Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish


Download 77 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi77 Kb.
#1404392
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diserrtasiya-tartib

ASOSIY QISM

Dissertatsiya asosiy qismining boblarida o’rganiladigan hodisalar va faktlar batafsil ko’rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Asosiy qism boblari va paragraflari matnida sarlavhalar imkoni boricha asosiy so’zlardan (ya’ni asosiy ma’no yukini tashuvchi) iborat bo’lishi kerak. Bunday so’zlar so’z yuritilayotgan predmetni aks ettiradi yoki bu predmetning umumiy tavsifnomasini beradi. Uchbu sarlavhalar aniq, lo’nda bo’lishi va paragraf mazmunini aniq aks ettirishi kerak.




I Bob.

Mavzuning umumiy nazariy muammolari, shunga o’xshash vazifalarni hal etish nazariyasi va amaliyoti holatining tahlilini, ma’qul bo’ladigan yechimlarning ko’niktirilishi ehtimoli uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish natijalarini o‘z ichiga oladi. Bu bobda dissertant deduksiyadan foydalanib, umumiydan xususiyga qarab ilmiy tadqiqot o’tkazadi, bunda xususiy hollarning butun bir turkumidan bunday hollarning butun jami uchun umumlashtirilgan xulosa chiqariladi.


II Bob.

Dissertant bu yerda magistrlik dissertatsiyasini ishlab chiqish uchun asos qilib olingan korxona, tashkilot va birlashmaning qisqacha tavsifnomasini beradi, nima yuz berganligi, nima uchun boshqacha emas, aynan shunday bo‘lganligi, qaysi omillar qanday ta’sir qilganligini anglab olishga harakat qiladi. Umumlashmalar, xulosalarni tahlil, dalillarni ishlab chiqish jarayonidan ajratish amalda mumkin bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, tahlil bilan umumlashma ajralib turadi.


Tegishli paragraflarda quyidagilar mantiqiy izchillikda joylashtiriladi: tadqiqot ob’ektining funksiyalari, vazifalari va yo‘nalishi, tashkiliy tuzilmasi, boshqarish tizimi, uning tashqi va ichki omillarining o’ziga xos xususiyatlari, tadqiqot ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari. O’tkazilgan tahlil asosida tadqiqot ob’ektidagi mavjud kamchiliklar va muammolar aniqlanadi.


Shunday qilib, o’rganiladigan hodisalar va faktlar batafsil ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi, tadqiqotning uslubiyoti va texnikasi bayon qilinadi. Bu yerda faktlarni ishlash va bir tizimga solishga alohida e’tibor qaratiladi. Fakt muayyan «faktik bilim» sifatida ko’rib chiqiladiki, uning funksiyalarini butun ilmiy bilishda ilmiy tadqiqot mantiqi aniqlashi kerak bo‘ladi. Faktlar qo’yilgan vazifani hal etish uchun yig’iladi. Shuning uchun yig’ilgan faktlar soni muayyan ma’noda optimal bo’lishi kerak. Faktlarni tahlil etish jarayoni – bu xususiy xulosalarning uzluksiz tizimi bo’lib, ular birlashib, muayyan manzarani hosil qiladi. Butunni qismlarga ajratish, elementlarni o’rganish bilan dissertant uzluksiz ravichda umumlashtiradi. U predmet, vaziyatni ko’rib chiqqanida umumlashma chiqaradi, buning orqasida nima turishini qayd qiladi. Bobning har bir paragrafi bayon qilingan material yuzasidan umumlashmalar bilan yakunlanishi lozim.





Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling