KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismi quyida keltirilgan:
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi; Tadqiqot ob’ekti va predmeti;
Tadqiqot maqsadi va vazifalari; Ilmiy yangiligi;
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiѐtlar sharhi (tahlili); Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi;
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
Ish tuzilmasining tavsifi.
Yuqoridagi bandlar kesimida mantiqiy ketma-ketlikda aniq va qisqa baѐn tarzda 3-8-sahifalarda, jami 5 (besh) bet hajmida bo’lishi lozim. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asar- laridan, shuningdek, iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlanmala- ridan mavzuga daxldor ixtiboslar keltirilishi maqsadga muvo- fiqdir. Masalan, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o’rgatishi va shunga yetaklashi lozim bo’ladi” 9.
9 Mirziѐev, SHavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ish- langan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutk./SH.M. Mirziѐev. - Toshkent: «O’zbekiston» NMIU, 2016. - 23 b.
ilova Magistrlik
dissertatsiyasining asosiy qismi
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi 3 (uch) bobdan iborat bo’lishi tavsiya etiladi.
Dissertatsiyaning asosiy qismi boblar hajmi o’zaro muta- nosib bo’lishi talab etiladi va ular mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, quyidagilarni:
-tadqiqot mavzusiga taalluqli manbalardan keltirilgan naza- riy-amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini;
-tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi baѐnini;
-tadqiq etilaѐtgan masalani hal etishda magistratura talaba- sining shaxsiy hissasi ko’rsatilgan holda tadqiqotning asosiy na- tijalari baѐnini o’zida qamrab olishi lozim.
Dissertatsiyaning har bir bobi yakunida tadqiqotning asosiy natijalari yuzasidan qisqa tarzdagi xulosa va takliflar keltiriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi
asosiy qismining boblar kesimidagi namunaviy shakli
(varaqning yuqorisida 2 sm qoldirilgan holda)
Do'stlaringiz bilan baham: |