Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish
Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o’ng burchakda qo’yiladi
Download 77 Kb.
|
Diserrtasiya-tartib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titul varag‘ini rasmiylashtirish
- Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish
Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o’ng burchakda qo’yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi standartlarga muvofiq keladigan bosmaxona usulida muqovalangan bo’lishi kerak. Boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi Dissertatsiya tadqiqotining har bir bobi yangi sahifadan boshlab yoziladi. Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qo’yiladi. Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajratib yoziladi. Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan yoziladi, nuqta qo’yilmaydi, tagiga chizib, ta’kidlanmaydi va bochqa betga ko’chirilmaydi. Agar bunday nomlar ikki yoki undan ko’proq gaplardan iborat bo’lsa, unda ularning o’rtasiga nuqta qo’yiladi. Bob nomi bilan matn o’rtasidagi interval 15 mm bo’lichi kerak, bob bilan paragraf nomlari o’rtasidagi interval - 8 mm bo’ladi. Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob raqami yoziladi, so’ngra paragraf raqami va nomi qo’yiladi. Raqamlar oxirida nuqta qo’yilmaydi (1.1). Titul varag‘ini rasmiylashtirish Dissertatsiya titul varag’ini rasmiylashtirish quyidagi talablarga muvofiq bo’lishi kerak: dissertatsiya nomi - shrift 16; muallifning familiyasi, ismi - shrift 14; malaka - shrift 14. Dissertatsiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, «magistrlik dissertatsiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi. Shriftni tanlashda faqat Times New Roman yoki Arial shriftlaridan foydalanish maqbuldir. Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish Ishning bayoni jarayonida magistrant mazmun shartlariga muvofiq joylashtirilgan jadvallar, rasmlar, misollar, sxemalar, formulalar va boshqa elementlarni qayd qilib o’tishi mumkin, bunday qismlar o’zlari tegishli bo’lgan matn bilan yonma-yon qo’yilmasligi ham mumkin. Boshqa manbalardan o’zlachtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida ko’rsatib o’tiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha 1’2’3 raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi. Dissertatsiya matnida ko’pincha boshqa mualliflar aniqlagan faktlarni qayd qilish yoki o’zlashtirilgan materialni matnga kiritishga to’g’ri keladi. O’zlashtirilgan parchalarni bayon ishida rasmiylashtirish shakllari xilma-xil, lekin nutqdagi akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki, ular o’zlashtirilgan material manbaini aniqroq va qisqaroq tarzda ko’rsatichga yordam beradi. Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda ko’rsatish kerak. Masalan: (5. 42-bet). Misollar:. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni1 Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:O’zbekiston. 2017.(103 b) Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling