Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Download 77 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi77 Kb.
#1404392
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diserrtasiya-tartib

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Ushbu ro’yxat dissertatsiyaning amaldagi qismlaridan birini tashkil etadi va dissertantning mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi.


Bunday ro’yxatga kiritilgan har bir adabiy manba dissertatsiya qo’lyozmasida aks ettirilishi kerak. Agar ish muallifi o’zlashtirilgan qandaydir faktlarni qayd qilsa yoki boshqa mualliflar asarlaridan parcha keltirsa, unda u albatta keltirilgan materiallarning qayerdan olinganligini satr ostida ko’rsatib o’tishi kerak.


Dissertatsiya matnida qayd qilinmagan va amalda ishlatilmagan ishlarni bibliografik ro’yxatga kiritmaslik kerak. Bu ro‘yxatga ensiklopediyalar, bildirgichlar, ilmiy-ommaviy kitoblar va gazetalarni kiritish ham tavsiya qilinmaydi. Bunday nashrlardan foydalanishga zarurat bo’lsa, unda ularni dissertatsiya ishining matnida satrlar ostidagi ko’chirmalarda ko’rsatish kerak.


ILOVALAR

Dissertatsiya asosiy qismi matnini shishirib yuboradigan yordamchi yoki qo’shimcha materiallarni o’z ichiga oladi.


Ishni rasmiylashtirishga asosiy talablar

1. Dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari


Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri- bu uning to’g’ri rasmiylashtirilishi bo’lib, bu nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga uning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi.


Magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.


Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish hisoblanadi, shuning uchun uning yozilishi va rasmiylashtirilishiga asosiy talablar nomzodlik dissertatsiyasiga talablarga yaqinlashtirilishi kerak.


Materialning aniq va izchil bayon qilinishi dissertatsiyani yozishning asosiy tamoyilidir.


Yangi fikrni boshlaydigan iboralar xat boshidan boshlab yoziladi.


Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa sahifalarga o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.


Agar matnda boshqa manbalardan olingan materiallar ishlatilsa, unda ko’chirmachilikda ayblanmaslik uchun ular manbaini albatta matnda qayd qilish kerak.


Ko’chirmalar sahifa tagida xat boshi bilan yoki qizil satr bilan teriladi. Agar bir necha manba qayd qilinsa, unda ular izchil tartibda raqamlanadi.


Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi kompyuterda 1,5 interval bilan terilgan, oq qog’ozga (A4, 210-297 mm) tushirilgan 60 dan 80 sahifagacha (kamida 10000 so’z) bo’lishi kerak.


Dissertatsiya tadqiqoti matni hoshiyalari o’lchamlari:


yuqorisi - 20 mm,


pastkisi - 20 mm,


o’ng - 10 mm,


chap - 25 mm.





Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling