Magistrlik disseretasiyasi annotatsiyasi


Download 37.5 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1318506
Bog'liq
Annatasiya Haitali


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FAKULTETI: TABIIY FANLAR Magistri: Inomov Xaitali Ergashali o’g’li


Kafedra: Ekologiya Ilmiy rahbar:
O’quv yili:2020- 2022 q/x.f dosent:M.T.Abdullayeva


MAGISTRLIK DISSERETASIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz aholisining don va non mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojining o’sib borishi don yetishtirishni ko’paytirish hamda uning sifatini oshirishni taqoza etadi.
Bugungi kunda Respublikamizda sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy hosildorligi juda ko’p xo’jaliklarda o’rtacha gektaridan 30-40 s ni tashkil etmokda, ammo intensiv bug’doy navlarining potensial hosildorligi gektaridan 100- 120 s tashkil qiladi. Aholining don va don mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’larok qondirish, bugungi kunda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan, mulkchilikning yangi shakllari shakllanayotgan davrda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad: Ushbu dissertasiya ishning maqsadi muhim ob`ekt hisoblangan va viloyatimiz jumladan, Farg`ona viloyati Rishton tumanidagi oq gulchaman fermer xo’jaligida yetishtirilayotgan kuzgi bug’doy o’simligi hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyoti va usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar va bevosita dala tadqiqotlarida to’plangan materiallar atroflicha o’rganildi va tahlil qilindi. Mavzuni o’rganishda, kuzatish, sistematik, geobotanik, ekologik va boshqa tadqiqot usularidan foydalanildi.
Tadqiqotning vazifalar: Qo`yilgan maqsad doirasida tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilandi va o`z yechimini topdi:
Tadqiqotning o’berti va predmeti: Ushbu dissertasiya ishning maqsadi muhim ob`ekt hisoblangan va viloyatimiz jumladan, Farg`ona viloyati Rishton tumanidagi oq gulchaman fermer xo’jaligida yetishtirilayotgan kuzgi bug’doy o’simligi hisoblanadi.
Tadqiqot mavzuining o`rganilganlik darajasi. Kuzgi bug’doy o’simligini hosildorligini oshorishda, kuzgi bug’doy o’simligi ustida olib borilga ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili, hosil yetishtrish texnologiyalari, ekish me’yorlari hamda sug’orish tartibiga qo’yilgan talablar va takliflar hamda boshqa turli darajalargan bo’lib o’rganildi.Bug’doyni biologik xususiyatlariga doir olib borilgan kuzatish ishlari, bug’doyning tur tarkibi, ularning morfobiologik tasnifi, yangi iqlim sharoitiga moslashayotgan o`simliklarga nisbatan berilayotgan tavsiylar o’rganilmoqda.
Tadqiqot usullari. Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan to’plangan ma’lumot va materiallarni tahlil qilindi. Bu boradagi ishlar botanik, geobotanik, ekologik va umumbiologik uslublar asosida olib borildi
Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishning ilmiy ahamiyati shundaki, kuzgi bog’doy o’simligini yetishtrish jarayonida turli xil texnoligik, uslub va usullardan foydalanildi. Bunday uslub va usullardan foydalanish, ilmiy, amaliy va nazariy jihatdan foydalanishga, asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur mavzu bo’yicha olingan, aniqlangan material va ma’lumotlar kuzgi bug’doy o’simligini yetishtrishda, undan samarali va mo’l hosil olishda, ilmiy, amaliy hamda nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari:Tadqiqotning asosiy mazmuni respublika va xalqaro miqyosida nashr etilgan ilmiy to’plamdagi maqola va tezislarda aks etgan.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi.
1. Kuzgi bug’doy yetishtirishda xududning tuproq iqlim sharoiti va ekish muddatlarini e’tiborga olib shu sharoit uchun maqbul ekish me’yorlarini belgilash muhim hisoblanadi.
2. Farg’ona viloyatining sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarida kuzgi bug’doyning ekish me’yori gektariga 3,5 mln. urug’ ekilganda 20 sentyabrda xosildorlik gektaridan 47,8 s, 4,0 mln urug’ xisobida 10 oktyabrda ekilganda 51,4 s yuqori don xosili olinib, kuzgi bug’doyning o’sishi rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratiladi.
3. Ekish me’yorilarini (3,0-5,0 mln. urug’/ga) juda oshirish va kamaytirish kuzgi bug’doy xosildorligini kamaytiradi, donning fizik, bioximik va texnologik sifatlarini iqtisodiy samaradorligini pasayishiga olib keladi.
4. Farg’ona viloyatining sug’oriladigan yerlarida kuzgi bug’doydan yuqori va sifatli don hosili olishda gektariga 3,5 - 4,0 mln. dona xisobida 20 sentyabrdan 10 oktyabrgacha ekishni taklif etami
Ilmiy rahbar : q.x/f.n. v.b.dosent M.T.Abdullayeva
Magistrant: X.E.Inomov
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling