Mahalla, oav, kons 13 bob kolej 120
Download 2.23 Mb.
|
Siyosat
Jamoat tashkilotlari. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat
ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin - qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin- qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda. 1996 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi - "Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab – kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr–shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi. 143. Ўзбекистонда аёлларга бЎлган муносабат соғлом жамият ва келажак барқарорлигини таъминлашнинг бош йўналишидир. Download 2.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling