Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish
Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish
Download 77 Kb.
|
Diserrtasiya-tartib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari
Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish
Magistrlik dissertatsiyasida statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallari beriladi. Statistik materiallar matnda bayon qilingan axborotni qayd qilish uchun ishlatiladi. Tahliliy jadvallar umumlashtiruvchi xulosalar va izohlarni talab qiladi. Ma’lumotlari ilgari matbuotda e’lon qilingan jadvallardan foydalanishda ushbu o’zlashtirilgan materialning ayni qaysi manbaida keltirilganligini izohda albatta ko’rsatish kerak. Agar matnda xorijiy tillardagi takliflar, qo’shimchalar yoki so’zlar mavjud bo’lsa, unda ular to’liq yozilishi kerak. Ishlatilgan grafiklar, sxemalar, diagrammalar, rasmlar rasm ostidagi yozuv bilan to’ldirilishi lozim. Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari Ishda foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro’yxati ishning oxirida joylashtiriladi. Adabiyotlar bibliografik bayonda quyidagi izchillikda joylashtiriladi: qonunlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar va materiallar; mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy broshyuralar va hokazo); statistik, yo’riqnomaviy materiallar va tashkilotlar va korxonalar hisobotlari; internet – resurslar. Har bir boshlang’ich manbalar bo’yicha quyidagilar ko’rsatiladi: muallif familiyasi, so’ngra uning ismi-sharifi; kitob nomi; shahar nomi; nashriyot nomi; bosilgan yili. Agar kitob mualliflari uch va undan ortiq kishilardan iborat bo’lsa, unda birinchi muallifning familiyasi, ismi-sharifini ko’rsatib, so’ngra “va boshqalar” deb qo’yish ham mumkin. Shaharlar nomlari qisqartirmasdan bosh kelishikda yoziladi. Moskva, Leningrad, Sankt-Peterburg va Toshkent kabi shaharlar nomlarini qisqartirib yozish mumkin: Moskva - M., Leningrad - L., Sankt-Peterburg - SP., Toshkent - T. Agar kitob ikki shaharda bosilgan bo’lsa, unda ikkalasi ham yoziladi, masalan, M., L. Agar kitobni ikki nashriyot chiqargan bo’lsa, unda har ikkala nashriyot nomi ham yoziladi, masalan: T.: «Fan», «Ekonomika». Davriy matbuot haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko’rsatiladi: muallifning familiyasi, ismi-sharifi; maqola nomi; jurnal yoki gazeta nomi; seriya nomi; jurnal yoki gazetaning bosilgan yili; jurnal yoki gazeta jildi va raqami; sahifa raqami. Ilmiy izlanish hisobotlarini bayon qilishda quyidagilar ko’rsatiladi: hisobot nomi (so’ngra, qavs ichida «hisobot» so’zi yoziladi); hisobotni chiqargan tashkilotning shifri, inventar raqami, nomi, ilmiy rahbarning familiyasi, ismi-sharifi, hisobotning chiqarilgan joyi, yili va sahifalari soni. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling