Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish


Tadqiqot maqsadlari va vazifalari


Download 77 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi77 Kb.
#1404392
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diserrtasiya-tartib

Tadqiqot maqsadlari va vazifalari.

Bu dissertatsiya tadqiqotining strategiyasi va taktikasidir. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadini ifodalashda shuni nazarda tutish kerakki, dissertatsiya uchinchi bobining nomi va mazmuni maqsadni ochib berishi lozim. Vazifalarning sanab o’tilishi implitsit ravishda butun ish matnining rejasi va ichki mantig’ini beradi.


Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi.


Bu yerda ushbu muammoning turli jihatlari bilan shug’ullangan mamlakatdagi va chet ellardagi olimlarni sanab o’tish, yetarli darajada yoritilmagan masalalarni qayd qilish kerak. Muallif mavzuni yaxshi o’zlashtirganligi, ilmiy matnlar va bibliografik material bilan ishlash uslubini egallaganligini namoyish etishi, bundan oldingi tadqiqotchilar va zamondoshlarning bu muammo yechimiga qo’shgan hissasini to’g’ri baholay olishini tasdiqlahhi lozim.




Mabodo bu muammo yetarli darajada yaxshi o’rganilgan bo’lsa, unda mazkur muammoga mavjud nuqtai nazarlarning tasnifini taklif qilish yanada yaxshi bo’ladi. Agar muammo yaxshi o’rganilmagan, olimlarning diqqatini o’ziga jalb etmagan bo’lsa, unda buni qayd qilib o’tish kerak bo’ladi, chunki bunda ijod qilish imkoniyati yanada kengayadi.

Pirovard natijada adabiyotlar tahlili ayni shu mavzuning hali ochib berilmaganligi (yoki faqat qisman ochib berilganligi yoki boshqa jihatdan ochib berilganligi) va shuning uchun bundan keyin ishlab chiqilishi zarurligi to’g’risidagi xulosaga olib kelishi kerak.




Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

Bu yerda tadqiqot jarayonida asosiy xulosa sifatida olingan, to’g’ri qo’yilgan masaladan va bu masalaga javob beradigan tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrlar qisqacha bayon qilinadi. Bu aniqlangan yangi fakt, qo’yilgan vazifaning asosli yechimi, yangi ma’lumotlarning ilmiy muomalaga olib kirilishi, ma’lum faktning yangicha sharoitlar uchun tasdiqlashi bo’lishi mumkin. Yangilikni olingan natijani ma’lum bo’lgan natijalar bilan solishtirish orqali ko’rgazmali tarzda ko’rsatish ham mumkin.





Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling