealistik (ruhoniy) nuqtayi nazarda turishi va shu nuqtayi nazardan turib ilmiy tadqiqni olib borishi. Tadqiqotchi dunyoqarashi, tadqiqotchining metodologiyasi deganda tadqiqot va tadqiqotchida mana shu omillardan qay birlariga tayanib ish ko‘rishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra metodologiya: 1) fahmiy - nominalistik - materialistik; 2) fahmiy - nominalistik - idealistik; 3) fahmiy - dialektik - materialistik; 4) fahmiy - dialektik - idealistik; 5) idrokiy - nominalistik - idealistik; 6) idrokiy - nominalistik - materialistik; 7) idrokiy - dialektik - idealistik; 8) idrokiy - dialektik – materialistic kabi 8 umumiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bular sof mantiqiy-riyoziy turlar. Haqiqatda esa, ular behad ko‘p. Mir Alisher Navoiy “Haqiqatga (Haqqa) olib boruvchi yo‘llar nechta?” degan savolga “Lisonut tayr” dostonining “Ma’rifat vodiysining vasfi” faslida badiiy yo‘sinda yuksak mahorat bilan: Ma’rifat vodiysin ondin so‘ngra bil, Dashti bepoyonlig‘in nazzora qil. Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif, Topti onda hollarni muxtalif. Vodiyedur yuz tuman ming onda yo‘l, Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul. Ixtilofi juzv ila kul mundadur – Kim taraqqiyu tanazzul mundadur. Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling